К содержанию
РецензированоRU2026

VAQFNING BUGUNGI KUNDAGI AHAMIYATI

Abdulhayev Bekmurod

Для учителей · 2026

Аннотация

(Ruscha): В данной статье рассматривается система вакуфов в исламской истории и её актуальность в современности. Автор акцентирует внимание на социально-экономической роли вакуфов в мусульманском обществе, особенно в сфере образования, здравоохранения, инфраструктуры и борьбы с бедностью. На основе исторических примеров и современных практик освещаются современные формы вакуфных учреждений, включая денежные вакуфы и вакуфные банки. Ключевые слова (Ruscha): вакуф, мусульманское общество, денежный вакуф, исламская экономика, благотворительность, образование, здравоохранение, бедность, инфраструктура. Tarixda vaqfning musulmon jamiyati shakllanishi va rivojiga katta ta’sir qilganini, bugungi kunda ham vaqf mulklarining musulmon jamiyati taraqqiyotiga ta’siri salmoqli ekanini aytib o‘tishimiz darkor. Qadimdan badavlat musulmonlar dunyo va oxirat yaxshiliklarini qo‘lga kiritish uchun Alloh ularga rizq qilib bergan narsalardan infoq- ehsonlar qilishda peshqadam bo‘lganlar. Vafotlaridan so‘ng ham qiyomatga qadar savobidan bahramand bo‘lishlari uchun o‘z mulklaridan bir qismini Alloh yo‘lida vaqf qilganlar. Zero, vaqf bu sadaqai joriyaning bir turidir. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 250 Ustozlar uchun pedagoglar.org Vaqflar ijtimoiy himoyaning barcha turini o‘zida qamrab olgan. Vaqf shifoxonalari, vaqf madrasalari, vaqf mehmonxonalar, rabotlar, masjidlar, yo‘llar, ko‘priklar, ehtiyojmandlarni taom bilan ta’minlovchi vaqflar, qarzdorlarga yordam beruvchi vaqflar, musofirlar uchun ajratilgan vaqflar va boshqa ko‘plab yo‘nalishda faoliyat yurituvchi vaqf tashkilotlari bor edi. Vaqf mulklari xususiy mulkchilik shaklidan chiqadi. Shu bilan birga, davlatga ham tegishli hisoblanmaydi. Vaqflarni jamiyatning ma’lum ehtiyojlarini qondiradigan jamoa mulki deyish mumkin. Zotan, vaqf qilishdan ham maqsad Alloh taoloning roziligini istab, boshqalarga manfaat yetkazadigan xayrli loyiha qilishdir. Vaqf shifoxonalari mudarris va talabalar uchun ham tadqiqot markazi bo‘lib xizmat qilgan. Masalan Roziy (841-926), Zahraviy (931-1013), Ibn Sino (980-1037), Ibn Rushd (1126-1198), Ibn Nafis (1208-1288) kabi yetuk allomalarning yetishib chiqishida ham bunday muassasalarning xizmati beqiyos bo‘lgan. Vaqf shifoxonalari tibbiyot talabalari uchun o‘z davrining eng yaxshi uskunalari bilan jihozlangan va ilmiy meros jihatidan ham juda boy hisoblangan. Masalan, XIV asrda Misrdagi Ibnu Tulun shifoxonasi qoshidagi kutubxonada 100 mingdan ortiq tibbiyotga oid kitoblar mavjud bo‘lgan bo‘lsa, o‘sha davrda Yevropadagi eng katta kutubxonaga ega Parij universitetida atigi 400 turdagi kitoblar saqlangan.1 Mashhur musulmon sayohatchisi Ibn Battuta sakkizinchi hijriy yuz yillikda Bahriy Mamluklar hukmi ostidagi Damashq shahrida ko‘rgan o‘nlab turdagi, yuzlab vaqf muassasalarini ko‘rgandagi hayratini quyidagicha ifoda etadi: “Damashqdagi vaqflarning turi va saflanish jihatlari shu qadar ko‘pligidan, ularning sanog‘iga yetib bo‘lmaydi. Masalan, hajga borolmaydiganlar uchun ularning nomidan haj qiluvchilarni yetarli mablag‘ bilan ta’minlaydigan vaqflar, qizlariga sep qilishga kuchi yetmaydigan oilalarning qizlariga barcha sep va jihozlarini tayyorlab, to‘yini o‘tkazib beradigan vaqflar, asirlarni ozod qilish uchun kerakli mablag‘larni beruvchi vaqflar, musofir yurtda puli tugab qolganligi tufayli uyiga qaytib ketolmayotgan musofirlar uchun xoslangan vaqflar bor. Bunday turdagi vaqflar musofirlarga taom, kiyim-kechak va yurtlariga qaytish uchun kerakli narsalarni taqdim etadi. Shuningdek, yo‘llarni to‘g‘rilash va ularga tosh yotqizish uchun mo‘ljallangan vaqflar ham bularga misol bo‘la oladi. Chunki, Damashq ko‘chalari shunday tarzdaki, uning ikki chetida piyodalar yuradigan yo‘lkalar bo‘ladi, o‘rtasidagi (kattaroq) yo‘lkada esa otliqlar yuradi. Yana, sanaganlarimizdan boshqa xayr ishlari uchun ochilgan turli xil vaqflar bor”.2 Musulmon mamlakatlarida davlat va din arboblarini yetishtirish maqsadida maktab va madrasalar, diniy ibodatlarni ado etish uchun masjidlar, aholi uchun musofirxona, 1 “Vaqfning ijtimoiy-iqtisodiy adolat va taraqqiyotni ta’minlashdagi o‘rni” https://islommoliyasi.uz/uz/vaqfning-ijtimoiy- iqtisodiy-ahamiyati/ 2 A. Sultonxo‘jayev. Ibn Battutaning sayohati. 99-bet. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 251 Ustozlar uchun pedagoglar.org yetimxona, kasalxona, langar va boshqa xayriya muassasalari bunyod etilgan. Ana shu bino va muassasalarda bo‘ladigan xarajatlar (imom, muazzin haqi, joynamoz, ta’mir, shogirdlarning nafaqasi, tabiblar va boshqa xizmatchilarning maoshi, kitoblardan nusxa ko‘chirtirish haqi va boshqa chiqimlar)ni shu binoni qurdirgan kishilar ta’minlab turganlar. Bino egasi (muassis) doimiy daromad berib turadigan joylar (er, tegirmon, objuvoz, savdo do‘koni, karvon saroy, hammom, hunarmandchilik korxonalari va b.)ni shu bino (muassasa) ma’muriyatiga qozixonada rasmiylashtirilgan hujjat – vaqfnoma bilan o‘tkazib bergan. O‘z mulkini vaqfga topshirgan shaxs mazkur mulkka nisbatan egalik huquqini yo‘qotadi. Lekin uning o‘zi yoki

Доказательный фрагмент

«(Ruscha): В данной статье рассматривается система вакуфов в исламской истории и её актуальность в современности.»

Образец извлечения

Демо-превью

(Ruscha): В данной статье рассматривается система вакуфов в исламской истории и её актуальность в современности. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
(Inglizcha): Waqf, Muslim society, cash waqf, Islamic economy, charity, infratuzilma., musulmon jamiyati, sog‘liqni saqlash, islom iqtisodiyoti, xayriya, taʼlim, Kalit so‘zlar (O'zbekcha): Vaqf, qashshoqlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники