К содержанию
РецензированоRU2026

ТAFSIR TURLARI VA ULARNING O’ZIGA XOS JIHATLARI

Satvaldiyeva Zebo Mahmudovna · Ilmiy rahbar: Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich

Для учителей · 2026

Аннотация

Qur’oni Karim mazmun jihatidan ma’nosi keng bo‘lib, uni turli zamonlarda har xil olimlar o‘z bilim va dunyoqarashlari doirasida tushunganlar. Xuddi shuningdek, mufassirlarning o‘z uslublari, har bir uslubning o‘z yondashuvlari ham bo‘lgan. Tafsir uslublari orasidagi farqlarni bir-biriga zid deb qabul qilmaslik lozim. Chunki mufassir bir uslubni asos qilib olishi bilan boshqa uslubdan ham foydalanadi. Demak, tafsir uslublari bir-biri bilan bog'langan deb to'laqonli ravishda aytish mumkin. Har bir tafsir uslubi Qur’onni tushunish va uning ma‘nolarini ochib berishda o'ziga xos yondashuvga ega. Tayanch so‘zlar: tafsir, tahliliy, ijmoliy, muqorin, mavzuviy tafsir. Tafsirga berilgan ta’riflarni umumlashtirib shunday deyish mumkin: “Fasr – bu bayon (aniq tushuntirish)dir. Fasr – bir narsani aniqlashtirish, tafsir esa uning ma’nosini ochib berishdir. Keyin u qo‘shimcha qiladi: fasr – bu yashirin narsani ochib berish, tafsir esa murakkab so‘zning ma’nosini tushuntirishdir”1. “Tafsir” lug‘atda “fassara” fe’lidan kelib chiqqan bo‘lib, “bayon qilish, tushuntirish, ochib berish va sharhlash” ma’nolarini bildiradi2. Olimlar tafsir uslublarini quyidagi to‘rt turga bo‘lishadi. Bulardan : Tahliliy, ijmoliy, muqorin va mavzuviy tafsirlar. Tafsir uslublarining farqlanishi, ba’zilari bir-biriga qarama-qarshi bo‘lsa ham, tafsirchi ularning biridan boshqasiga ehtiyoj sezishi mumkin. Masalan, u muqoyasali (qiyosiy) yoki mavzuli tafsir bilan shug‘ullansa ham, tahliliy tafsirdan voz kecha olmaydi. Shuningdek, tahliliy tafsir ham ba’zan mavzuli yoki qiyosiy tafsirga ehtiyoj sezadi. Demak, tafsir uslublari o‘zaro bog‘liq va tafsirchi ulardan butunlay voz kecha olmaydi. 1 Muhammad Husayn Zahabiy. At-Tafsir val-Mufassirun. – Qohira: Maktabatu-l-vahba, 1976. – B. 10. 2 https://xadicha.uz/oz/news/169 [murojaat sanasi: 09.02.2025]. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 131 Ustozlar uchun pedagoglar.org Tafsirchi o‘z tafsirini ko‘pincha biror uslub asosida yozadi. Ulamolar tafsir uslublarini quyidagi to‘rt asosiy turga ajratganlar: Tahliliy tafsir quyidagi o‘ziga xos jihatlari bilan ajralib turadi: Eng keng tarqalgan va muhim tafsir turi: Bu tafsir uslubi eng mashhur bo‘lib, o‘tmishda ham, hozirda ham muhim hisoblanadi. Hajmi turlicha: Ba’zi tahliliy tafsirlar ixcham bo‘lsa, boshqalari juda keng qamrovli bo‘lib, bir necha jildni tashkil etadi. Boshqa tafsirlarga asos bo‘lishi: Tahliliy tafsir barcha oyatlarni batafsil yoritgani sababli, ijmoliy, muqorin va mavzuviy tafsirlarga asos bo‘lib xizmat qiladi. Oyatlarning ketma-ketligi: Oyatlar ketma-ket sharhlangani uchun, tafsirning aqliy, naqliy, tarixiy, balog’at, fiqhiy, ilmiy, falsafiy yoki ishoriy yo‘nalishda ekanligi yanada ravshanlashadi3. 2. Ijmoliy tafsir uslubida oyatlar Qur’on tartibiga muvofiq keltirilib, ularning ma’nolari umumiy tarzda izohlanadi. Bu uslubda mufassir oyatlarning asosiy maqsadini qisqacha bayon etadi va matn bilan tafsir o‘rtasida bog‘liqlikni ta'minlaydi. Ba’zilar bu uslubni “oyatlarni ixcham va umumiy tarzda sharhlash hamda bir yoki bir nechta oyatlarning ma’nolarini batafsil izohlamaslik” deb ta'riflaydilar. Ijmoliy tafsirda oyatlar so‘zma-so‘z sharhlanmaydi; ba’zi hollarda nozil bo’lish sabablari kabi masalalar yoritiladi. Shu jihatdan, bu tafsir uslubi ma’naviy tarjimaga o‘xshaydi. Ijmoliy tafsirning tahliliy tafsirdan farqlanadigan bir nechta xususiyatlari mavjud : Umumiy ma’nolarni anglash: Ijmoliy tafsirni o‘qigan kishi tafsilotlarga berilmasdan, oyatlarning umumiy ma’nolarini tushunishi mumkin. Qisqa va aniq ifoda: Mufassirning maqsadi umumiy ma’noni eng qisqa yo‘l bilan yetkazishdir. Oddiy va tushunarli til: Qo‘llaniladigan so‘zlar ko‘pchilik ishlatadigan va hammaga ma’lum bo‘lgan iboralardan iborat bo‘ladi. Asosiy mohiyatga e’tibor: Izohda Qur’ondan ko’zlangan asosiy mohiyatga e’tibor qaratiladi. 3. Muqorin tafsir uslubi Qur’on oyatlarini sharhlashda bir nechta manbalarni taqqoslash va tahlil qilishga asoslanadi. Bu uslubda mufassirlar bir yoki bir nechta oyatni izohlar ekan, mavzuga oid boshqa oyatlar, hadislar, sahoba va tobe’inlarning so‘zlari, boshqa mufassirlarning fikrlari hamda boshqa samoviy kitoblardagi dalillarni keltiradilar. Muqorin tafsir uslubi mufassirlardan keng bilim va chuqur tahlil qobiliyatini talab qiladi, chunki ular turli manbalarni o‘rganib, ularni solishtirishi va eng to‘g‘ri xulosani chiqarishi kerak. Bu uslub Qur‘onni tushunishda keng qamrovli va chuqur yondashuvni ta’minlaydi. Muqorin tafsir uslubining muhim jihatlari quyidagilardan iborat: 3 Dr. Walid bin Atiyyah bin Ali Al-Harbi. At-Tahrir fi Usul at-Tafsir . – Dammam: Maktabat Al-Mutanabbi. 2019. – B. 314. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 132 Ustozlar uchun pedagoglar.org Haqiqatga erishish: Turli manbalarni taqqoslash orqali ishonchli fikrlarni qabul qilish va zaif yoki asossizlarini rad etish imkonini beradi. Botil qarashlar, zaif rivoyatlar va sog‘lom aqlga to‘g‘ri kelmaydigan sharhlardan tafsirlarni tozalashga yordam beradi. Mufassislar fikrlarini o’rganish: Mufassislarn

Доказательный фрагмент

«Qur’oni Karim mazmun jihatidan ma’nosi keng bo‘lib, uni turli zamonlarda har xil olimlar o‘z bilim va dunyoqarashlari doirasida tushunganlar.»

Образец извлечения

Демо-превью

Qur’oni Karim mazmun jihatidan ma’nosi keng bo‘lib, uni turli zamonlarda har xil olimlar o‘z bilim va dunyoqarashlari doirasida tushunganlar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tahliliy, mavzuviy tafsir., muqorin, ijmoliy, Tayanch so‘zlar: tafsir
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники