Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KASB-HUNAR MAKTABLARINING YOSHLARGA AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI
KASB-HUNAR MAKTABLARINING YOSHLARGA · AFZALLIKLARI VA QULAYLIKLARI · Raxmatova Gavhar Mo‘minovna
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada kasb-hunar maktablarining yoshlar uchun tutgan o‘rni, ularning ta’lim va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Xususan, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish, qisqa muddatda kasb egallash, bandlik darajasini oshirish kabi jihatlar yoritilgan. Shuningdek, kasb tanlashdagi erkinlik va oliy ta’limga yo‘l ochilishi kabi afzalliklar haqida ham to‘xtalib o‘tilgan. Maqola yoshlarni ijtimoiy va iqtisodiy rivojlanish yo‘lida qo‘llab-quvvatlashda kasb-hunar maktablarining muhim rolini asoslab beradi. Kalit so‘zlar: kasb-hunar maktabi, yoshlar, ta’lim, amaliy ko‘nikma, bandlik, kasb tanlash, oliy ta’lim, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash. Jamiyatimizda ro‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy o‘zgarishlar ta’lim tizimining barcha bosqichlariga o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmayapti. Ayniqsa, o‘quvchilarning turli sohalar bo‘yicha chuqur bilim olishlari, kasbiy ko‘nikma va amaliy malakalarni egallashlari ushbu o‘zgarishlar ta’sirida yanada muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda nazariy bilimlar bilan bir qatorda, ularni real hayotda qo‘llay olish ko‘nikmalarini shakllantirish — ta’lim jarayonining asosiy vazifalaridan biri sifatida qaralmoqda. Professional ta’limning sifat va samaradorligini oshirish uchun yoshlar ongida ilm- ma’rifatga, kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish, ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatiga ongli ravishda yo‘naltirish nihoyatda zaruriy omil hisoblanadi. Zero, xalqimiz asrlar davomida shakllantirgan boy tarixiy va madaniy merosi, xalq og‘zaki ijodi, hunarmandchilik an'analari doimo kasb-hunar o‘rganish va uni boshqalarga o‘rgatishni muqaddas qadriyat darajasida e’zozlab kelgan. Bugungi kunda mehnat va kasbiy tayyorgarlik tizimi nafaqat o‘quvchilarning kasbga oid axborotlar bilan tanishishiga xizmat qiladi, balki ularni mehnatsevarlik, intizom, mas’uliyat kabi muhim ijtimoiy fazilatlar ruhida tarbiyalaydi. Kasb tanlash, kasbga yo‘naltirish ishlari — bu yoshlarga to‘g‘ri hayot yo‘lini tanlashda ko‘maklashuvchi, ularni jamiyatda faol ishtirok etishga tayyorlovchi muhim yo‘nalishlardan biridir. Shuni unutmaslik lozimki, xalqimiz millat sifatida shakllanishida mehnat, kasb va hunarning o‘rni beqiyos bo‘lgan. Odamzod ilk davrlardanoq o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun mehnat qilgan, turmush uchun zarur buyumlarni yasagan va turli yumushlarni bajargan. Shu tariqa, insoniyat taraqqiyoti ham aynan mehnat, amaliy tajriba va kasbiy 73-son 4–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 160 Ustozlar uchun pedagoglar.org bilimlar asosida shakllanib borgan. Bugungi kunda esa bu an’ana zamonaviy bilim va texnologiyalar bilan uyg‘unlashgan holda davom etmoqda. Zamonaviy jamiyatda yoshlarning ta’lim olishi va o‘z kasbini egallashi muhim ahamiyat kasb etmoqda. Shu nuqtai nazardan, kasb-hunar maktablari yoshlarga amaliy bilim berish, kasbiy ko‘nikmalarni shakllantirish va mehnat bozoriga tez va samarali chiqish uchun muhim ta’lim muassasalaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada kasb- hunar maktablarining yoshlarga beradigan asosiy afzalliklari va qulayliklari yoritiladi. Yosh avlod har qanday jamiyatning ertangi kuni va taraqqiyotining asosi hisoblanadi. Ularning barkamol, bilimli va mustaqil shaxs sifatida shakllanishida kasb- hunar tanlash va uni egallash muhim o‘rin tutadi. To‘g‘ri tanlangan kasb inson hayotida nafaqat moddiy jihatdan barqarorlikni ta’minlaydi, balki uning ijtimoiy mavqeini belgilaydi, shaxsiy qoniqish va hayotdan mamnunlik hissini uyg‘otadi. Kasb-hunar tanlovi – bu faqatgina mehnat faoliyatining boshlanishi emas, balki o‘zini anglash, jamiyatda o‘z o‘rnini topish yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir. Bugungi kunda ilm-fan va texnologiyalar sur’at bilan rivojlanib borayotgan bir davrda yoshlarning kasbga bo‘lgan munosabatlari ham o‘zgarib bormoqda. Endilikda ular nafaqat an’anaviy kasblarga, balki zamonaviy sohalarga – axborot texnologiyalari, raqamli iqtisodiyot, dizayn va muhandislik kabi yo‘nalishlarga ham katta qiziqish bildirishmoqda. Bu jarayonda yoshlar o‘zlarining ichki qiziqishlari, individual salohiyatlari hamda mehnat bozoridagi real ehtiyojlarni hisobga olib, ongli tanlov qilishlari lozim. Chunki kasb-hunar egallash nafaqat iqtisodiy jihatdan mustahkam poydevor yaratadi, balki yoshlarni fidoyilik, mas’uliyat, ijodkorlik va o‘ziga bo‘lgan ishonch kabi muhim fazilatlarni shakllantirishga yordam beradi. Yoshlarning kasb tanlashida oila, maktab va jamiyatning o‘rni beqiyosdir. Ota- onalar farzandlarining qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash, ularni to‘g‘ri yo‘nalishga boshqarishda faol ishtirok etishlari kerak. Ta’lim muassasalari esa kasbga yo‘naltirish ishlarini tizimli tashkil etish orqali har bir o‘quvchining kelajagini to‘g‘ri yo‘naltirishda muhim vositaga aylanadi. O‘qituvchilar, psixologlar va kasb maslahatchilarining hamkorlikdagi sa’y-harakatlari orqali yoshlar o‘z imkoniyatlarini anglab yetishlari, mehnat bozoridagi ehtiyojlar haqida to‘liq tasavvurga ega bo‘lishlari mumkin. Xulosa qilib aytganda, yoshlarni to‘g‘ri kasb tanlashga yo‘naltirish
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada kasb-hunar maktablarining yoshlar uchun tutgan o‘rni, ularning ta’lim va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada kasb-hunar maktablarining yoshlar uchun tutgan o‘rni, ularning ta’lim va mehnat bozoridagi imkoniyatlarini kengaytirishdagi ahamiyati tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash., yoshlar, kasb tanlash, ta’lim, Kalit so‘zlar: kasb-hunar maktabi, amaliy ko‘nikma, oliy ta’lim, bandlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024