Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ABUL BARAKOT NASAFIYNING ILMIY MEROSLARI VA XUSUSAN “TAFSIRUN NASAFIY” ASARI
Xamidullayev No‘monxon · Imom Buxoriy nomidagi
Для учителей · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, hanafiy fiqh va moturidiy aqida yo‘nalishining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan alloma Abul Barakot an- Nasafiyning ilmiy merosi o‘rganiladi. Uning kalom, fiqh va tafsir sohalariga oid muhim asarlari, xususan “Madorik at-Tanzil va Haqoiq at-Taʼvil” nomli tafsiri alohida tahlil qilinadi. Ushbu tafsir asari hanafiylik va ahli sunna ta’limotiga asoslangan bo‘lib, unda Zamaxshariyning “Kashshof” va Bayzoviy tafsirlaridan tanlab olingan jihatlar, ammo moʻtaziliy yondashuvlardan holi uslub qo‘llanilgan. Muallif Qur’on oyatlarini fiqhiy, tilshunoslik va kalomiy jihatdan izohlab, tafsirni moʻtadil, ixcham, isroiliylardan pok va ilmiy yondashuvga asoslangan holda yozgan. Shuningdek, maqolada Abul Barakot Nasafiyning boshqa mashhur asarlari va ulamolar tomonidan berilgan ta’riflar ham bayon etilgan. Bu maqola tafsir ilmi rivojiga qo‘shilgan boy ilmiy merosni ochib berish barobarida, hanafiy tafsir maktabining o‘ziga xos jihatlarini ham yoritadi. Kalit so‘zlar: Abul Barakot an-Nasafiy, Madorik at-Tanzil, Tafsir an-Nasafiy, hanafiy mazhabi, moturidiy aqida, tafsir ilmi, Kashshof, Bayzoviy, ahli sunna val jamoa, fiqh, kalom, Qur’on tafsiri, mo‘g‘ullar davri, isroiliyat, qiroatlar, tafsir uslubi. Nasafdan yetishib chiqqan ulugʻ olimlardan biri Abul Barakot Nasafiy oʻzining tafsir, fiqh, aqida sohalariga oid asarlari bilan mashhur boʻlgan. U tugʻilib, yashagan payt moʻgullar hukmronligi davri boʻlganligi uchun Movarounnahrda ilmiy, madaniy va iqtisodiy holat tanazzulga tushib qolgan edi. Shunday boʻlishiga qaramasdan Abul Barakot Nasafiy kabi fidoiy olimlar ilmni jonlantirishga va qayta tiklashga harakat qilganlar1. Abul Barakot Nasafiyning turli sohalardagi asarlari; “Al-Musaffo fi sharh al-manzuma an-Nasafiya” (“an-Nasafiy nazmining musaffo sharhi ”) – ilmi kalomga oid; “Al-Mustasfo fi sharh al-fiqh an-nofi” (“Tanlangan foydali fiqh sharhi”) – islom huquqshunosligiga oid; “Umdat al-aqoid” (“Aqidalar asosi”) – kalom ilmiga oid. Abul Barakot Nasafiyning tafsir ilmi boʻyicha ahli ilm orasida “Tafsir an-Nasafiy” nomi bilan mashhur boʻlgan va hanafiy mazhabiga muvofiq bitilgan “Madorik at-tanzil va haqoiq at-taʼvil” (Qurʼon maʼnolari va taʼvil haqiqatlari) kitobi boshqa asarlar orasida eng 1 Uvatov U. Yurtimiz allomalari. – Toshkent: Nihol, 2014. – B. 98. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 305 Ustozlar uchun pedagoglar.org qimmatlilaridan biri desak, hech ham mubolagʻa boʻlmaydi. Chunki boshqa tafsir kitoblari orasida katta shuhrat qozongan “Tafsir an-Nasafiy” kitobi dunyo boʻyicha eng keng tarqalgan hanafiy mazhabiga binoan yozilgan, undagi oyatlar aynan moturidiya taʼlimotiga binoan bayon etilib, oʻsha davrning ilm markazlari Buxoro va Samarqandning olimlari fikrlari bilan boyitilgandir. Bu asarni yozishda Nasafiy Zamaxshariyning “al-Kashshof an haqoiqi-t tanzil”, Bayzoviyning “Anvorut-tanzil va asrorut-taʼvil” va boshqa tafsirlardan foydalangan2. Alloma Laknaviy Abul Barakot Nasafiy 1310-yilda Bagʻdodga kelgani, mudarrislik qilgani va shu yerda vafot qilganlini aytib oʻtgan3. 1310-yili rabi al-avval oyining juma kuni kechasi Bagʻdodda vafot etgan hamda Isfahon yaqinidagi Izaj shahrida (Xuziston va Isfahon oraligʻida) dafn qilingan. Quyida ushbu buyuk imom haqida baʼzi ulamolarning fikrlari keltiramiz: Imom Laknaviy uni shunday taʼriflagan: “Komil imom, zamonasining ziyrak olimlaridan, fiqhda asosiy manbalarga amal qilgan, hadis va uning maʼnolarida yetuk olim”4. Imom Ibn Hajar uni “dunyoning allomasi”5 deb atagan. Ibn Kamol Pasha uning yuksak ilmiy maqomi haqida shunday degan: “U mutaqaddim faqihlar va muhaqqiqlar qatorida yuqori mavqega ega boʻlib, zaif va mavzuʼ hadislarni oʻz asarlarida keltirmagan, balki mustahkam dalillarga tayangan”. Shuningdek, u shunday degan: “Ijtihod eshigi u kishi bilan yopilgan, undan keyin hech bir mazhabda yangi mujtahid kelmagan”6. Abul Barakot Nasafiyning bir qator asarlari Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. Nasafiy tafsiri taʼrifi va muallifining undagi uslubi Bu tafsirni Imom Nasafiy (rohimahulloh) “Tafsirul Bayzoviy” va Zamaxshariyning “Kashshof” tafsirlaidan muxtasar qilib olgan. Lekin u Kashshofdagi moʻtazila eʼtiqodidagi fikrlarni tashlab, Ahli sunna val Jamoa mazhabiga koʻra taʼlif qilgan. Bu tafsir uzun tafsirlar bilan qisqa tafsirlar orasidagi oʻrtacha tafsirdir. Bu tafsirda Imom Nasafiy (rohimahulloh) qiroat va tarkib qoidalari oʻrtasidagi vajhlarni jamlagan. Bunga Kashshofda kelgan balogʻat qoidalari va yashirin nozik maʼnolarni kashf etishdan iborat boʻlgan bir qancha narsalarni ham kiritgan. Shu bilan birga, Zamaxshariy oʻz tafsirida qoʻllagan savol va javoblarni ham keltirgan. Lekin imom Nasafiy rahmatullohi alayh oʻzining bu tafsirida oyatlarni asos qilib olgan. Shuning uchun “Kashshof”ning 2 Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 29. 3 Abul Barakot an-Nasafiy. Kanz ad-daqoiq. – Madina: Dorus siroj, 2001 – B. 1
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, hanafiy fiqh va moturidiy aqida yo‘nalishining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan alloma Abul Barakot an- Nasafiyning ilmiy merosi o‘rganiladi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada mo‘g‘ullar istilosi davrida yashagan, hanafiy fiqh va moturidiy aqida yo‘nalishining yetuk vakillaridan biri bo‘lgan alloma Abul Barakot an- Nasafiyning ilmiy merosi o‘rganiladi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- kalom, isroiliyat, tafsir ilmi, ahli sunna val jamoa, Kalit so‘zlar: Abul Barakot an-Nasafiy, Tafsir an-Nasafiy, Kashshof, fiqh, moturidiy aqida, Bayzoviy, Madorik at-Tanzil, hanafiy mazhabi, Qur’on tafsiri, tafsir uslubi., qiroatlar, mo‘g‘ullar davri
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024