К содержанию
РецензированоUZ2026

SHARQ VA G’ARB ADABIYOTIDA ISHQ KONSEPSIYASI Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi Farg’ona davlat universiteti 1-bosqich magistranti

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Sharq va G’arb adabiyotidagi ishq konsepsiyasi Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” va Vilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari orqali ochib beriladi. Kalit so’zlar: Sharq adabiyoti, G’arb adabiyoti, “Layli va Majnun”, “Romeo va Julyetta”. Annotation: In this article, the concept of love in Eastern and Western literature is revealed through Alisher Navoi’s “Layla and Majnun” and William Shakespeare’s “Romeo and Juliet”. Key words: Eastern literature, Western literature, Layla and Majnun,Romeo and Juliet. Adabiyot maydonida bazi buyuk siymolar o’z ijodlari bilan boshqalardan ajralib turadi. Ular barcha davr kishilarini hayratga soluvchi so’z daholari bo’lib, o’zlaridan o’lmas asarlarni me’ros qoldirishgan. Ana shular ichida Alisher Navoiy va Vilyam Shekspirning o’rni beqiyos. Alisher Navoiy - ulug’ o’zbek va boshqa turkiy xalqlar shoiri, mutafakkiri va davlat arbobidir. [5]G’arbda chig’atoy adabiyotining buyuk vakili deb qaraladi, sharqda “Nizomi millati va din”(din va millatning nizomi) unvoni bilan ulug’lanadi. Vilyam Shekspir - Ingliz Uyg’onish adabiyotining yirik vakili, daho so’z ustasi, buyuk shoir va dramaturgi. O’zining komediyalari va tragediyalari bilan jaxon teatri tarixiga ulkan hissa qo’shgan. Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi va o’ziga xosligi mavjud.[3]So’zimizning dalili sifatida “Layli va Majnun” hamda “Romeo va julyetta” asarlarini ko’ramiz. “Layli va Majnun” Sharqning qayg’uli ishq dostoni, “Romeo va Julyetta” G’arbning fojiali muhabbat qissasidir. Bu asarlarning sujet yo’nalishlari Navoiy va shekspirdan ancha oldin paydo bo’lgan esa-da, ikki daho mazkur sujetga yangicha o’lmas ruh baxsh etadilarki, bu asarlar insoniyatni hamon sehr jozibasida tutib kelmoqda. Mazkur ikki asarni solishtirish juda qiziq va chuqur ilmiy kashfiyot va xulosalarga olib kelishi mumkin. Eng avvalo, bu dostonda Sharq va G’arb badiiy tafakkuridagi farq – ularning tasvir prinspidagi farq ko’zga tashlanadi.[4] Sharq va G’arbda ishq konsepsiyasiga bo’lgan munosabatlar yaqinligini va muhabbat muommosining badiiy yechimidagi g’oyaviy o’xshashlikni V.M.Jirmunskiy ham e’tirof 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 238 Ustozlar uchun pedagoglar.org etadi: “Dunyoviy muhabbat (ishqi majoziy) konsepsiyasi Haqqa bo’lgan muhabbatning majozi sifatida tasavvuf an’analari bilan bog’liq.”[6] Tasavvufning mumtoz Sharq she’riyatiga, xuxusan “Layli va Majnun” asosidagi muhabbat konsepsiyasiga tasiri qanchalik katta bo’lgani fanga ma’lum. Dostonda ham, tragediyada ham qahramonlar fojiasini tasvirlash orqali nohaqlik va adolatsizlik qoralanadi.”Ziddiyat qahramonlarning hissiyotlari asosida tug’ilmaydi… Fojia adolat va dushmanlik dunyosi bilan qahramonlarning ajoyib tuyg’usi to’qnashuvidan yuzaga keladi.”[1] Ikkala asarda ham qahramonlar xatti- harakatlarini yo’naltiruvchi 5 ta asosiy lavha mavjud: 1.Ilk uchrashuv. 2.Dil izhori. 3.Ayriliq. 4.Istamagan kishi bilan nikohga majburlash. 5.Xotima. Alisher Navoiy “Layli va Majnun” dostonini Shekspirning “Romeo va Julyetta” tragediyasi bilan qiyoslash ikki buyuk ijodkorning ishq konsepsiyasiga munosabatlarining g’oyaviy yaqinligini ko’rsatadi. Ikki mutafakkir nuqtai nazarida komillikning muhtasham poydevori ham, oliy cho'qqisi va so'nmas nur manbayi ham ishqdir.[2-113] Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati: 1.Аникст А. Творчество Шулспира.-М.: Наука,1963.- C.228. 2.Gulnoz Xaliyeva.Qiyosiy adabiyotshunoslik.Akademnashr.2020. 3.Mamatqulova X.A. Alisher Navoiy va Vilyam Shekspir ijodida badiiy tamoyillar mushtarakligi va o’ziga xoslik. Filol.fan.nomz… diss.-Toshkent,2009.-B.24-49 4.Nazar Eshonqul. Dante, Navoiy, Shekspir. 5.Valitova A. A. (1974).”Alisher Navoiy”. A. M. Proxorov. Buyuk Sovet ensiklopediyasi. 17 (3-nashr). Moskva. Sovet ensiklopediyasi. 194-195-betlar. 6.Жирмунский В. М. Сравнительное литературоведение. –Л.: Наука. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 239

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Sharq va G’arb adabiyotidagi ishq konsepsiyasi Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” va Vilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari orqali ochib beriladi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Sharq va G’arb adabiyotidagi ishq konsepsiyasi Alisher Navoiyning “Layli va Majnun” va Vilyam Shekspirning “Romeo va Julyetta” asari orqali ochib beriladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Eastern literature, Western literature, Layla and Majnun, Romeo and, “Layli va Majnun”, G’arb adabiyoti, Kalit so’zlar: Sharq adabiyoti, “Romeo va Julyetta”.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники