К содержанию
РецензированоRU2026

ABDUQAYUM YO’LDOSHEV HIKOYALARIDA TABIAT TASVIRI

Xolmatova Ro’zixon Akmaljon qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

This article is devoted to the analysis of the image of nature in Abduqayum Yoldoshev's stories. Although his works do not emphasize the landscape image, the fact that he has a unique artistic color and polish is revealed through examples. Kalit so’zlar: Peyzaj, portret, ruhiyat, obraz, detal, tasvir Ключевые слова: Пейзаж, портрет, дух, образ, деталь, образ Key words: Landscape, portrait, spirit, image, detail, image Abduqayum Yo’ldoshev adabiy jarayonda o’z ovoziga, o’z uslubiga ega ijodkor bo’lib, hikoya, qissa, romanlaridagi har bir detalga alohida ahamiyat qaratadi, shu jumladan peyzaj tasviri ham bundan mustasno emas. Garchi, hikoya hajman qisqa bo’lsa- da, unda peyzaj tasviriga o’rin ajrata olish yozuvchining mahoratidan dalolat beradi. Asli Abduqayum Yo’ldoshev hikoyalarida peyzaj tasviri nihoyatda kam uchraydi, ammo uchragan taqdirida hikoya mazmunini ochishga, boyitishga, voqelikni, ruhiy holatni oydinlashtirishga yordam beradi. Abdulla Qahhorga ta’rif berilayotganda “Oz so’zda ko’p ma’no ifodalash” xos bo’lsa, Abduqayum Yo’ldoshevda “Kam tabiat tasviri bilan, nuqtasiga urish” ta’biri mos keladi. Masalan, Abduqayum Yo’ldoshevning “Bankir” romanini olaylik. “Tunda nogoh havo aynidi. Osmon yuzini qora bulutlar bosib kela boshladi. Borliq zulmat og’ushida qoldi. Havo tund va dim edi. Tabiatda nimadir bo’lishi kutilayotganday. Axiyri osmon chidab turolmadi – uning ko’z yoshlari sel bo’lib oqdi: ezilib yomg’ir yog’a boshladi…”1 1 А. Йўлдошев. Банкир. – Тошкент: Tafakkur qanoti, 2012. 25-бет. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 247 Ustozlar uchun pedagoglar.org Tabiat tasviri xuddi voqealar holati bilan hamohang. Birdaniga yuz bergan bu voqea nogohon havo aynishiga o’xshaydi. Tolibjon va uning oilasi boshiga tushgan falokat osmonni qoplagan qora bulutlarga qiyos qilingan. Ezilib yog’gan yomg’ir tomchilari Nozimaxonimning otasi hasratida to’kkan ko’z yoshlari go’yo. Ko’rinib turganidek, tabiat tasviri qahramonlar hayotini oldindan bashorat qilganday tasavvur uyg’otadi. Darhaqiqat, tabiatning ushbu hodisalari qahramonlar taqdiri bilan ham, ruhiyati bilan ham o’zaro mutanosiblik kasb etadi. Yomgʻir –deyarli barcha ijodkorlarning sevimli peyzaj tasviri hisoblanadi. Yomgʻirning ezilib, shivalab, bosib, shigʻalab, savalab, sharros quyib yoki jala ko‘rinishida yogʻishi badiiy asarlarda ko‘plab uchraydi. Ushbu peyzaj tasviri adiblar nasrining ritmini belgilab berayotgandek taassurot qoldiradi. Sobiq tuzum davridagi fojealar yangi jamiyat shakllanishidan oldin yangicha fikrlaydigan inson obrazini yaratish muammosi sifatida ma’lum tarixiy butunlikdan ajrab qolgan inson qismatini idrok etish orqali ifodalangan. Misol uchun A.Yо‘ldoshevning “Quduq”2 hikoyasini keltirish mumkin. Unda insonga qо‘l ostidagi ikkinchi darajali buyum sifatida qarovchi, mute fikrlovchi, mustamlakachilar yetovida butun boshli qishloqni yо‘qotuvchi odamlar tasviri ustunlik qiladi. Mutelik xalqni halokatga olib boradigan yо‘l edi. Mustaqil fikr yuritmaslik, aynan fikrsizlik, nafs yо‘lida faqat о‘z huzuri va foydasi uchun, tiriklik uchun yashashni taqozo qiladi. Bunday odamlar о‘rgatilgan, ishonchli robot kabi ishlab, evaziga hech narsa talab qilmas edi. Ular bir tomondan CH.Aytmatov romanidagi manqurt obraziga о‘xshaydi. Farqi: uning boshiga xom teri kiydirilmaganidadir. Hikoya Tirkash muallimning qizi quduqqa tushib vafot etishi bahonasi bilan uning oilaviy ahvoli pedagogik kengashda muhokama qilinadi, direktor tuman gazetasida militsionerning maqolasini maktab jamoasida ishlab chiqdik, degan ma’lumot uchun Tirkash muallimning dardini yana yangilaydi. Gо‘yo mehribonlik kо‘rsatgan kishi sifatida Tirkash muallimning darslarini boshqalar bо‘lib olishadi. Tirkash muallim bо‘sh qolib, о‘z fojeasi, dardiga yanada chuqurroq botib boraveradi. Jamiyatdagi soxta “insonparvarlar” esa maqolani viloyat gazetasida qayta bostirishadi. Sabohatning о‘limi endi nafaqat Tirkash muallim, balki butun qishloq uchun fojeaga aylanadi. Sovxoz direktori tepadagilar buyrug‘i bilan qishloqdagi barcha quduqlarni yoptirib tashlaydi. Qishloq suvsiz qoladi. Vahima, qо‘rquv, hadik, umidsizlik odamlar qalbini kemirar edi. Odamlar bu falokatning bosh aybdori sifatida Tirkash muallimni kо‘ra boshlashadi. Hatto Marvi xola Tirkashning uyi oldiga kelib, ovozini baralla qо‘ygancha qarg‘aydi. Bu sobiq tuzumning xalq ichidan mohirlik bilan dushman yasash usulining badiiy ifodasi edi. Jamiyatda esa ma’nan qashshoq, kaltabin, xudbin kimsalar, kaltabin rahbarlar nima desa, shunga ishonadigan kishilar yaxshi kun kо‘rar edi, xolos. Bu tom ma’nodagi mutelik 2 Йўлдошев А. Пуанкаре: ҳикоя ва қиссалар. – Тошкент: Akademnashr, 2014. - Б. 15 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 248 Ustozlar uchun pedagoglar.org psixologiyasi bilan yashagan odamlar jamoasi edi. Ular muammoning mohiyatini anglolmay, olomonlik falsafasining qurboniga aylanishadi. Yozuvchining asosiy maqsadi yangi inson konsepsiyasini yaratish zarurligiga e’tiborni qaratish kerakligini ta’kidlar ekan, buni “Quduq”3 hikoyasida samara

Доказательный фрагмент

«This article is devoted to the analysis of the image of nature in Abduqayum Yoldoshev's stories.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article is devoted to the analysis of the image of nature in Abduqayum Yoldoshev's stories. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Landscape, portrait, spirit, image, detail, image, portret, obraz, ruhiyat, detal, tasvir, Kalit so’zlar: Peyzaj
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники