Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
O’ZBEKISTONNING JAHON SAVDO TASHKILOTIGA A’ZOLIGINING OQIBATLARI VA FOYDALARI
OQIBATLARI VA FOYDALARI · Imomova Marjona Ermahmat qizi
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada: O’zbekistonning JSTga qo’shilish bosqidchi, qonunchilikning JST mezonlariga moslashtirilishi, O’zbekistonning JSTdagi maqomi, O’zbekiston iqsodiyoti uchun foydalari va zararli oqibatlari borasida so’z boradi. Kalit so‘zlar: Jahon Savdo Tahkiloti, milliy birend, Xitoy, Viza. Jahon Savdo Tashkiloti (World Trade Organization) 1947-yilda tuzilgan General Agreement on Tariffs and Trade (GATT) xalqaro bitimining davomchisi sifatida 1995-yilda unga a’zo davlatlar o`rtasidagi savdo munosabatlarini liberallashtirish, savdo va siyosiy aloqalarini tartibga solish uchun tashkil etilgan1. Jahon Savdo Tashkilotining eng yuqori darajadagi organi bo‘lgan Vazirlar Konferensiyasi kamida har ikki yilda bir marotaba o`tkaziladi. Joriy faoliyatni esa Bosh kengash, tovarlar va xizmatlar savdosi bo‘yicha kengashlar, intellektual mulk masalalari bo‘yicha kengash hamda sekretariatning doimiy qo‘mitalari boshqaradi. JST talablarini bajarish jarayonida tashkilotning boshqa aʼzolari uchun savdoda yuqori darajada qulaylik yaratish muhim hisoblanadi. Bu, avvalo, boj tariflarini pasaytirish va ichki bozorlarga xorijiy kompaniyalar kirishini taʼminlash majburiyatini o‘z zimmasiga olishni nazarda tutadi. Maskur tashkilotga 164 mamlakat toʻla a`zo, shu jumladan hozirgi vaqtda, Oʻzbekiston bilan bir vaqtda Efyopiya Eron Islom Respubliksi, Sudan, Jazoir, Suriya, Ozarbayjon, Iroq, Janubiy Sudan, Belarus, Turkmaniston, Livya, Serbiya, Andora, Bosnia va Gersagavina, Ekvatoryal Giviniya, Timor orollari, Komor orollari, Butan, va Vatikan kabi davlatlar JST da kuzatuvchi maqomidadur2. Jumladan 1995-yilning o’zida 75 ta davlat qo’shilgan bo’lsa, 1996-yilda 16 ta, 1997-yilda 4 ta, 1998-yilda 1 ta, 199-yil 2 ta, 2000-yilda 5 ta, 2001-yilda 3 ta, 2002- yilda 1 ta, 2003-yilda 2 ta, 2004-yilda 2 ta, 2005-yilda 1 ta, 2007-yilda 2 ta, 2008-yilda 2 ta, 2012-yilda 4 ta, 20013-yilda 2 ta,2014-yilda 1 ta, 2015-yilda 2 ta, 2016-yilda 2 ta davlatlar azo bo’ldi, bu davlatlarning iqsodiy o’sishini yaxshiladi, va tiranzit savdoni o’sioshiga olib keldi, bu esa davlatlarning dengizga chiqish imkonini oshirib savdo aylanmasini yaxshiladi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947-sonli Farmoni bilan tasdiqlangan “2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi”ning 3.1-bandida makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash, yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlarini saqlab qolish uchun xalqaro iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, nufuzli xalqaro va xorijiy moliya institutlari bilan aloqalarni 1 https://globalfarmernetwork.org/uz/masalalar/world-trade-organization/ 2 https://link.mail.beehiiv.com/ss/c/u001.2I5nId0Zn- qUDF_bjd9V4R8ZOQa7uQfwES7XqG9LSHcL4y_2PBLLTG7AFdYUW30yzLBGzaAsfX7fJSzaodPW5FNj- 9LOLXncgDP22Oc-jp37Y5_J1KxzNtriPx7FpZV4M1-iui3mcBCpdD9P_1lA-c3Jg8lgdPa-pfrxb0bsYA1Gs8utaJ- pxvoTuSqCPFo5UjsxCmfw_TxnUB5w83PhZqFwAaHvBuPn2kz81n6h89AsFEHpVLHpb3QYE1FJ8fr6MfErxyAc qOwBgXeZXSRje9AD80zaKlwU53Qo6Qp3-yw/4c1/UoAl3b_yRZOdg- MoiFpu8w/h16/h001.WjEHUWXozJyCdnZXzDJjhfePVvA5Xa_WfvZfx2vNMm0 7 69 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ rivojlantirish, tashqi qarz siyosatini izchil yuritish va jalb qilingan xorijiy mablag‘lardan samarali foydalanish vazifasi belgilangan.3 O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 28-maydagi 339-qaroriga muvofiq, Jahon savdo tashkiloti bilan ishlash bo‘yicha Idoralararo komissiya tarkibi tasdiqlangan. Ushbu qaror O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lish jarayonini tayyorlash ishlarini samarali tashkil etish va tizimli muvofiqlashtirishni taʼminlash maqsadida qabul qilingan.4 O‘zbekiston 1992-1993-yillarda JSTga aʼzo bo‘lish uchun ariza topshirgan. Oradan 25 yildan oshiq vaqt o‘tganiga qaramay, ushbu jarayon hanuz davom etmoqda. Tarixga nazar tashlasak, boshqa davlatlarning JSTga qo‘shilish jarayoni odatda 4-15 yil davom etgan. Shu sababli, O‘zbekistonning tashkilotga aʼzo bo‘lishiga to‘sqinlik qilayotgan muammolarni aniqlash va ularni bartaraf etish masalasiga davlatimiz katta ahamiyat qaratmoqda.5 O‘zbekistonning JSTga aʼzo bo‘lishi natijasida mamlakat qonunchiligida kutilayotgan o‘zgarishlarni tizimli tahlil qilish va xalqaro normalarga moslashtirish kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nizolarni oldini olishga hamda ortiqcha byurokratik jarayonlarni cheklashga yordam beradi. Shu bilan birga, jahon bozorlariga erkin kirish imkoniyatlarini chuqur o‘rganish zarur. JSTga qo‘shilgan davlatlar, avvalo, boshqa aʼzo mamlakatlarning bozorlariga kirish huquqini qo‘lga kiritadi, shuningdek, tashkilotning barcha aʼzolariga taqdim etiladigan imtiyozlardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Bu imtiyozlar davlat chegaralari va mamlakat ichida savdo imkoniyatlarini sezilarli darajada oshiradi. Chunki Jahon savdo tashkilotiga aʼzo bo‘lgan barcha mamlakatlarda bir xil import tariflari va bojlarining qo‘llanilishi, shuningdek, har qanday kamsitishla
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada: O’zbekistonning JSTga qo’shilish bosqidchi, qonunchilikning JST mezonlariga moslashtirilishi, O’zbekistonning JSTdagi maqomi, O’zbekiston iqsodiyoti uchun foydalari va zararli oqibatlari borasida so’z…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada: O’zbekistonning JSTga qo’shilish bosqidchi, qonunchilikning JST mezonlariga moslashtirilishi, O’zbekistonning JSTdagi maqomi, O’zbekiston iqsodiyoti uchun foydalari va zararli oqibatlari borasida so’z… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Viza., milliy birend, Xitoy, Jahon Savdo Tahkiloti
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025