К содержанию
РецензированоUZ2025

AYRIM DINIY SO’Z VA IBORALARNING YAPON TILIDAGI TARJIMA VA IZOHI

Madumarova Dilnora Baxodir qizi

Современная наука и исследования · 4 · 2025

Аннотация

This article will consider the interpretation of some words and phrases that we may encounter in religion in Uzbek, as well as the most appropriate translations that can be used when translating them into Japanese. Since 外来語(gairaigo)-language words in Japanese are mainly written in katakana, it is preferable to write religious words in katakana. However, considering that these words may be incomprehensible to a native Japanese speaker, we will also consider the forms of writing them in Japanese kanji. Keywords: Ahl al-sunnah, madhhab, islamic theology, sunnah, mujtahid, bigotry, bid’ah, superstition. Diniy-ma’rifiy adabiyotlarni o’qir ekanmiz, albatta o’z tilimizda bo’lishi qaramay unda ishlatiladigan ayrim so’z, ibora va jumlalarning leksik ma’nolarini to’liq tushunmaslik holatlari uchrab turadi. Bunga sabab, albatta bizning so’z boyligimiz kamligi, diniy-ma’rifiy kitoblarni kam o’qiganligimiz hamda diniy ahkomlarni to’liq bilmaganligimiz va o’qimaganligimizdandir. Ushbu maqolada islom dini haqida gapirilganda uchraydigan ayrim so’z va iborlarni o’zbek va yapon tilida leksik va lug’aviy ma’nolarini ko’rib chiqamiz. Ushbu ishni Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf hazratlarining “Iymon” nomli kitoblarining ilk sahifasida keltirilgan “Shiorimiz” matnini tahlil qilish bilan ko’rib chiqamiz. Shiorimiz: Ahli sunna val jamoa mazhabi asosida pok aqiyda va musaffo Islomga intilish, Qur’on va sunnatni o’rganib amal qilish, islomiy ma’rifat taratish, salafi solih – ulug’ mujtahidlarga 7 51 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ ergashish, bag’rikenglik ruhini tarqatish, diniy savodsizlikni tugatish, ixtilof va firqachilikka barham berish, mutaassiblik va bid’at-xurofotlarni yo’qotish. Avval yuqoridagi matnda keltirilgan so’zlarni o’zbek tilidagi lug’aviy ma’nolarini ko’rib chiqib, so’ng yapon tilidagi tahliliga o’tamiz. “Ahli sunna val jamoa” arabcha ibora bo’lib, “Sunnatga amal qiluvchi va jamoatga ergashuvchi kishilar”, degan ma’noni anglatadi. Sunna va jamoa ahli kim deyilsa, ilmda peshvo sahobalar va ularning yo’lini tutgan zotlar, deyiladi.1 Shu o’rinda sunnat amalga izoh berib ketadigan bo’lsak, “sunnat” –Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalomning qilgan amallaridir. Mazhab arabcha so’z bo’lib, yo’nalish, oqim, yo’l, ta’limot kabi ma’nolarni anglatadi. “Aqida” so’zi lug’atda aqd ya’ni tugish, bog’lash, mahkamlash ma’nollarini anglatadi. Shar’iy atamasi esa, biror narsaga shak-shubhaga o’rin qolmaydigan darajada qat’iy ishonishga aytiladi. Demak, aqida qalbda sodir bo’ladigan jarayon bo’lib, u inson qalbidan ishongan, o’zi uchun e’tiqod, din qilib olgan narsalarga aytiladi. 2 Islom so’zi “salima”, “yaslamu’,’salaaman” va “salaaamatan” kabi so’zlarning o’zagidan olingan bo’lib, o’zbek tilidagi lug'aviy ma’nosi “taslim bo’lish, itoat etish yoki tobe bo’lish”dir. Islom so’zining lug’aviy ma’nosi quyadigi ma’nolarni anglatadi: 1. Ixlos 2. Turli ofatlardan salomat bo’lish. 3. Sulh va omonlik. 4. Itoat va bo’ysunish.3 “Salaf” so’zi arab tilida “avval o’tganlar, o’tmishda yashaganlar”, “Salafiy” –“O’tmishda o’tgan ajdodlar yo’lidan boruvchi” ma’nolarini beradi. Istilohda esa “Salaf” Payg’ambarimiz Muhammad alayhissalom taraflaridan maqtalgan, ilk hijriy uch asr avlodlari hisoblaanadi. Shu davrda yashab o’tgan sahobalar, tobe’inlar va taba’tobe’inlardan iborat olimlaru fozillar, mujtahid ulamolari “salafi solihlar” deb ataladi.4 Mujtahid arabcha intiluvchi, g’ayrat qiluvchi, tirishqoq degan ma’noni bildiradi. Shar’iy istilohda esa, mujtahid deb Qur’on, sunnat va boshqa shariat manbalari asosida hukm chiqara oladigan kishiga aytiladi.5 Lug’at kitoblarida “mutaassiblik” qattiqqo’llik, bir fikrdda qattiq turib olish ma’nolariga dalolat qilishi aytib o’tilgan. Istilohda esa, doim o’zini so’zsiz haq deb bilib, fikrida qattiq turib olish, boshqalarni esa nohaq deb qarash taassubdir. Qisqacha aytganda, mutaassiblik, garchi dalil ko’rinib turgan bo’lsa ham, bir tomonga moyillik tufayli haqni rad etishdir.6 “Bid’at” so’zi lug’atda “o’xshashi bo’lmagan yangi narsani paydo qilish, diniy aqidalarga kiritilgan o’rinsiz isloh”, – degan ma’noni bildiradi. Istilohda esa Alloma Izziddin ibn Abdussalom shunday ta’riflaganlar: ”Bid’at – Rosululloh sallallohu alayhi vasallamning davrlarida bo’lmagan narsani amalga oshirishdir”.7 1 https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Ahli sunna val jamo kimlar?” maqola, 27.12.2022 2 https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Aqidada adashmaylik” maqola,23.01.2018 3 https://islom.uz,“Islom” nima?” maqola, 11.09.2023 4 https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “”Salafiylar” kimlar?”, maqola, 25.05.2023 5 “Mujtaihid nima?”, maqola, Bobobek Abduraximov “Koraboy oksakol” jome masjidi imom-xatibi, 04.02.2023 6 https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi, “Mutaassiblikning mohiyati va ofatlari”, maqola,18.09.2022 7 https://muslim.uz, O’zbekiston musulmonlar idorasi,”Bid’at tushunc

Доказательный фрагмент

«This article will consider the interpretation of some words and phrases that we may encounter in religion in Uzbek, as well as the most appropriate translations that can be used when translating them into Japanese.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article will consider the interpretation of some words and phrases that we may encounter in religion in Uzbek, as well as the most appropriate translations that can be used when translating them into Japanese. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Ahl al-sunnah, madhhab, islamic theology, sunnah, mujtahid, bigotry, bid’ah, ahli sunna, sunnat, aqiyda, mazhab, bid’at, xurofot., mutaassiblik
Открыть DOI
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники