К содержанию
РецензированоUZ2026

IMOM TERMIZIYNING “ASH-SHAMOIL AN-NABAVIYYA” ASARINING TAVSIFI

ASARINING TAVSIFI · Asadullayeva Muslima Xayrullo qizi · Ilmiy rahbar: Z.Faxriddinov

Для учителей · 2026

Аннотация

Mazkur maqolada Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatlari hamda “ash-Shamoil an-nabaviyya” asarining yozilishi uslubi va unga sabab bo‘lgan tamoyillar bilan bir qatorda asarning batafsil tavsifi uning tarkibiy qismi yoritilgan. Siyrat hamda hadis ilmidagi zaruriy ma’lumotlarni jamlovchi asar hisoblangan ushbu kitobda bo‘lgan Muhammad payg‘ambarning tashqi ko‘rinishlari, ulug‘ hislatlari, yuksak xulqlari va go‘zal muomalalari batafsil yoritib berilgan. Tayanch so‘zlar: Shamoil, suvrat, siyrat, axloq, fazilat, sahih, sunnat, hadis. Muqaddas zaminimiz azal-azaldan insoniyat tamadduni, ayniqsa, Islom dini va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulug‘ mutaffakirlarga beshik bo‘lgan. Xususan, hadisshunoslik ilmi VIII asr va XI asrlarda asosiy va zaruriy ilmlardan biriga aylangan. Bu davrda Sharqning turli mamlakatlaridan bo‘lgan to‘rt yuzdan ortiq muhaddislar shu ilm bilan shug‘ullangan. Zamonamizning buyuk muhaddislari sanalmish Imom Buxoriy (810-870), Imom Muslim (817-875), Imom Dorimiy (789-869), Imom Abu Dovud (817-889) va Ahmad ibn Hanbal (780-855)dek zotlar aynan shu davrda o‘zlarining din uchun, ayniqsa, hadis uchun buyuk xizmatlarini olib borgan edilar. Bu muhaddislar boshlab bergan xayrli ishlarni Imom Termiziy (824-892) ham chuqur mas’uliyat va katta idrok bilan davom ettirdi. Buyuk vatandoshimiz muhaddis olim Imom Abu Iso Termiziy hijriy 209 (824)-yili Termiz yaqinidagi Bug‘ qishlog‘ida tavallud topgan. Yoshlik chog‘idanoq ilmga bo‘lgan qiziqishi hamda idrokli va zakovatli bo‘lganligi bois o‘z tengqurlaridan ajralib turgan. Ilmga bu darajada muhabbat ortidan, yosh bo‘lishiga qaramay Termiz, Samarqand, Marv, Buxoro va Movarounnahrning boshqa sharharlarida istiqomat qilib, u yerlardagi muhaddis va diniy ulamolardan fiqh, tafsir, hadis ilmlarida tahsil olgan. Minglab hadislarni yoddan 73-son 3–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 87 Ustozlar uchun pedagoglar.org bilgan buyuk muhaddis va hofiz, Islom huquqini qunt bilan o‘rgangan – faqih va olim bo‘lib o‘zining buyuk xizmatlari bilan islom ravnaqi uchun hissa qo‘shgan1. Muallifning yirik asarlaridan biri “Ash-shamoil an-Nabaviyya” (“Payg‘ambarning alohida fazilatlari”)dir. Bu asar ba’zi manbalarda “Ash shamoil Muhammadiyya”, “Ash- shamoil fi shamoil an-nabiy sallollohu alayhi vasallam” nomlari bilan ham ataladi. Asar Payg‘ambar alayhissalomning tashqi suratlari, shaxsiy hayotlari, u zotning siyratlari, fazilat va odatlariga oid to‘rt yuz sakkiz hadisi sharifni jamlagan qimmatli asardir. Shu o‘rinda bir manbani aytish kerakki, payg‘ambar alayhissalomning fazilat va odatlari, shaxsiy hayotlari haqidagi hadislarni to‘plash bilan ko‘plab olimlar, muhaddislar shug‘ullangan edilar. Lekin Termiziyning bu asarida o‘zgacha fazilat va himmat bilan yozilgan bo‘lib, u zot Payg‘ambar alayhissalomning fazilatlari va odatlariga oid hadislarni muntazam ravishda to‘plab, aniq bir tartibga keltirib, yaxlit kitob shaklida tasnif qilgan. “Ash-Shamoili al-Muhammadiya” asari avvaldan islomning ulug‘ mutafakkir olimlar va tadqiqotchilar tomonidan turli sharh va tasniflar yozilgan. Ulardan Abdurauf al-Munoviy al-Misriyning “Sharh ush-Shamoil”, Ali ibn Sulton al- Haraviy al-Qorining “Jama’ul-vasoil fi sharhi ash-Shamoil”, Sulaymon ibn Umar Mansur al-Jumalning “Al-Mavohib al-Muhammadiya bi sharhi ash-Shamoil at-Termiziy” kabi sharhlarni ko‘rsatish mumkin. Bu asarning uslubi aniq va soddaligi bilan ko‘pchilik asarlardan juda farqlanib turadi. Bu asar muhim tarixiy manba sifatida turkiy va fors tillariga ham tarjima qilingan. Imom Termiziyning ushbu asariga sharh yozgan mashhur olim al-Azharning shayxlaridan biri bo‘lgan Ibrohim al-Bojuriy: “Imom Termiziyning “As-Shamoil al-Muhammadiya” kitoblari o‘z bobida yakkayu yagona asardir. Tartibi va o‘z ichiga olgan mavzulari jihatidan yagona bo‘lib, nodir kitoblar jumlasidan hisoblanadi. Asar mazmunan ikki qismga bo‘lingan bo‘lib, uning birinchi qismiga mansub hadislar Payg‘ambar alayhissalomning tashqi qiyofalari (suvrat)ga bag‘ishlangan. Unga ko‘ra, Payg‘ambar novcha ham, past bo‘ylik ham bo‘lmay, balki o‘rta bo‘yli, peshonalari keng, har doim yuzlaridan nur yog‘ilib turgandek bo‘lgan, ko‘zlari katta-katta zot bo‘lganlar. Asarning ikkinchi qismida keltirilgan hadislarda esa Payg‘ambarimiz alayhissalomning ichki dunyolari va axloqiy fazilatlari bayon qilingan bo‘lib, ularda Muhammad alayhissalomning axloqiy jihatdan namunaviy, mukammal bir zot ekanliklari, muomalada u zotning hammaga bir xil bo‘lishliklari va samimiy ekanliklarini bilamiz. Ushbu asar olim Said Mahmud Taroziy (vafoti 1992-milodiy yil) tomonidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan bo‘lib arab alifbosi va krill yozuvida Toshkent shahrida bir necha marta nashr qilingan. Har bir mo‘min umri davomida payg‘ambar alayhissalomga o‘xshashni, u Zot kabi hayot kechirishni xohlaydi. Muhim emasdek, tuyuladigan kunlik yumushlarda ham u Zot bilan bir xil bo‘lishni chin qalbdan istaydi2. Alloh taolo 1 https://mirarabmadrasa.uz/oz/news/558 2 https://mirarab.uz/ruknlar/1950 73-son 3–to’plam Iyun-

Доказательный фрагмент

«Mazkur maqolada Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatlari hamda “ash-Shamoil an-nabaviyya” asarining yozilishi uslubi va unga sabab bo‘lgan tamoyillar bilan bir qatorda asarning batafsil tavsifi uning tarkibiy qi…»

Образец извлечения

Демо-превью

Mazkur maqolada Imom Termiziyning hayoti va ilmiy faoliyatlari hamda “ash-Shamoil an-nabaviyya” asarining yozilishi uslubi va unga sabab bo‘lgan tamoyillar bilan bir qatorda asarning batafsil tavsifi uning tarkibiy qi… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
siyrat, sahih, axloq, suvrat, sunnat, Tayanch so‘zlar: Shamoil, hadis., fazilat
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники