К содержанию
РецензированоUZ2025

YER KADASTRINI YURITISHDA ZAMONAVIY AXBOROT TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH

TEXNOLOGIYALARDAN FOYDALANISH · Yunusova Farangis Mamir qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Texnika taraqqiyoti tezlik bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda, tadqiqotchilar tomonidan to'plangan har qanday axborot hayotimizga jadallik bilan kirib bormoqda va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'llanilmoqda. Dunyo kartograflari o'zlari olib borgan turli tadqiqotlar natijasida olgan ma'lumotlaridan turli xil mavzuli karta va atlaslarni yaratish hamda aerokosmik tasvirlarni deshifrovka qilish, natijalarini qayta ishlash va tahlil qilish hamda ma'lumotlarni kompyuter tizimlarida to'plash bo'yicha katta tajriba to'plaganlar Kalit so'zlar: GAT, geoaxborot, fazovaiy joylashuv, texnik vositalar, milliy geografik, GPS. Hozirda butun dunyo bo'yicha qo'llanilayotgan barcha geografik axborot tizimlarida ular uchun zarur bo'lgan axborotlarni yig'ish, yig'ilgan axborotlarga ishlov berish, saqlash, yangilash, tahlil qilish va qayta ishlash imkoniyatiga ega bo'lgan maxsus dasturlar bilan ta'minlangan texnik vositalar orqali mazkur jarayonlarni bajarishga e'tibor qaratilgan Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda shuni ta'kidlash o'rinliki, geoaxborot tizimi(1-rasm) bu hozirgi davrda ma'lum bo'lgan har xil usul va vositalar yordamida xalq xoʻjaligining turli tarmoqlari bo'yicha to'plangan ma'lumotlar va ularning tahlili haqidagi keng qamrovli ma'lumotlar bazasiga ega bo'lgan mukammal rivojlangan tizim hisoblanadi. https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 213 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari 1-rasm.Geoaxborot tizimi Hozirgi kunda, geodeziya, kartografiya va kadastr sohalariga tegishli bo'lgan katta hajmdagi matnli, grafikli va boshqa ko'rinishdagi ma'lumotlarni to'plash, qayta ishlash, tahlil qilish va ularni tasvirlash jarayonlarini geoaxborot tizimisiz amalga oshirish mushkul masalalardan hisoblanadi Bugungi kunda karta yaratishning ushbu texnologiyasi sezilarli darajada universallashgan bo'lib, juda tezlik bilan rivojlanib bormoqda va inson faoliyatining barcha sohalarini qamrab olmoqda. Bu borada O'zbekistonda ham Milliy geografik axborot tizimini yaratish yuzasidan tegishli tashkilotlar tomonidan bir qancha izlanishlar olib borilmoqda. Yer kadastrining vazifalaridan biri turli mulkchilik shakllarini va yer uchastkalarining fazoviy koordinata masalalarini hal qilishdan iboratdir. Yer kadastr obyektlarini fazoviy koordinatalarini aniqlashni ma'lum bir koordinata tizimi asosida muvofiqlashtirish bilan bir qatorda yer kadastr kartalari tuziladi. Hozirda bunday kartalarni yaratish, geografik axborot tizimlari negizida avtomatlashtirilgan xolda amalga oshirish, aniqlikni oshirish hamda tezkorlikni ta'minlaydi. Davlat yer kadastrini yuritish ma'lumotlarini olish, qayta ishlash, ularni yer kadastri xujjatlariga tushirish, yerlarning huquqiy, tabiiy va xo’jalik holatlarini o’zgarishlari to’g’risidagi ma'lumotlarni aniqlash, to’plash hamda qayta ishlash, bu o’zgarishlarni yer kadastrining hisob va hisobot xujjatlarida yoritib borish kabi murakkab jarayondir. Shuning uchun bunday murakkab jarayonni osonlashtirish, yer to’g’risidagi, undan foydalanish va umuman yer kadastrini yuritish buyicha ma'lumotlarni zamon talab darajasida ushlab turish tezkor ravishda zaruriy https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 1-son Mart 2025 214 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari ma'lumotlarni olish maqsadida bugungi kunda zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanishni yo’lga qo’yish maqsadga muvofiqdir. GAT ma'lumotlar bazasiga kiritilayotgan axborotlar, statistik hamda zamonaviy elektron geodezik asboblar yordamida olingan syomkalar natijasida to'ldiriladi. Geodezik asboblar asosida olingan axborotlar obyektlarning ma'lum bir topografik o'rnini aniqlagan xolda joylashtiriladi. Bunday syomka natijalarini olishda GPS tizimlaridan ham foydalanish aniqlikni va ish samaradorligini oshirishga zamın yaratadi, bu esa doimiy ravishda aniq va dolzarb ma'lumotlarga ega bo'lishimizni ta'minlaydi. Ushbu texnologiyalar negizida barpo qilingan baza asosida yer kadastr tizimi bilan bog'liq bo'lgan turli hodisalarni o'zaro taqqoslab, axborotlarni tahlil qilib, qayta ishlashga zamin yaratadi. Yuqorida keltirilgan amallarni keng qamrovli tashkil qilishda, katta hududlarda amalga oshirishda, tezkorlikni oshirishda, masofadan zondlash ma'lumotlaridan foydalaniladi. Masofadan zondlash ma'lumotlarini fotogrammetrik qayta ishlash orqali obyektlarning o'lchamlari hamda fazoviy joylashuvi aniqlanadi va shu bilan birgalikda davlat yer kadastrini yuritishda GAT texnologiyalarini qo'llash imkoniyatlari yaratiladi. Bundan tashqari, GAT texnologiyalari asosida ma'lumotlarni fotogrammetrik qayta ishlash usullari negizida quyidagi vazifalarni yuqori sifat va samaradorlik asosida hal qilishga zamin yaratadi. Davlat yer kadastrini yuritishda GAT texnologiyalarining imkoniyatlaridan foydalanish sxemasi ushbu imkoniyatlarning GAT texnologiyalarida mavjudligi yer hisobini yuritish ishlarini tezkor va samarali ravishda amalga oshirishda talab etilgan aniqlikda yer kadastr

Доказательный фрагмент

«Texnika taraqqiyoti tezlik bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda, tadqiqotchilar tomonidan to'plangan har qanday axborot hayotimizga jadallik bilan kirib bormoqda va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'l…»

Образец извлечения

Демо-превью

Texnika taraqqiyoti tezlik bilan rivojlanib borayotgan hozirgi zamonda, tadqiqotchilar tomonidan to'plangan har qanday axborot hayotimizga jadallik bilan kirib bormoqda va xalq xo'jaligining turli sohalarida keng qo'l… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
GAT, geoaxborot, fazovaiy joylashuv, texnik vositalar, milliy, Kalit so'zlar: GAT, milliy geografik, GPS.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники