Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MODULLARNING TA’RIFI VA ULANISHI. TASODIFIY – RANDOM () MODULI
Onarqulov Maqsadjon Karimberdiyevich · Sotvoldiyeva Zarnigor Egamnazar qizi
Для учителей · 2026
Аннотация
This article provides an overview of the concept of modules in the Python programming language, their purposes, and methods of integration. Special focus is placed on the standard random module, which allows for various operations with random numbers. The paper explains the working principle of the random() function and demonstrates practical applications through examples. Keywords: module, random, random number, functions, Python, programming Аннотация: В данной статье рассматривается понятие модулей в языке программирования Python, их назначение и способы подключения. Особое внимание уделяется стандартному модулю random, который используется для работы со случайными числами. Раскрываются принципы работы функции random() и представлены практические примеры её использования. Тема особенно полезна для начинающих программистов. Ключевые слова: модуль, random, случайное число, функции, Python, программирование Python dasturlash tilida modullar orqali turli funksiyalar, sinflar va o‘zgaruvchilarni tashqi fayllardan import qilib ishlatish mumkin, bu esa dastur kodining ixcham va tushunarli bo‘lishini ta’minlaydi. Python tilida juda ko‘plab tayyor (standart) modullar mavjud bo‘lib, ulardan biri random() modulidir. Ushbu modul yordamida tasodifiy sonlar, qiymatlar yoki tartiblar generatsiya qilish mumkin. random() funksiyasi va uning boshqa imkoniyatlari dasturlarda simulyatsiya, o‘yinlar, test yaratish va boshqa ko‘plab sohalarda qo‘llaniladi. 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 167 Ustozlar uchun pedagoglar.org Modul — bu Python dasturlash tilida yozilgan, biror maqsadga xizmat qiluvchi funksiyalar, sinflar va o‘zgaruvchilar to‘plamidan iborat fayldir. Modullar dastur tuzilmasini soddalashtirish, kodni tartibga solish va qayta foydalanish imkonini beradi. Har bir modul alohida fayl sifatida mavjud bo‘lib, kerakli joyda import operatori yordamida chaqiriladi. Python tilida modullar ikkiga bo‘linadi: 1. Standart modullar – Python bilan birga keladigan tayyor kutubxonalar (masalan, math, random, datetime va boshqalar) 2. Foydalanuvchi modullari – dasturchi tomonidan yaratilgan maxsus modullar. Modul konsepsiyasi modullik dasturlash tamoyiliga asoslanadi, bu esa murakkab tizimlarni soddalashtirish va ularni mantiqiy qismlarga ajratib ishlab chiqish imkonini beradi. Har bir modul o‘zida biror muayyan funksional vazifani bajaradi va boshqa modullar yoki dastur qismlari bilan mustaqil ishlay oladi. Python dasturlash tilida moduldan foydalanish uchun uni dasturga ulash, ya’ni import qilish talab etiladi. Modulni ulash orqali biz uning ichidagi funksiyalar, sinflar yoki o‘zgaruvchilardan foydalanish imkoniyatiga ega bo‘lamiz. Python tilida modulni ulashning bir necha usuli mavjud bo‘lib, ularning har biri ma’lum ehtiyojlarga qarab tanlanadi. Dasturda modullardan foydalanish uchun avval uni dasturga yuklash kerak bo‘ladi. Bu esa uning tarkibida saqlanuvchi kod fragmentiga murojaat qilishni talab qiladi. Modullarni dasturga yuklashning uch xil usuli mavjud. 1-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usulida murojaat etilayotgan kod fragmentidan oldin modulning nomi ko‘rsatilishi lozim. Bunday dasturlarni o‘qish juda oson, chunki kod qaysi modulga tegishli ekanligini tez aniqlash mumkin. Sintaksisi: import modul fayli nomi import modulni yuklovchi kalit so‘z >>> import math Har bir funksiyadan oldin modulning nomi ko‘rsatiladi. 2-usul. Modul funksiyalarini yuklab olishning bu usuli uncha katta bo‘lmagan dasturlar uchun qulay. Katta dasturlarda esa dasturni tushunish qiyin kechadi, ya’ni funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligini aniqlash uchun biroz urinish kerak bo‘ladi. Sintaksisi: from modul fayli nomi import * from ... import * – modulni yuklovchi kalit so‘z 3-usul. Moduldan faqat funksiyalarning o‘zini yuklab olish ham mumkin. Agar dasturdan faqat bitta funksiya kerak bo‘lsa, u holda funksiyalarning barchasini emas, kerakli funksiyaning o‘zinigina yuklab olgan ma’qul. Sintaksisi: 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 168 Ustozlar uchun pedagoglar.org from modul fayli nomi import funksiya nomi >>> from random import * >>> randint(1,5) Standart kutubxonadan random moduli funksiyalarini yuklab oldi. Funksiya qaysi modulga taalluqli ekanligi ko‘rsatilmaydi. >>> from random import randint >>> randint(1,5) Standart kutubxonadan random modulining randint funksiyasi yuklab olindi. Massiv elementlarini ixtiyoriy tasodifiy sonlar bilan toʻldirish uchun python dasturlash tilida imkoniyat yaratilgan. Agar massiv elementlarini tasodifiy sonlar bilan toʻldirish kerak boʻlsa, tasodifiy sonlar bilan ishlash funksiyasiga murojat qilish kerak. Python dasturlash tilida tasodifiy sonlarni hosil qilishni random() funksiyasi va uning bir nechta kutubxonalari amalga oshiradi. [a,b] oraliqda n ta sonni tasodifiy tanlash random funksiyasining umumiy koʻrinishi quyidagicha boʻladi. Random.randint(a,b,n) Random funksiyasining vazifasi biror bir oʻzgaruvchiga yoki massiv elementlariga tasodifiy sonni oʻzlashtirish uchun xizmat qiladi. Dasturiy
Доказательный фрагмент
«This article provides an overview of the concept of modules in the Python programming language, their purposes, and methods of integration.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article provides an overview of the concept of modules in the Python programming language, their purposes, and methods of integration. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- module, random, random number, functions, Python, programming, funksiyalar, random(), tasodifiy son, Kalit so‘zlar: modul, dasturlash
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014