К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARINING NUTQIY KOMPONENTLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILK BOSQICHLARI VA OLIB BORILADIGAN DASTLABKI ISHLAR MAZMUNI

Obidova Shohsanam G‘anijon qizi

Роль науки в развитии нового Узбекистана и факторы развития · 2025

Аннотация

Ushbu tezisimizda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk boshqichlari va 1-4-sinf o‘quvchilarida maktab o‘qish savodxonligi darsliklarida keltirilgan adabiiy asarlar asosida nutq komponentlarini shakillantirishga qaratilgan dastlabki ishlar mazmuni yoritilgan. Kalit so‘zlar: komponent, nutq, rivojlanish, bosqich, boshlang‘ich sinf. Muammoning dolzarbligi: Hozirgi globallashuv davrida har tomonlama rivojlangan, mustaqil fikrlay oladigan, o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda erkin bayon eta oladigan shaxslarni tarbiyalash muhim ahamiyat kasb etadi. Boshlang‘ich ta’lim esa nutqiy komponentlikni shakllantirishning ilk bosqichi hisoblanadi. Muammoning o‘rganilganlik darajasi: Nutqiy komponentlik masalalari pedagogika, psixologiya va tilshunoslik sohalarida keng o‘rganilgan. Ammo boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentligini rivojlantirishning ilk bosqichlariga doir tadqiqotlar yetarli emas. Tadqiqot maqsadi: Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentligini rivojlantirishning ilk bosqichlarida olib boriladigan dastlabki ishlar mazmunini aniqlash va asoslash. Inson yetuk shaxs bo‘lib yetishishda nutq jarayoni shakllanishi va rivojlanib borishi muhim ahamiyat kasb etadi. Biroq uni rivojlanishi insonlar aro turlicha bosqichlarda umr bo’yi davom etadi. Vaholanki, o’quvchilarda nutq jarayonini rivojlantirishning bir qancha sinovdan o’tgan usullari mavjud. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk bosqishlari https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 2-son Mart 2025 47 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari maktablarda o‘quvchilarning yosh xususiyatlatlaridan kelib chiqib va olib boriladi va mavzu oldin qaydarajada o‘rganilganligi va adabiyotlar, metodlar, usullar bilan tanishib chiqish muhim hisoblanadi. Bular asosan rivojlangan davlatlar metodikalarni o‘z ichiga olgan. Chunki, o‘z samaradorligi bilan ijobiy natijalari ko‘rsatgan. Nutq faoliyati- bu nutqning o‘zaro ta’sir tushunchalari hamda nutq aloqasi bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lgan murakkab hodisa hisoblanadi. Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutq komponentlarini rivojlantirish metodikasi o‘quvchilarda og‘zaki nutq hamda muloqot ko‘nkmalarini rivojlantirishga xizmat qiladi. Nutqni rivojlantirishning ilk bosqichlarida o‘quvchilar etapma-etap quyidagilarni o‘rganadilar: ✓ sinfda, maktabda, kundali hayota, turli xil yoshdagi insonlar bilan muloqot qilishning lingvistik va nolingvistik vositalarini to‘g‘riligini baholash; ✓ o‘z fikrlarini erkin bayon etish; ✓ hikoya va matnlarga mustaqil ravishda nom bera olish; ✓ matn rejalarini tuzish; ✓ muayyan muloqot jarayonlari uchun turli xildagi xatlar, tabriknomalar va boshqa xildagi qisqa matnlar yaratish; ✓ nutqning turli xil turlaridan foydalangan holda muayyan bir mavzu yuzasidan og‘zaki hikoya va matnlarni tuzish, tasvirlash, fikrlash, hikoya qilish; ✓ gap tartibi buzilgan matnlarni taxlil qila olish hamda ularni tuzatish; ✓ ushbu matndagi semantik bo‘shliqlarni topish. Bugungi kunda ko‘proq bolalar nutqida buzilishlarga duch kelmoqdalar. Ko‘pgina ota-onalar mutaxassisning yordamiga murojaat qilmasdan nutq xatolarini tuzatish mumkinmi, degan savolga qiziqish bildirmoqda. Biz sizga yordam berishga harakat qilamiz! Bolaning jismoniy, aqliy va intellektual tarbiyasi erta bolalikdan boshlanadi. Barcha ko‘nikmalar, jumladan, to‘g‘ri gapirish qobiliyati oilada o‘zlashtiriladi. https://scientific-jl.com/ 17-to’plam 2-son Mart 2025 48 Yangi O'zbekiston taraqqiyotida tadqiqotlarni o'rni va rivojlanish omillari Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk bosqishlari va olib boriladigan dastlabki ishlar mazmuni shuni ko'rsatadiki, o‘quvchi to‘g‘ri yozishi mumkin, lekin hayotda u qo‘rqmasdan, hayajonlanmasdan nutqini bayon qilishda muammolarga duch kelishi mumkin. Oxirgi paytlarda boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqini rivojlantirish muammosini hal qilishda nutq faoliyati nazariyasiga asoslangan va o‘quvchilarning kommunikativ ko‘nikmalarini, lingvistik bilimlarini va yanada samarali muloqot qilish uchun o‘zlashtirishga qaratilgan yangi kommunikativ faollik yondashuvi amalga oshirilgani bejiz emas. Taniqli tilshunos, professor S.Matchonov boshlang‘ich sinf o‘quvchilari nutqini o‘stirishda aniq belgilangan bir qator talablarga rioya qilinishi lozimligini uqtiradi: 1. O‘quvchilar nutqi mazmundor bo‘lsin. 2. Nutqda mantiqiylik bo‘lsin. 3. Nutq aniq bo‘lsin. 4. Nutq til vositalariga boy bo‘lsin. 5. Nutq tushunarli bo‘lsin. 6. Nutq ifodali bo‘lsin. 7. Nutq to‘g‘ri bo‘lsin. 8. Nutq madaniyatli bo‘lsin. Nutq o‘quvchilar tafakkurini o‘stirishda muhim vositadir, ayniqsa kichik yoshdagi o‘quvchilarda. Nutq fikrni bayon etish vositasi bo‘libgina qolmay, uni shakllantirish quroli bo‘lib nutq komponentlari ham bunda juda muhim rol o‘ynaydi. Nutqiy rivojlanish jarayonini A.N.Leontev quyidagicha tavsiflaydi: “Nutqni o‘stirish va rivojlantirish jarayoni bola lug‘atining va so‘

Доказательный фрагмент

«Ushbu tezisimizda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk boshqichlari va 1-4-sinf o‘quvchilarida maktab o‘qish savodxonligi darsliklarida keltirilgan adabiiy asarlar asosida n…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu tezisimizda Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining nutqiy komponentlarini rivojlantirishning ilk boshqichlari va 1-4-sinf o‘quvchilarida maktab o‘qish savodxonligi darsliklarida keltirilgan adabiiy asarlar asosida n… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bosqich, rivojlanish, Kalit so‘zlar: komponent, nutq, boshlang‘ich sinf.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники