К содержанию
РецензированоUZ2025

CHET EL KAPITALI ISHTIROKIDAGI BANKLARNI BOSHQARISH TIZIMINI RIVOJLANTIRISH YOʻLLARI

Isaqjonov Dilyorbek G‘ulomjon o‘g‘li (Ilmiy rahbar: Andijon davlat texnika instituti)

Для учителей · 2025

Аннотация

Ushbu maqolada chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning boshqarish mexanizmi va hususiyatlari tahlil qilinadi. Chet el investitsiyalari iqtisodiyotga jalb qilinganida, mahalliy va xorijiy aksiyadorlar o‘rtasida samarali boshqaruv tizimi va strategiyalarni ishlab chiqish zarurati yuzaga keladi. Maqolada bu turdagi korxonalarning kapital tuzilmasi, boshqaruv strukturalari, qaror qabul qilish jarayonlari, huquqiy va tartibga solish masalalari, moliyaviy va foyda taqsimoti, kadrlar boshqaruvi va texnologik innovatsiyalar kabi muhim jihatlari ko‘rib chiqiladi. Kalit so‘zlar: Chet el kapitali, boshqaruv mexanizmi, qo‘shma korxonalar, xorijiy investitsiyalar, mulkchilik tuzilmasi, boshqaruv strukturalari. Kirish. Hozirgi kunda iqtisodiy rivojlvnish jarayonlari doirasida chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar jahon iqtisodiyotida muhim o‘rin tutmoqda. Ushbu korxonalar, asosan, xorijiy investitsiyalarni jalb qilish orqali mahalliy bozorlarni rivojlantirish va yangi texnologiyalarni o‘zlashtirish imkoniyatlarini yaratadi. CHet el kapitali ishtirokidagi korxonalar – bu xorijiy va mahalliy investorlar o‘rtasidagi hamkorlikni ifodalovchi tashkilotlar bo‘lib, ularning boshqaruv mexanizmi ko‘plab o‘ziga xos jihatlarni o‘z ichiga oladi. https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 4 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 Mazkur maqolada chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning boshqarish mexanizmi va hususiyatlari, xususan, kapital tuzilmasi, boshqaruv tuzilmalari, qaror qabul qilish jarayoni, kadrlar boshqaruvi, moliyaviy taqsimot va texnologik innovatsiyalar kabi asosiy jihatlar tahlil qilinadi [1]. SHuningdek, ushbu korxonalarning lokal va global bozorlarga moslashuvining muhim jihatlari va ular bilan bog‘liq bo‘lgan risklarni boshqarish masalalari yoritiladi(1-rasm): CHet el kapitali ishtirokidagi korxonalar, odatda, xorijiy va mahalliy aksiyadorlarning ulushlaridan iborat bo‘ladi. Xorijiy investorlar o‘z kapitali bilan nafaqat moliyaviy resurslar, balki texnologiya, boshqaruv tajribasi va global tarmoqlarga kirish imkoniyatlarini ham olib keladi [2]. Mahalliy aksiyadorlar esa o‘zining bozor bilimlari, resurslari va siyosiy aloqalari bilan qo‘shiladi. SHunday qilib, korxonaning kapital tuzilmasi nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy sharoitlarga ham bog‘liq bo‘lishi mumkin. Chеt el kapitali ishtirokidagi korxonalar boshqarish mеxanizminiang muhim jihatlari Kapital Boshqaruv Qaror qabul Moliyaviy Xavf va Kadrlar tuzilmasi tizimi va qilish taqsimot va risklarni boshqaruvi va strukturasi jarayoni foyda boshqarish mulkchilik 1-rasm.Chet el kapitali ishtirokidagi korxonalar boshqarish mexanizmining muhim jihatlari. Xorijiy kapital ishtirokining miqdori davlatlararo siyosatlar va qonunchilikka qarab farq qiladi. Ayrim davlatlar strategik tarmoqlarda xorijiy investitsiyalarni cheklashlari mumkin, masalan, energiya, axborot texnologiyalari yoki mudofaa sanoatida. SHuning uchun, korxona tuzilmasi va uning boshqaruvi, shuningdek, https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 5 Часть-46_ Том-6_ июнь-2025 chet el kapitalining ishtiroki qonunlar bilan belgilangan normativlarga bog‘liq bo‘ladi. CHet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda boshqaruv tizimi odatda ikkita asosiy elementdan iborat bo‘ladi: mahalliy va xorijiy menejment. Bu tuzilma, o‘z navbatida, qaror qabul qilishda ikki tomonning manfaatlari va ehtiyojlarini hisobga olishni talab qiladi. Boshqaruv kengashining tarkibi hamda strategik qarorlar qabul qilish jarayoni hamkorlar o‘rtasidagi kelishuvlarga asoslanadi. Odatda, xorijiy investorlarda kompaniyaning strategik rivojlanishi bo‘yicha katta ta’sir kuchi bo‘ladi, chunki ular uzoq muddatli yondashuvlarni ko‘proq qadrlashadi. Mahalliy menejment esa kunlik operatsiyalarni, ichki bozordagi o‘zgarishlarni va ijtimoiy-madaniy muhitni hisobga olgan holda boshqaruvni amalga oshiradi [3]. SHunday qilib, boshqaruv tizimi ikkita tizimni – mahalliy va xorijiyni integratsiya qilishni talab qiladi. Qaror qabul qilish jarayoni chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda ko‘pincha murakkab bo‘ladi, chunki bu jarayonlar ko‘plab bosqichlarni va manfaatdor tomonlarni o‘z ichiga oladi. Xorijiy investitsiyalar ko‘plab hollarda global strategiyalarni talab qiladi, shu bilan birga mahalliy sharoitlar va bozorni o‘rganish ham muhimdir. Boshqaruv kengashi odatda eng yuqori darajadagi strategik qarorlarni qabul qiladi, masalan, kengayish rejalarini, yangi bozorga kirishni yoki yangi mahsulotlarni ishlab chiqishni. Mahalliy menejment esa operatsion darajada qarorlar qabul qiladi, bu esa kompaniyaning kundalik faoliyatini, marketing strategiyalarini va operatsion samaradorligini boshqarish uchun zarur [4]. Kadrlar boshqaruvi chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarda ko‘plab murakkabliklarni keltirib chiqaradi. Mahalliy va xorijiy madaniyatlar o‘rtasidagi farqlar, turli ish yondashuvlari va mehnat bozoridagi normativlar boshqaruv tizimini qiyinlashtiradi. SHu sababli, xorijiy investitsiyalar kadrlar tayyorlash, https://scientific-jl.com/luch/ 3 6 6 Часть-46_ Том-6_ ию

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning boshqarish mexanizmi va hususiyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada chet el kapitali ishtirokidagi korxonalarning boshqarish mexanizmi va hususiyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
raqamli texnologiyalar, Kalit so‘zlar: boshqaruv tizimi, risklarni boshqarish tizimlari, xodimlar malakasini oshirish, korporativ boshqaruv, raqobatbardoshlik.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники