Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ISLOM MANBALARIDA JAMIYAT BARQARORLIGINI TA’MINLASHGA DOIR OYATLAR TAHLILI (Qur’on karim misolida)
Tojiddinov Kamolidin Sadritdin o‘g’li · Ilmiy rahbar: Sodiqov Jo’rabek
Для учителей · 2026
Аннотация
В статье представлен анализ аятов Священного Корана об обеспечении стабильности общества в мире и выводы, основанные на некоторых исследованиях ученых. Kalit so‘z: Qur’oni Karim, jamiyat, barqarorlik, gender tengligi, tamoyil, oyat, adolat. Ключевые слова: Священный Коран, общество, стабильность, гендерное равенство, принцип, аят, справедливость. Key words: Holy Quran, society, stability, gender equality, principle, verse, justice. Ma’lumki dunyoda turli tabaqalardagi insonlar umrguzaronlik qiladi. Ularning dunyoqarashi, dunyoda kechayotgan ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy va barcha sohalardagi voqeliklarga bo’lgan munosabati turlicha. Barcha mavjud qonun-qoidalar asosida hayot kechirilmasa, turli ijtimoiy, g’oyaviy masalalarda ixtiloflar, kelishmovchiliklar yuzaga kelishi mumkin. Islom ta’limotida Odam yaratilganidan boshlab oxirgi zamon ummatlari ya’ni Muhammad alayhissalom davrigacha yashab o’tgan xalqlarga shariat, muqaddas kitoblar yuborilgan. Qur’oni karimda ham ijtimoiy barqarorlik, bag’rikenglik, oilada er- xotin munosabatlariga oid oyatlar mavjud. Masalan bugungi kunda gender tengligi masalalariga bo’layotgan munosabatlar turlicha. Lekin Qur’oni Karim oyatlari asosida tadqiqotchilarimiz bu borada ham o’z munosabatlarini quyidagicha bildirib o’tishgan: “Ma’lumki Qur’oni karimda jumlalarni qismlarga ajratib ta’riflash an’anaviy bo’lmagan. Har bir tilde, jumladan arab tilida ham erkak kishilar va xotin-qizlarga murojaat qilganda soddagina xonimlar va janoblar deya qolishadi. Ammo, oyatlarni 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 135 Ustozlar uchun pedagoglar.org ko’rganimizda har bir jins vakillarining tengligi, Alloh taolo huzurida hurmatga sazovorligini ta’kidlash maqsadida, aytaylik, erkak kishining belgilari va xususiyatlarini tavsiflovchi so’zlar (sifatlar) bekam-ko’st, aynan ayollarga ham tegishli tarzda ifodalanadi. Ya’ni: Erkaklar Ayollar Muslim Muslima Mo’min Mo’mina Itoatli Itoatli Rostgo’y Rostg’oy Sabrli Sabrli Tavozu’li Tavozu’li Sadaqa qiluvchi Sadaqa qiluvchi1 Qur’on karimda jamiyat barqarorligini ta’minlashga oid ko‘plab oyatlarni uchratamiz. Ularning barchasi qadimdan musulmonlar o’rtasida asosiy ijtimoiy qadriyatlarni, insonlar o‘rtasidagi adolatli munosabatlarni va ma’naviy tarbiyani ta’minlash orqali jamiyatning barqarorligini mustahkamlaydi. Quyida Qur’onda jamiyat barqarorligini ta’minlashga qaratilgan ba’zi asosiy oyatlar va ularning tahlili keltirilgan: 1. Insonlarni adolatga chaqirish bo’lib, unga Qur’ondagi Niso surasi, 135-oyat oyat misol bo’ladi: “Ey, iymon keltirganlar! Adolat ila turing xamda agar o’zingiz, ota-onangiz va qarindoshlaringiz ziddiga bo’lsa ham, Alloh uchun to’g’ri guvohlik beruvchi bo’ling. Agar u boy bo’lsa xam, kambag’al bo’lsa ham, Alloh unga yaqinroqdir, Havoyi nafsga ergashib, adolatsizlik qilmang. Agar tilingizni bursangiz yoki yuz o’girib ketsangiz, albatta, Alloh nima qilayotganingizdan xabardordir”2. Bu oyatda adolatli bo’lish muhim ahamiyat kasb etishini e’tirof qiladi. Zero Allohning “al-Adl” sifati bilan barchaga munosabat qilishi haqidagi ma’lumotlar kishini xulosa qilishga undaydi. Adolat jamiyat barqarorligining eng asosiy unsurlaridan biri hisoblanadi, chunki u kamsitish, zo‘ravonlik va tengsizliklarning oldini olishga yordam beradi. Qur’on adolatni nafaqat yaqinlariga nisbatan, balki har qanday holatda, xatto o‘z manfaatlariga qarshi ham amalga oshirishni talab qiladi. Bu esa jamiyatda barqaror va sog‘lom munosabatlarni mustahkamlaydi. 1 N.J.Yusupova, B.B.Mamadiyev, M.M.Haydarov. Islomda gender tengligining o'ziga xos tamoyillari. [Matn]: qo’llanma/ – Toshkent: Baktria press, 2022. – 176 b. 2 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. “Qur’oni karim va o’zbek tilidagi ma’nolari tarjimasi”. - Istanbul: “ACAR BASIM VE CILT SAN.TIC.A.Ş” bosmaxonasi, 2017. – B. 399. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 136 Ustozlar uchun pedagoglar.org 2. Halollik va boshqalarning haqqiga rioya qilish haqida Baqara surasining 188- oyatida quyidagicha aytiladi: “Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo’l bilan yemang. Bilib turib odamlarning mollaridan bir qismini yeyishingiz uchun xokimlarga gunoxkorona tashlamang”3. Bu oyat insonni halollikka, boshqalarning haq-huquqlarini buzmaslikka chaqiradi. Mol-mulkni nohaq yo‘l bilan olish, pora berish kabi illatlar jamiyatning ijtimoiy muvozanatini buzadi. Qur’oni karimda bunday amallardan tiyilish kerakligi, jamiyatda barqarorlik va o‘zaro ishonchning kafolatlanishi ta’kidlangan. 3. G‘iybat va ig‘vogarlikdan tiyilish haqida Hujurot surasining 12-oyat-oyatida quyidagicha qaytariq bor: “Ey, iymon keltirganlar! Ko’p gumonlardan chetda bo’linglar, chunki ba’zi gumonlar gunohdir. Josuslik qilmanglar. Ba’zilaringiz ba’zilaringizni g’iybat qilmanglar. Sizlardan birortalaringiz O’zining o’lgan birodarining go’shtini yeyishni yaxshi ko’rurmi? Xa, yomon ko’rasizlar. Allohdan qo’rqinglar! Albatta, Alloh tavbani ko’p qabul qiluvchi va rahimlidir”4. G‘iybat, ig‘vo va gumon jamiyatda bo‘linish va nizo keltiradigan salbiy xususiyatlardir. Qur’on bu
Доказательный фрагмент
«В статье представлен анализ аятов Священного Корана об обеспечении стабильности общества в мире и выводы, основанные на некоторых исследованиях ученых.»
Образец извлечения
Демо-превьюВ статье представлен анализ аятов Священного Корана об обеспечении стабильности общества в мире и выводы, основанные на некоторых исследованиях ученых. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Holy Quran, society, stability, gender equality, principle, verse, justice, Kalit so‘z: Qur’oni Karim, gender tengligi, barqarorlik, adolat., jamiyat, oyat, tamoyil
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026
МонографииK.J.Murodov2026