Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
OʻQUVCHILARDAGI TIPIK ORFOGRAFIK XATOLARNI ANIQLASH
Nurmaxmatov Lutfulla Abduxomid oʻgʻli
Современная наука и исследования · 4 · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada orfografik xatolarni tahlil qilish va ularni tuzatishning ahamiyati, xatolarning o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va kelajakdagi muvaffaqiyatiga ta'siri, tipik xatolarni aniqlash va ularning sabablarini o‘rganish hamda xatolarni oldini olish bo‘yicha uslubiy tavsiyalar berish haqida fikr yuritilgan. Kirish soʻzlar: tipik xatolar, yozuv, morfologik xatolar, axborot manbalari, talaffuz, sintaktik xatolar, grafik xatolar. Oʻquvchilar quyidagicha xatoliklarga yoʻl qoʻyishlari mumkin. Orfografik xatolarning turlari: Fonetik xatolar: talaffuz bilan yozuv mos kelmagan hollarda yuzaga keladi. (Masalan, "uyuchilar" o‘rniga "uyushchalar"). Morfologik xatolar: so‘zning qo‘shimcha yoki shakli noto‘g‘ri qo‘llaniladi. (Masalan, "kitoblarni" o‘rniga "kitoblarni").Grafik xatolar: harflar yoki belgilarni noto‘g‘ri ishlatish. (Masalan, "tog‘" o‘rniga "to‘g‘").Sintaktik xatolar: so‘zlarning birikishida o‘tkaziladigan xatolar. Mana endi oʻzimizga savol berishimiz mumkinki, - Oʻquvchilar necha bunday xatoliklarga yoʻl qoʻyishmoqdalar?. Xatoliklar sabablarini tahlil qilamiz. Masalan, yozuv va talaffuzning murakkabligi. Lug‘at boyligi va grammatik bilimlarning yetishmasligi. Ta’lim tizimidagi yondashuvlar va metodik kamchiliklar. Nutq madaniyati va axborot manbalari ta’siri (internet, ijtimoiy tarmoqlar). Boʻlajak pedagog kadrlarni vazifasi oʻquvchilar yoʻl qoʻygan xatolarni aniqlash. Buni qanday yoʻlga qoʻyishimiz mumkin? Masalan, sinov ishlari va diktantlar tahlili, oʻquvchilarning erkin matnlarini tekshirish, anketa va intervyular o‘tkazish orqali sabablarni aniqlash. Bu usullar oʻrqali oʻquvchilarni qay bir tipda oqsayotganligini aniqlashimiz mumkin. Boʻlajak pedagoglar uchun qugidagi tavsiyalar ham keltiriladi. Orfografik savodxonlikni oshirish bo‘yicha usullar: maxsus orfografik o‘yinlar va mashqlarni qo‘llash, lug‘at va ma'lumotnomalar bilan ishlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, texnologiyalar yordamida (masalan, onlayn platformalar) o‘quvchilarni rag‘batlantirish, xatolarni tuzatishda konstruktiv yondashuvni qo‘llash, har bir o‘quvchining xatolar tahlili asosida individual yondashuv ishlab chiqish, ko‘rgazmali materiallardan foydalanish va muntazam qayta mashq qilish. Diktantlar va yozma ishlar tahlilini doimo oʻqituvchi kuzatib, tekshirib borishi kerak. Orfografik xatolarni aniqlash uchun avtomatlashtirilgan platformalardan foydalanish (masalan, grammatikani tekshirish dasturlari). Orfografik xatolarning psixologik va pedagogik sabablarini va oʻquvchining e’tibor darajasi aniqlash zarur. Yoʻqsa konsentratsiya yetishmasligi yoki diqqatning tez chalg‘ishi, tilni o‘rganishga motivatsiyaning pastligi, ta’lim jarayonida zamonaviy yondashuvlarning yetishmasligi koʻplab salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. O‘quvchilar orasidagi turli individual o‘ziga xosliklar (masalan, disleksiya kabi o‘quv qiyinchiliklari), bosim va qo‘rquv tufayli xato qilishdan xavotirlanish, oʻqitish metodikasi va xatolarni oldini olishIntegrativ yondashuv ba'zida ijobiy natija kasb etadi. Orfografiyani boshqa fanlar (adabiyot, tarix, texnologiya) bilan bog‘lab o‘qitish ham mumkin. O‘quvchilarning orfografik ko‘nikmalarini mustahkamlash uchun muntazam mashqlar barartirish muhim. 6 94 International scientific journal ISSN: 2181-3906 «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» 2025 VOLUME 4 / ISSUE 6 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ O‘yin va interaktiv texnologiyalarni qo‘llash (masalan, orfografik krossvordlar yoki mobil ilovalar), xatolarni tizimli tahlil qilish, o‘qituvchilar har bir o‘quvchi uchun shaxsiy "xato profili"ni tuzib, bu orqali ta’lim jarayonini moslashtirish ham bu xatolarni qilmaslikda ustunlik beradi.Milliy o‘ziga xoslik va orfografiya O‘zbek tilining murakkab jihatlari masalan, bir-biriga yaqin tovushli so‘zlarning imlosi (masalan, “qarz” va “qars”), yozuv va talaffuzdagi farqlar (“qilmoq” va “qiladilar”), mahalliy shevalar o‘quvchilarning yozuv qoidalariga moslashuviga qiyinchilik tug‘dirishi mumkin. O‘quvchilar orasida anketa o‘tkazib, ularning o‘z xatolariga munosabatini o‘rganish, innovatsion yondashuvlar Sun’iy intellekt va dasturiy vositalar, o‘quvchilarga grammatik tekshiruvchilarni o‘rgatish va ulardan foydalanishni tavsiya etish, maxsus orfografik trening dasturlari yaratish, oʻquvchilarni orfografiyaga qiziqtirish uchun raqamli o‘yinlar va ilovalarni qo‘llash ham oʻz oʻrnida ta'limda yutuq beradi. O‘qituvchi imloviy malakaning psixologik tabiatidan kelib chiqib, kichik yoshdagi o‘quvchilarda imloga oid malakani shakllantirish ustida ishlash metodikasini belgilaydi. Imloviy malaka maxsus nutq malakasidir. To‘g‘ri yozuv — maxsus nutq faoliyati; yozuv ham murakkab harakat bo‘lib, uning asosida nutq yotadi. Imloviy malaka nutq faoliyatining komponenti sifatida gapni sintaktik jihatdan to‘g‘ri tuzish, so‘zni uslubiy aniq qo‘llashni ham o‘z ichiga oladi. Imloviy malaka murakkab malaka bo‘lib, uzoq davom etadigan mashqlar jarayonida yaratiladi va so‘zni fonetik tomondan tahlil qilish, uning morfemik tarkibini aniqlash ko‘nikmasi k
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada orfografik xatolarni tahlil qilish va ularni tuzatishning ahamiyati, xatolarning o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va kelajakdagi muvaffaqiyatiga ta'siri, tipik xatolarni aniqlash va ularning sababla…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada orfografik xatolarni tahlil qilish va ularni tuzatishning ahamiyati, xatolarning o‘quvchilarning savodxonlik darajasi va kelajakdagi muvaffaqiyatiga ta'siri, tipik xatolarni aniqlash va ularning sababla… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- morfologik xatolar, axborot manbalari, talaffuz, sintaktik xatolar, yozuv, grafik xatolar., tipik xatolar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024