Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ENDOGEN PSIXOZLAR: KLINIK TAVSIFI, SABABLARI VA DAVOLASH YONDASHUVLARI
PSIXOPATIYALAR (SHAXSNING BUZILISHLARI) · Ochilov Ulug‘bek Usmonovich · Abdimuminov Oybek Shirinboy o‘g‘li · DKTF Psixiatriya fakulteti Ordinatori. · Nizamov Bahodir Abdusaitovich · DKTF Psixiatriya fakulteti Ordinatori. · Aliqulov Suxrob Umrzoq o‘g‘li · DKTF Narkologiya fakulteti Ordinatori.
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada psixopatiya tushunchasi, uning turlari, kelib chiqish sabablari, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Shaxsning buzilishlari zamonaviy psixologiya va psixiatriya fanining dolzarb muammolaridan biri bo’lib, bu buzilishlar insonning ijtimoiy moslashuviga, xulq-atvoriga, emotsional muvozanatiga salbiy ta’sir ko’rsatadi. Maqolada shuningdek, psixopatiyaga chalingan shaxslarning tipologiyasi va ularni farqlash mezonlari bayon qilinadi. Kalit so’zlar: psixopatiya, shaxsning buzilishi, antisotsial xulq, psixologik muvozanat, shaxs tipologiyasi, ijtimoiy moslashuv. Psixopatiya yoki shaxsning buzilishlari - bu shaxsiy xususiyatlarning chuqur deformatsiyasi bilan xarakterlanuvchi ruhiy holat bo’lib, u jamiyatda qabul qilingan normalar va qoidalarni buzishga moyillik, empatiyaning yetishmasligi va xulq-atvorda qat’iy og’ishlar bilan namoyon bo’ladi. Ushbu holat odatda bolalik yoki o’smirlik davrida boshlanadi va butun hayot davomida davom etadi. Psixopatiya atamasi ko’pincha sotsiopatiya termini bilan sinonim tarzda qo’llaniladi, chunki har ikkala tushuncha ham doimiy antisotsial xatti-harakatlar, empatiya yetishmasligi, pushaymonlik hissining yo’qligi, shartaki yoki o’zini ustun qo’yuvchi (egoistik) xususiyatlar bilan tavsiflanadi. Tarixiy jarayonda psixopatiya tushunchasiga oid turli xil ta’riflar ilgari surilgan bo’lib, ular ko’pincha bir-biriga faqat qisman mos keladi yoki ayrim hollarda bir-birini inkor etuvchi jihatlarni ham o’z ichiga oladi. Bu esa psixopatiya tushunchasining murakkab va ko’p qirrali ijtimoiy-psixologik fenomen ekanligidan dalolat beradi. Amerikalik psixiatr Hervey M. Cleckley o’zining «Aql salomatligi niqobi» asari orqali ushbu tushunchaga chuqur ilmiy asos bergan. Uning yondashuvlari AQShda psixik 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 136 Ustozlar uchun pedagoglar.org buzilishlar diagnostikasiga oid qo’llanmaning shakllanishiga muhim hissa bo’lib, ayniqsa, antisotsial shaxs buzilishi mezonlarining yaratilishiga turtki bo’lgan. Vaqt o’tishi bilan, psixopatiyaga xos xatti-harakatlar diagnostik tizimlarda ham aks etdi. Jumladan, Diagnostic and Statistical Manual of Mental Disorders (DSM) va Kasalliklarning xalqaro tasnifi (ICD)da «antisotsial shaxs buzilishi» hamda «dissotsial shaxs buzilishi» tushunchalari rasmiylashtirildi. Ushbu tashxislar psixopatiyaga oid ko’plab xususiyatlarni qamrab oladi. Psixopatiya - bu klinik jihatdan rasmiy kasallik bo’lmasa-da, ruhshunoslar va psixiatrlarda chuqur o’rganilayotgan holatdir. Zamonaviy tasnifga ko’ra, quyidagi shaxs buzilishi turlari mavjud: 1. Antisotsial shaxs buzilishi 2. Nartsissistik shaxs buzilishi 3. Borderlayn shaxs buzilishi 4. Paranoid shaxs buzilishi 5. Obsessiv-kompulsiv shaxs buzilishi 6. Shizoid va shizotipal shaxs buzilishlari Psixopatik buzilishi mavjud bo’lgan bemorlar, ayniqsa hissiy jihatdan beqaror va isterik shaxsiyatga ega bo’lganlar, ijtimoiy faoliyat va hayot sifati ko’rsatkichlari bo’yicha sezilarli chekinishlarga duch keladilar. Bunday shaxslar odatda ijtimoiy me’yorlardan og’ish qiladi, atrofdagilar bilan barqaror va ijobiy munosabatlar o’rnatishda qiynaladilar. Bu esa ularning ta’lim olish, ish faoliyati va kundalik hayotdagi moslashuvchanligini izdan chiqaradi. Deviant xulq-atvorli o’smirlar uchun ijtimoiy moslashuv jarayonining boshlanish nuqtasi sifatida maktabga borish davri muhim ahamiyatga ega bo’ladi. Ko’plab o’smirlar bu bosqichga to’laqonli tayyor emasligi sababli, ularning o’quv muassasalaridagi ijtimoiy va akademik faoliyati yetarli darajada shakllanmaydi. Ayniqsa, balog’atga yetish davri - 12-14 yosh oralig’ida mehnatga bo’lgan munosabat va ishlash salohiyatida keskin pasayish kuzatiladi. Bunday shaxslar erta yoshdan boshlab jamiyatdagi ijtimoiy me’yorlarga zid ravishda harakat qilishga moyil bo’ladilar. Ular ko’pincha asotsial guruhlar ta’siriga tushib qoladilar, o’zlarini namoyish qilish vositasi sifatida tanani bezash, tatuirovkalar kabi tashqi atributlarga qiziqish bildiradilar. Bundan tashqari, ushbu guruh vakillarining taxminan 37 foizi tanalarida doimiy belgilar (tatuirovkalar)ga ega bo’lgan. Psixopatiyaning beqaror turi bilan og’rigan shaxslarning ijtimoiy profili odatda ancha barqaror bo’ladi: ular orasida umumiy o’rta ta’limdan yuqoriroq darajada ta’lim olishga harakat qilganlar uchrab turadi, biroq oliy ma’lumotga erishish ulardan ko’pchilik uchun imkonsizdir. Natijada, ular ko’pincha malakasi past yoki vaqtinchalik ish joylarida mehnat qilishadi. Bu holat ularning kasbiy va shaxsiy rivojlanishini jiddiy cheklaydi hamda jamiyatdagi samarali ishtirokini susaytiradi. 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 137 Ustozlar uchun pedagoglar.org Psixopatiyaning kelib chiqishida biologik, ijtimoiy va psixologik omillar o’zaro bog’langan. Asosiy omillar quyidagilar: Genetik moyillik Nevrologik o’zgarishlar (miya strukturasi va funktsiyasidagi buzilishlar) Bolalikdagi travmalar, suiiste’mollar Rivojlanish muammolari Atrof-muhit va tarbiya omillari Shuni ham aytish joizki, psixiatriya zamo
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada psixopatiya tushunchasi, uning turlari, kelib chiqish sabablari, tashxislash va davolash usullari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada psixopatiya tushunchasi, uning turlari, kelib chiqish sabablari, tashxislash va davolash usullari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- psixiatrik davolash, tashxis., depressiya, simptomlar, shizofreniya, bipolyar buzilish, Kalit so’zlar: Endogen psixoz, etiologiya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025