Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
INGLIZ TILI FANINI POLITEXNIKUMLARDA O‘QITILISHI
Narziyeva Nargiza Ravilevna
Для учителей · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada ingliz tili fanining politekxnikumlarda o‘qitilishining ahamiyati, mazmuni va o‘qitish jarayonidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Politekxnikum talabalari uchun ingliz tili nafaqat umumiy bilim sifatida, balki kasbiy faoliyatda zarur bo‘lgan muhim vosita sifatida qaralmoqda. Maqolada zamonaviy ta’lim texnologiyalarini ingliz tili darslarida qo‘llash, soha terminologiyasini o‘rgatish hamda kasbiy yo‘nalishga mos metodik yondashuvlar muhokama etiladi. Shuningdek, o‘quvchilarning til kompetensiyasini oshirishga qaratilgan interaktiv metodlar samaradorligi yoritiladi. Kalit so‘zlar: Politekxnikum, ingliz tili, kasbiy ta’lim, til kompetensiyasi, o‘qitish metodikasi, interaktiv usullar, fanlararo integratsiya, zamonaviy texnologiyalar. Globalizatsiya jarayonlari kuchayib borayotgan hozirgi davrda xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rganish va uni amaliy faoliyatda qo‘llay bilish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda. Bugungi kunda texnikum va kollej singari kasb-hunar ta’lim muassasalarida ingliz tilini o‘rgatish – nafaqat til o‘rganish jarayoni, balki kasbiy kompetensiyani shakllantirish vositasi sifatida qaralmoqda. Ayniqsa, texnik yo‘nalishlarda tahsil olayotgan yoshlar uchun ingliz tilini egallash, ularning kasbiy mahoratini oshirish, zamonaviy ilmiy-texnik axborotlarni o‘zlashtirish va xalqaro mehnat bozorida raqobatbardosh bo‘lishlarida muhim o‘rin tutadi. Ingliz tili fanini politekxnikumlarda o‘qitish jarayoniga yangicha yondashuv, innovatsion texnologiyalarni qo‘llash, sohaga oid terminologiyani o‘zlashtirishga qaratilgan metodik ishlanmalar va ta’lim strategiyalarini ishlab chiqish dolzarb masala hisoblanadi. Ushbu maqolada aynan shu masalalar yoritilib, mavjud muammolar va ularni hal etish yo‘llari tahlil qilinadi. Hozirgi kunda kasb-hunar ta’limi tizimida xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rgatishga bo‘lgan talab tobora ortib bormoqda. Politekxnikumlarda tahsil olayotgan o‘quvchilar, odatda, muayyan kasb yoki texnik yo‘nalish bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishni maqsad qiladilar. Shu bois, ingliz tili ularning kelajakdagi kasbiy faoliyatida nafaqat aloqa vositasi, balki ilmiy-texnik axborotlarni tushunish, xalqaro hamkorlikda ishtirok etish, zamonaviy texnologiyalarni o‘zlashtirish vositasi sifatida ham zarur sanaladi. O‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda, ta’lim jarayonida kasbiy yo‘nalishga moslashtirilgan ingliz tili darslarini tashkil etish muhimdir. 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 64 Ustozlar uchun pedagoglar.org Bunda, ayniqsa, kasbiy terminologiyani o‘rgatish, mutaxassislikka oid matnlarni tahlil qilish, amaliy topshiriqlar orqali til ko‘nikmalarini shakllantirish kabi metodlar o‘z samarasini bermoqda. Ta’limda kommunikativ yondashuv asosida darslarni tashkil etish orqali talabalar real hayotiy vaziyatlarda tilni qo‘llashni o‘rganadilar. Jumladan, texnik hujjatlarni tarjima qilish, kasbiy suhbatlarda ishtirok etish, texnologik jarayonlarni ingliz tilida tushuntirish kabi topshiriqlar o‘quvchilarni faol o‘rganishga undaydi. Bu esa ularning kasbiy kompetensiyalarini shakllantirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi. Politekxnikumlarda ingliz tili darslarida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish darslarning samaradorligini oshiradi. Multimedia vositalari, onlayn platformalar, interaktiv dasturlar orqali taqdim etilgan dars materiallari o‘quvchilarning tilga qiziqishini oshirib, o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Bunday yondashuv o‘quvchilarni mustaqil fikrlashga, o‘z bilimlarini amalda qo‘llay olishga o‘rgatadi. Yana bir muhim jihat – fanlararo integratsiyani ta’minlashdir. Ingliz tilini texnik fanlar bilan bog‘liq holda o‘rgatish nafaqat til ko‘nikmalarini rivojlantiradi, balki o‘quvchilarda kasbiy dunyoqarashni shakllantirishga ham xizmat qiladi. Masalan, axborot texnologiyalari, elektrotexnika, mexanika kabi sohalarda ishlatiladigan asosiy atamalarni ingliz tilida o‘rgatish orqali o‘quvchilarning kasbiy sohada ingliz tilidan foydalanish ko‘nikmalari mustahkamlanadi. Shu o‘rinda, mavjud muammolarga ham e’tibor qaratish lozim. Politekxnikumlarda ingliz tilini o‘qitishda darslik va metodik qo‘llanmalar yetishmasligi, o‘qituvchilarning zamonaviy yondashuvlar bilan ishlash ko‘nikmalari yetarli emasligi, dars soatlarining kamligi kabi omillar ta’lim jarayonining sifatiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ushbu muammolarni bartaraf etish uchun maxsus o‘quv dasturlarini ishlab chiqish, o‘qituvchilar malakasini oshirish, innovatsion texnologiyalarni keng joriy etish zarurdir. Xulosa Xorijiy tillarni, xususan, ingliz tilini o‘rganish bugungi kunda kasb-hunar ta’limi tizimining ajralmas qismiga aylanmoqda. Politekxnikumlarda ingliz tilini o‘qitish nafaqat til bilimini oshirish, balki o‘quvchilarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy mehnat bozoriga tayyorlashga xizmat qiladi. Mazkur fan orqali o‘quvchilar texnik atamalarni o‘zlashtiradi, kasbiy matnlarni t
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada ingliz tili fanining politekxnikumlarda o‘qitilishining ahamiyati, mazmuni va o‘qitish jarayonidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada ingliz tili fanining politekxnikumlarda o‘qitilishining ahamiyati, mazmuni va o‘qitish jarayonidagi muammolar hamda ularni bartaraf etish yo‘llari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- fanlararo integratsiya, kasbiy ta’lim, zamonaviy texnologiyalar., til kompetensiyasi, Kalit so‘zlar: Politekxnikum, interaktiv usullar, o‘qitish metodikasi, ingliz tili
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Журнал универсальных научных исследованийAND RESTORATION, Khatamov Orif Yusupovich2024
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014