Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TA’LIM JARAYONIDA SUN’IY INTELLEKT TEXNOLOGIYALARIDAN FOYDALANISH VA UNING SAMARADORLIGI
Xaydarov Anvar Djurayevich
Для учителей · 2025
Аннотация
Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tasnifi, shuningdek, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Sun’iy intellekt texnologiyalarining ta’lim sifatini oshirishdagi ahamiyati, rivojlangan mamlakatlar tajribasi va O‘zbekiston ta’lim tizimiga moslashtirish yo‘nalishlari tahlil qilinadi. Shuningdek, sun’iy intellektning turli sohalarda, jumladan, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlarida qo‘llanilishi bo‘yicha olib borilgan ilmiy tadqiqotlar tahlil qilinadi. Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari, raqamli texnologiyalar, ta’lim sifati, innovatsion texnologiyalar. Kirish. Sun’iy intellekt bugungi kunda dunyodagi eng muhim texnologiyalardan biriga aylandi. O‘tgan asrning boshida faqat filmlar va turli ilmiy-fantastik romanlarda uchratishimiz mumkin bo‘lgan sahnalar sun’iy intellektning hayotimizga jadal joriy etilishi natijasida haqiqatga aylandi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilga kelib dunyo yalpi ichki mahsulotining qariyb to‘rtdan bir qismi raqamli texnologiyalarga bog‘liq bo‘lishi kutilayotgan bir paytda, bu yo‘nalishdagi ishlarni tezlashtirish va rivojlantirishga alohida e’tibor qaratish eng to‘g‘ri strategik yo‘nalish hisoblanadi. Hozirgi vaqtda Kanada, Singapur, Birlashgan Arab Amirliklari, Finlyandiya, Yaponiya, Xitoy, Italiya, Tunis, Buyuk Britaniya, AQSh, Shvetsiya, Meksika, Yevropa Ittifoqi, Keniya, Daniya, Fransiya, Avstraliya, Koreya Respublikasi, Hindiston va Germaniya kabi mamlakatlar sun’iy intellektni rivojlantirish strategiyalarini e’lon qilishgan. Dunyo amaliyotida sun’iy intellekt texnologiyalarining keng va jadallik bilan joriy etilishi, shuningdek, ularning mamlakatimiz hayotida sifatli qo‘llanilishini ta’minlash, ushbu sohada malakali kadrlar tayyorlash uchun qulay sharoitlar yaratish bugungi kun talabidir. “Sun’iy intellekt” atamasi birinchi marta 1956-yilda Dartmut konferensiyasida Jon Makkarti va uning hamkasblari – Marvin Li Minski, Nataniyel Roçester va Klod Shennon tomonidan taklif qilingan. Jon Makkarti ushbu atamaning muallifi hisoblanadi. Shundan buyon ko‘plab ilmiy tadqiqotlar olib borildi va sun’iy intellektning qo‘llanilish sohasi keskin kengayib bormoqda. Bugungi kunda sun’iy intellekt tibbiyot, energetika, konchilik, qishloq xo‘jaligi, ta’lim, mashinasozlikni takomillashtirish, ovozli yordamchilar, onlayn 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 290 Ustozlar uchun pedagoglar.org chat va muloqot tizimlari, shuningdek, dasturiy ta’minot yaratishda samarali foydalanilmoqda. “Sun’iy intellekt” tushunchasiga ta’rif berishdan oldin, avvalo, “intellekt”ning o‘zi nimani anglatishini tushunish lozim. Intellekt (lotincha intellectus – idrok, tushunish, anglash, aql) – insonning aqliy qobiliyatlari, tashqi olamni aniq aks ettirish va ongda o‘zgartirish, tafakkur qilish, o‘rganish, dunyoni anglash va ijtimoiy tajribani o‘zlashtirish, turli muammolarni hal qilishda qaror qabul qilish qobiliyati, oqilona xulq, voqealarni oldindan ko‘ra bilish xususiyatidir. Intellekt tarkibiga idrok, xotira, tafakkur va ruhiy jarayonlar kiradi. Intellekt rivoji tug‘ma iste’dod, miya imkoniyatlari, faoliyat va hayotiy tajribaga bog‘liq. Intellekt darajasi inson faoliyati natijasida ham, psixologik testlar asosida ham aniqlanadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, intellekt – bu faqat insonlarga xos bo‘lgan xususiyat bo‘lib, insonning aqliy qobiliyatlarini belgilovchi o‘ziga xos mezondir deyish mumkin. Psixologlar insonning intellektual (aqliy) darajasini eksperimental ravishda aniqlash imkonini beruvchi maxsus usullarni ishlab chiqishgan. “Sun’iy intellekt” va “intellekt” tushunchalariga berilgan ta’riflar bir-biridan farq qiladi. Buning asosiy sababi shundaki, inson miyasining xususiyatlari hali to‘liq o‘rganilmagan. Inson miyasi hali ham ko‘plab jumboqlarga to‘la. Lekin biz uning qanday ishlashini to‘liq bilmaymiz va miyaning ishlashiga oid asosiy bilimlarimiz neyronlar va ularning faoliyati bilan cheklangan xolos. Miyani maksimal darajada tadqiq qilish uchun, avvalo, uning qanday ishlashini tushunish va tushuntirish kerak. Bu esa neyron fanining shakllanishiga va natijada, miyaga asoslangan o‘qitish yondashuvining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ldi. Miyadagi algoritmlarni tahlil qilish kompyuterlar va aqlli mashinalarni rivojlantirishga katta hissa qo‘shishi mumkin. Sun’iy intellekt tizimlarini rivojlantirish masalalari O‘zbekistonlik olimlar M.Kamilov, T.Bekmurodov, Sh.Madraximov va N.Ignatyev tadqiqotlarida o‘z aksini topgan. Rossiyalik olimlar orasida sun’iy intellekt tizimlarini yaratish va ularning ta’limda qo‘llanilishi bo‘yicha M. Axmetov, A. Bazayeva, L. Bocharova va A. Lobanov tadqiqot olib borishgan. Bugungi kunda “sun’iy intellekt” tushunchasining yagona va aniq ta’rifi mavjud emas. Buning sababi, turli ilmiy sohalardagi olimlar bu tushunchani turlicha talqin qilishlarida. Sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi, tasnifi hamda ularning ta’lim jarayonida qo‘l
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tasnifi, shuningdek, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari haqida so‘z boradi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada sun’iy intellekt tizimlarining paydo bo‘lishi, rivojlanishi va tasnifi, shuningdek, ularning ta’lim jarayonida qo‘llanilish imkoniyatlari haqida so‘z boradi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: sun’iy intellekt, raqamli texnologiyalar, innovatsion texnologiyalar., ta’lim sifati, avtomatlashtirilgan ta’lim tizimlari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014