Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SUN YAT SENNING SIYOSIY FAOLIYATIGA BIR NAZAR
Rahimjonov Mirzohid · Ishonqulova Sabina · (Sun Yat Sen)
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada xitoylik siyosatchi va faylasuf Sun Yat Senning Xitoy tarixiga ko‘rsatgan ta’siri, Xitoy millatini birlashtirish, chet el bosqinlaridan ozod qilish va milliy mustaqillikni ta’minlashda olib borgan siyosati haqida so‘z yuritiladi. Kalit so‘zlar: Sin sulolasi, Sinxay inqilobi, bepul ta'lim, demokratiya, Gomindan partiyasi, birlashuv, uch xalq tamoyili. Yorug‘ olam-barchamizning umumiy mulkimiz. (Sun Yat Sen) XIX asr oxiri va XX asr boshlarida dunyo mamlakatlari o‘rtasida siyosiy vaziyat keskinlashib borayotgan edi. Xususan, jahonning taraqqiy etgan davlatlari ikki harbiy ittifoqqa birlashib o‘zaro raqobatlashayotgan bir davrda Osiyoning yirik davlatlari siysosiy tannazulni boshdan kechirayotgandi. Osiyo davlatlari nafaqat siyosiy tanazzul, balki dunyoning rivojlangan qudratga ega davlatlari tomonidan ta’sir doiralarga bo‘lib olingan ham edi. Yangi asr boshiga kelib, Xitoy ham xuddi boshqa mamlakatlar singari turli ta’sir doiralariga bo‘lib olingan hamda chet davlatlarining yarimmustamlakasiga aylantirilgandi. Shuning uchun ham o‘sha davrdagi Xitoyni hamma o‘ziga kerakli bo‘lakni kesib oladigan “tort” ga o‘xshatganligi bejiz emas edi. XIX asr oxiri-XX asr boshidagi bunday siyosiy tanazzul boshqa ko‘plab omillar bilan birgalikda asosan siyosiy elita boshqaruvidagi xatolar bilan bog‘liq edi. Xuddi shu davrdan boshlab, Xitoyda ko‘plab qo‘zg‘olonlar amalga oshirildi, bu qo‘zg‘olonlarning asosiy talablari mamlakatdagi siysoiy boshqaruvni o‘zgartirish va mamlakatni chet el asoratidan qutqarish edi. Shunday og‘ir siyosiy vaziyat yirik kuchga ega bo‘lgan shaxslarni siyosat maydoniga olib chiqadi, shunday Xitoydagi siyosiy yetakchilardan biri Sun Yat Sen edi. Sun Yat Sen 1866-yil 12-noyabrda Guandun viloyati Syanshan shahrida dehqon oilasida tug‘ilgan bo‘lib, u Gongkongda g‘arb ta’limini olgach tibbiyot institutiga o‘qishga kiradi [1-B. ]. 1892-yilda tibbiyot institutini tugatgan Sun Yat Sen ta’lim u chet el davlatlarining Xitoyga bo‘lgan ta’siri kuchayishini ko‘rib siyosatga qiziqa boshlagan. 1893-yilda Sun Yat Sen ishlab chiqqan “To‘rt shart dasturidagi” birinchi shartida ta’lim sohasini “odamlar o‘z qobiliyatlarini to‘liq namoyon qila oladigan” darajada o‘zgartirish talabi belgilab qo‘yilgan edi. O‘zining islohotchilik rejalari amalga oshmasligini anglagach, u o‘z oldiga, inqilob g‘alabasi orqali ta’limni rivojlantirishni maqsad qilib qo‘ydi. 1894-yilda Sun Yat Sen Gavayi orollarida birinchi inqilobiy tashkilot “Xitoy tiklanish ittifoqini” ni tashkil qiladi, aynan mana shu organ faoliyatini yo‘lga qo‘yilishi, uning mamlakat ozodligi uchun tashlagan ilk qadami edi [2-B. 360]. Bir yildan keyin tashkilotda 200 ga yaqin xitoyliklar maxfiylik asosida ish yurita boshladi. 1895-yil 26- oktabrda Sun Yat Sen boshchiligida boshlangan to‘ntarish muvaffaqqiyatsizlikka uchragandan so‘ng, uning o‘n olti yillik hayoti Yevropada o‘tadi va u 1895-yil sentabrda Londonga boradi [2- B. 360]. 7 39 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ Londondagi Sin hukumati agentlari unga tuzoq qo‘yib, bu orqali uni Xitoyga qaytarib yuborishni mo‘ljallagan edilar. Ammo uni qutqarishda inglizlar va mahalliy matbuotlar faol ishtirok etishi natijasida, Sin diplomatlari uni ozod qilishga majbur bo‘lishadi. U erkinlikka chiqqanidan so‘ng “Londonda o‘g‘irlab ketilgan” nomli kitobini yozadi va ushbu kitob uni nafaqat Yevropada balki Rossiyada ham mashhur qiladi. Shundan so‘ng, Sun Yat Sen Yaponiyadagi siyosat arboblari bilan aloqalar o‘rnatib, u “Xitoy tiklanish ittifoqi”ni qayta tiklab, 1899-yilda Gongkongda “Xitoy gazetasi"ni chiqardi va Sinlarga qarshi qo‘zg‘alon uchun yangi rejalar tuza boshladi [2-B. 360]. Sun Yat Sen surgunlik vaqtida aloqada bo‘lgan insonlari orasida rus inqilobchilari, siyosatchilari va demokratlari ham bo‘lgan bo‘lib, bu orqali u 1905-1907- yillarda rus inqilobi bilan ham tanishadi. Rossiyadagi inqilobiy voqelarini kuzata turib, Sun Yat Sen o‘zining siyosiy falsafasi yaratadi va uni “Uch xalq tamoyili” deb ataydi. Uning tamoyillari quyidagilardan iborat bo’lgan: 1. Millatchilik-Xitoy millatini birlashtirish, davlatni bosqinchilardan ozod qilish va milliy mustaqillikni ta‘minlash. 2. Demokratiya-xalq hokimiyatini o’rnatish, konstitusiyaviy tuzum yaratish va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish. 3. Xalq farovonligi-yerga egalikni tenglashtirish, sanoatni rivojlantirish va ijtimoiy sohalarda adolat o‘rnatish. Sun Yat Sen bu tamoyillar orqali Xitoyda kapitalizmni oldini olishni, davlatda islohotlar o‘tkazib, demokratiyani o‘rnatishni o‘ylagan edi. Sun Yat Sen g‘arb ta’limini olgan yillaridayoq bu maqsadlarni o‘ylaganligini ko‘rish mumkin. Chunki u yoshligidan Xitoyda bo‘layotgan qiyin vaziyatlarni ko‘rganligi va albatta uning qalbida buni o‘zgartirishga ishtiyoq kuchli bo‘lganligini tahmin qilish mumkin. Sun Yat Sen o‘z mamlakatini yetakchi davlatlar bilan tenglasha olishini, har tomonlama uni rivojlantirishni istab, bunga eris
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada xitoylik siyosatchi va faylasuf Sun Yat Senning Xitoy tarixiga ko‘rsatgan ta’siri, Xitoy millatini birlashtirish, chet el bosqinlaridan ozod qilish va milliy mustaqillikni ta’minlashda olib borgan siyos…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada xitoylik siyosatchi va faylasuf Sun Yat Senning Xitoy tarixiga ko‘rsatgan ta’siri, Xitoy millatini birlashtirish, chet el bosqinlaridan ozod qilish va milliy mustaqillikni ta’minlashda olib borgan siyos… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- birlashuv, Sinxay inqilobi, bepul ta'lim, demokratiya, Gomindan partiyasi, uch xalq tamoyili., Sin sulolasi
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024