К содержанию
РецензированоUZ2026

“TEMIR XOTIN” DRAMASIDA INSON RUHIYATI MASALASI

Jo‘rayeva Dilnozaxon Otabek qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada Sh.Boshbekovning dramasidagi inson xarakteri va davr muammolari tadqiq qilingan.Remarka va situatsiyaga alohida urg‘u berilgan. Asardan misollar keltirilgan. Drama keskin vaziyatlar,harakatlar maydonidir. Dramaning asosiy qahramoni inson bo‘lgani bois unda xarakter,situatsiya muhim ahamiyatga ega. Situatsiya - fransuzcha joylashish, vaziyat so‘zidan olingan bo‘lib, asar epizodlarida vujudga keladigan vaziyat.1 Bundan tashqari, situatsiya deyilganda asar qahramonari o‘rtasidagi asosiy konflikt boshlanguncha bo‘lgan davradagi o‘zaro munosabatlar ham tushuniladi. "Temir xotin" jiddiy komediyasida dramatik, komik situatsiyalar muallif remarkasida qanday tarzda beriladi? Drama syujetidagi keskin situatsiyalarni Qo‘chqor kulqili qilib, unchalik e'tibor bermasidan hal qilayotgan edi. Qumrining mahallani chaqirib, Qo‘chqorning bog‘latib qo‘yilishi, uni tashlab ketishi avvaliga bosh qahramonga ta’sir qilmadi. "Butun armiya teng kelmadi degin?" deb o‘zi qilgan ishidan g‘urulanib ham qo‘ydi. Biroq Alomat - robot ayol aytgan gaplari, kinoyalari Qo‘chqorning jon-jonini sug‘urib oldi. Alomat: Hamma gap shunda-da, nolimaysiz! Ko‘nikib ketgansiz. Yaralar toshga aylangan – og‘riq sezmaydi. Dod solib baqirish-ku, qo‘lingizdan kelmas, hech qursa ingrab qo‘yishga ham qodir emassiz! yoki yana. Alomat: Qo‘chqor aka?! Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan, allaqaysi burchlarida miltillagan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz,uni sezmaslikka olasiz. To‘g‘ri, qadr-qimmatingiz oshkora haqoratlanganda, o‘sha miltillayogan cho‘g‘ alanga olgandek bo‘ladi va siz uni aroq bilan o‘chirishga urinasiz. Dunyoga shirakayf ko‘zlar bilan qarab, taskin topasiz, lekin ertasi kuni kayfingiz targab, dunyo asl holiga qaytadi. SHunda, yig‘lamoqdan o‘zga chorangiz qolmaydi. Keyin o‘ksib-o‘ksib yig‘laysiz.!? Qo‘chqor. (ko‘zlarida yosh o‘ynab) Yolg‘on!.. hech qachon yig‘ lamaganman!..Alomatning birinchi nutqidan Qo‘chqorning qalbidagi armonlari chertildi, u endi o‘zining sekin-asta kim ekanligini anglay boshladi. «Ko‘nikib ketgansiz! Yaralar toshga aylangan – og‘riq sezmaydi» jumlasida Alomatning achchiq kinoyasi beriladi. 1 B.Jalilov. “O‘zbek dramaturgiyasi poetikasi masalalari”,1984. 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 148 Ustozlar uchun pedagoglar.org Muallif keltirgan sozlar har qanday kitobxon va tomoshabinni befarq goldirmaydi, uni yanada sergaklantiradi. 2Aynan shu o‘rinda dramatik situatsiyalar yaratila boshlandi. Muallif yanada vaziyatni keskinlatish maqsadida, Alomatning o‘ta ta’sirli, Qo‘chqorning butun iztiroblarini junbushga keltirib yuborgan navbatdagi dialogini qo‘llaydi. Qo’chqorva Alomat o‘rtasidagi keskinlik eng cho‘qqi nuqtasiga yetadi. Avvaliga Alomatning gaplariga mensimay qarayotgan Qo‘chqor, endi o‘zini boshqarolmay qoladi. Ta’sirlanib ketadi. Alomatning "Qalbingizning unutilib ketgan, o‘zingiz ham bilmaydigan, allaqaysi burchaklarida miltillagan ushoqqina norozilikdan qo‘rqasiz", deb aytgan gapi Qo‘chqorni cho‘chitib yuboradi, chunki u temirdan bunday gaplar chiqishini sira kutmagan edi. Alomatning bu gaplarida Qo‘chqorning armoni - fojiasi yotadi. Qo‘chqor endi chidamaydi, sira-sira toqat qilolmaydi. Alomatning keyingi luqmalarini hayajon bilan kutib turgan Qo‘chqor qalbidan sizib chiqayotgan ko‘z yoshlarini yashirishga urinadi. Muallif aynan shu vaziyatni «ko‘zlarida yosh o‘ynab» remarkasi bilan tasvirlaydi. «Ko‘zlarida yosh o‘ynab» remarkasi bilan tasvirlaydi. «Ko‘zlarida yosh o‘ynab» remarkasida bosh qahramonning ichki iztirobi, alami, erkak kishining ayol kishi oldidagi yerga urilayotgan g‘ururi ifodalangan. Qo‘chqorning ruhiy kechinmalari muallif tomonidan berilgan remarkada o‘ta ta‘sirli ifodalangan. Dramatik situatsiyalarni hosil qilishda muallif remarkasining ahamiyati katta ekanligini yuqoridagi misollarda ko‘rdik. Muallif remarkasi dramatizmni kuchaytirish uchun xizmat qiladi. "Baralla yig‘lagancha oyoq ostidagi yashiklarni zarb bilan tepib, yosh bolaga o‘xshab engashib yig‘laydi. Alomatning yelkasidagi qizil mikrosxemani oldi-da, qo‘shni hovli tomon otib yubordi". Qo’chqor qarama-qarshi tuyg‘ular qurshovida qoldi. Alomatning aytgan gaplari uni o‘z "o‘qi" - muvozanatidan chiqarib yubordi, aytgan gapini ham, qilgan ishini ham bilmay "baralla yig‘lab, yashiklarni tepib yubordi". Shu o‘rinda bosh qahramon xarakteridagi tragizm qalqib yuzaga chiqdi.Qo‘chqorning tragizmi avvalo umrini behuda o‘tkazgani, tun-u kun mehnat qilib biror kun ro‘shnolik ko‘rmaganidadir. U na ish joyida, na oilasida qadr topdi. Alamini ichiga sig‘dirolmagan Qo‘chqorga Alomatning aytgan gaplari ta’sir qilib, uni o‘z o‘qidan chiqib ketishga majbur qildi. Qo’chqorga nisbatan qollanilgan "baralla yig‘ladi" remarkasi "g‘ingshib yig‘ladi" remarkasi bilan almashadi. Baralla yig‘laganda, uning armonlari tashqariga chiqib, ruhan yenqil tortadi, ruhiy qiynoqlardan gisman qutuladi, ammo g‘ingshib yig‘laganda esa, Qo’chqor butun alamini, armonini ichiga yutib yig‘lashga majbur. Inson ruhiy iztiroblarini, Qo‘chqorning ayanchli holat

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada Sh.Boshbekovning dramasidagi inson xarakteri va davr muammolari tadqiq qilingan.Remarka va situatsiyaga alohida urg‘u berilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada Sh.Boshbekovning dramasidagi inson xarakteri va davr muammolari tadqiq qilingan.Remarka va situatsiyaga alohida urg‘u berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
davr, xarakter, situatsiya, vaziyat, muammo, tragik, Kalit so‘zlar:drama
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники