К содержанию
РецензированоUZ2026

IMOM DORAQUTNIY HAYOTI VA ILMIY FAOLIYATI

Nasrullayev Izzatulloh Rustamjon o‘g‘li · Ilmiy rahbar: Sodiqov Jo‘rabek Sobirboyevich

Для учителей · 2026

Аннотация

Maqolada hanafiylik mazhabi asoschisi No‘mon ibn Sobitning hayoti va ilmiy faoliyati, ta’lif qilgan asarlari hamda “al-Olim va-l-muta’allim”da islom aqidasiga oid masalalarning yoritilishi, asarga yozilgan sharhlar va ularning bugungi kundagi ahamiyati haqida ma’lumotlar berilgan. Kalit so‘zlar: No‘mon ibn Sobit, sahoba, imon, mo‘min, kofir, kalom. Musulmon ommasiga Imom A’zam nomi bilan mashhur bo‘lgan No‘mon ibn Sobit ibn Zuvto 699-yil Kufa shahrida tug‘ilgan1. U kishining otalari Sobit ibn Zuvto asli fors bobolari Marzubon esa, asli Qobul hozirgi Afg‘onistonning poytaxtidan bo‘lgan. Marzubon Umar (r.a)ning halifaligi davrida musulmon bo‘lib, Kufaga ko‘chib keladi va manashu yerda qo‘nim topadi2. Abu Hanifaning otalari Ali (r.a) bilan uchrashgan va o‘ziga hamda zurriyotiga baraka tilab, u kishini duolarini olgan edi3. Rivoyatlarga qilinishicha, Sobit ibn Marzubon Kufa shahrida birovning olmasidan bir tishlamni ruxsatsiz yegani uchun egasidan halollik so‘raganida, uning imoni pok ekanini ko‘rgan olma sohibi qizini nikohlab beradi va keyinchalik bu nikoh sabab Imom A’zam dunyoga keldi. Abu Abdulloh ibn Ahmad ibn Kidom aytadilar: “Darhaqiqat, Ali (r.a)ning duolari ijobat bo‘lib, Alloh Abu Hanifa (r.a)ni ulug‘ qilib qo‘ydi. Musulmonlarning aksari u zotga ergashdi va fiqhda u zotning fikrlariga tayanadi”4, deydilar. Abu Hanifa (r.a) yigitlik chog‘ida tijorat bilan shug‘ullangan. Bir kuni Imom Sha’biy (r.a) bilan uchrashadi. U zot Abu Hanifa (r.a)dagi aql-farosatni ko‘rgach, uni ulamolar huzuriga borib ilm olishga targ‘ib qiladi. O‘smir Imom Sha’biy nasihatiga 1 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoida ilmi va unga bog’liq masalalar. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2019. – B. 181. 2 Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent, Hilol-Nashr, 2022. – B. 42. 3 Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Aqoida ilmi va unga bog’liq masalalar. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2019. – B.181. 4 Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 42-43. https://scientific-jl.com 2 0 5 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi amal qilib, ilm o‘rganishga kirishadi. Yillar o‘tib Abu Hanifa (r.a) yetuk alloma bo‘lib yetishadi. Abu Hanifa avval aqida va kalom ilmini o‘rgangan, keyin esa fiqh ilmiga jiddiy kirishgan. U bu haqda: “Men kalom ilmi bilan insonlar meni ko‘rganda “Mana bu falonchi”, deb barmoqlari bilan ishora qilib ko‘rsatadigan darajaga yetgunimga qadar shug‘ullanib keldim”5, deydi. Abu Hanifa (r.a) 22 yoshida hijriy 102-yil fiqh ilmini o‘rganishni boshlaydi. O‘sha davrdagi Kufa faqihi Hammod ibn Abu Sulaymon (r.a)ning dars halqasiga qatnab, asosiy fiqh ilmlarini u zotdan o‘rganadi. U ustozidan 18 yil ta’lim oladi. Abu Hanifa zehn-idrokda boshqa talabalardan ilg‘or bo‘lganligi uchun ustozi uni boshqalardan ustun ko‘rar va shunday der edi: “Mening to‘g‘rimda – halqa o‘rtasida Abu Hanifadan boshqasi o‘tirmasin”. Abu Hanifa (r.a) shu darajaga yetdiki, ustozlarining xos shogirdiga aylandi6. Shu bilan birgalikda, ko‘plab ustozlar bilan uchrashib, ulardan dars olishlik uning odat tusiga aylangan. U zotning ustozlari adadi 4000 ta bo‘lgan deyiladi. Ulardan yettitasi sahoba (Hanafiy ulamolar taboqotlari borasida birinchi bo‘lib kitob yozgan alloma, imom, muhaddis Abdulqodir ibn Abulvafo Qurayshiy Hanafiy Misriy “al-Javohiru al- muziya” asarida shunday deydi: “Imom Abu Hanifa (r.a)ning o‘zi sahobalardan Abdulloh ibn Unays, Abdulloh ibn Juz Zabidiy, Anas ibn Molik, Jobir ibn Abdulloh, Ma’qal ibn Yasor, Vosila ibn Asqo’ va Oysha bintu Ajarada (r.a)lardan hadis eshitganini zikr qilgan”)7, to‘qson uch nafari tobe’in qolganlari esa, taba’a tobe’inlardir8. Mujtahid Imom Molikdan odamlar: “Abu Hanifa (r.a)ni ko‘rganmisiz?”, deb so‘rashganda, “Ha agar ushbu ustunni tilla demoqchi bo‘lsa, hujjat topa oladigan odamligini ko‘rdim”, deganlar. Mujtahid Imom Shofe’iy: “Odamlar fiqhda Abu Hanifadan qarzdordirlar”, deganlar. Ulamolar: “Agar diniy e’tiqod Zuhrogacha yiroqlashib ketsa ham, uni imom Abu Hanifa (r.a) yerga qaytarib keladi”, deyishgan. Mashhur Imom Abdulloh ibn Muborak: “Fiqhda eng kuchli odam Abu Hanifadir. Unga o‘xshashini ko‘rmadim”, deganlar. Abu Hanifa (r.a) hijriy 150-yil shavvol oyining o‘rtalarida vafot etganlar. U kishining janozalariga kelgan kishilarning soni 50.000 ga yetgan. U zotga 6 marotaba janoza o‘qiladi, oxirgi janozalarini o‘g‘illari Hammod o‘qiganlar. 5 Muhammad Ayyub Homidov. Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 183. 6 Saymariy. Axboru Abiy Hanifata va ashobuh. – B.6 Xatib Bog’dodiy. Tarixu Bag’dod. J – 5. – B. 236. 7 H.Аminov, S.Primov. Hanafiy fiqhi tarixi, manbalari va istilohlari. – Toshkent: Movarounnahr, 2017. – B. 22. 8 Muhammad Ayyub Homidov Imom A’zam. – Toshkent: Hilol-Nashr, 2022. – B. 54. https://scientific-jl.com 2 0 6 47-son_4-to’plam_Iyun -2025 ISSN:3030-3621 Ta'lim innovatsiyasi va integratsiyasi “Al-Olim val-muta’llim” (ملعتملاو ملاعلا) asari hanafiylik mazhabi asoschi Abu Hanifa va u kishining shogirdlari Abu Muti’ Balxiyning savol

Доказательный фрагмент

«Maqolada hanafiylik mazhabi asoschisi No‘mon ibn Sobitning hayoti va ilmiy faoliyati, ta’lif qilgan asarlari hamda “al-Olim va-l-muta’allim”da islom aqidasiga oid masalalarning yoritilishi, asarga yozilgan sharhlar va…»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada hanafiylik mazhabi asoschisi No‘mon ibn Sobitning hayoti va ilmiy faoliyati, ta’lif qilgan asarlari hamda “al-Olim va-l-muta’allim”da islom aqidasiga oid masalalarning yoritilishi, asarga yozilgan sharhlar va… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
rivoyat., diroyat, Kalit so‘zlar: Imom Doraqutniy, isnod, matn, Sunan
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники