К содержанию
РецензированоUZ2026

GEOGRAFIYA FANIDA XARITA VA YOZUVSIZ XARITALAR BILAN ISHLASHNING O‘QUVCHILARDA BILIM VA TAFAKKURNI SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI

SHAKLLANTIRISHDAGI O‘RNI · Ostanova Dilora Ergashevna

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda xarita va yozuvsiz xaritalar bilan ishlash metodikasi yoritilgan. Xaritalar orqali o‘quvchilarda fazoviy tasavvur, mantiqiy fikrlash, tahlil qilish qobiliyati rivojlanadi. Ayniqsa, yozuvsiz xaritalar (blank xaritalar) yordamida mustaqil izlanish, hududlarni eslab qolish va ularni xaritada aniqlash ko‘nikmalari shakllanadi. Maqolada xaritalar bilan ishlashning bosqichlari, samarali usullari, darsda qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar keltirilgan. Shuningdek, interfaol metodlardan foydalangan holda yozuvsiz xaritalarni o‘rgatishning afzalliklari ham yoritilgan. Kalit so‘zlar: Geografiya, xarita, yozuvsiz xarita, blank xarita, metodika, fazoviy tafakkur, o‘quv jarayoni, interfaol usullar. Geografiya fanini xaritalarsiz tasavvur qilish qiyin, deyarli imkonsizdir. Chunki xaritalar geografiya o‘rganadigan barcha tabiiy va ijtimoiy jarayonlar, ob’ektlar va hodisalar haqida mazmunli ma’lumotlar beradi. Ular o‘zida geografik bilimlarni aniq, qisqa va ravshan ifodalagan bo‘lib, darsliklar bilan bir qatorda muhim o‘quv vositasi sifatida e’tirof etiladi. Geografik tadqiqotlar, tahlillar va kuzatuvlar xaritalarsiz samarali olib borilishi mumkin emas. Har qanday ilmiy izlanish, statistik yoki joylashuv tahlili xarita asosida tuzilgan tasavvurlar orqali puxta yoritiladi. Bu esa, xaritalarning ilmiy izlanishlar va o‘quv jarayonidagi ahamiyatini yanada oshiradi. Ta’lim jarayonida, ayniqsa geografiya darslarini mazmunan boyitish, qiziqarli va interaktiv qilishda ko‘rgazmali vositalar — xususan, xaritalar, globuslar, atlaslar, yozuvsiz xaritalar muhim rol o‘ynaydi. Bu vositalar o‘quvchilarning nafaqat bilimini, balki tahliliy fikrlash, fazoviy tasavvur va mantiqiy mushohada yuritish ko‘nikmalarini ham rivojlantiradi. Dars davomida matnli ma’lumotlar bilan birga muntazam ravishda turli mavzularga oid o‘quv xaritalaridan foydalanish dars samaradorligini oshiradi. Masalan, tabiiy geografiya bo‘yicha darslarda relyef, iqlim, suv resurslari yoki tuproq xaritalaridan foydalanish orqali o‘quvchilar mavzuni yanada chuqurroq anglaydi. Shuningdek, ijtimoiy- iqtisodiy geografiya darslarida sanoat, aholi zichligi yoki transport tizimlariga oid xaritalar orqali o‘quvchilar hayotiy misollar asosida tahlil qilishga o‘rganadi. 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 120 Ustozlar uchun pedagoglar.org O‘quvchilar geografik ob’ektlarning joylashuvini, ularning o‘zaro bog‘liqligi va fazoviy holatini xarita orqali ko‘rmasdan turib, bu ob’ektlarga oid nazariy ma’lumotlarni chuqur anglab yetolmaydi. Shu bois, o‘qituvchi yangi geografik ob’ektlarni o‘rgatishda avvalo ularni devoriy xaritada ko‘rsatib, so‘ngra o‘quvchilarga bu ob’ektlarni atlaslar yoki darslik xaritalari orqali mustaqil topishni, ularning geografik o‘rnini tahlil qilishni o‘rgatishi muhimdir. Bu jarayon o‘quvchilarda izlanish va kuzatish malakalarini shakllantiradi, geografik tafakkurni rivojlantiradi. Ya’ni, xaritalar geografiya ta’limining ajralmas qismi bo‘lib, ular yordamida o‘quvchilar nafaqat geografik bilimlarni egallaydilar, balki amaliy ko‘nikmalarni ham shakllantiradilar. Shuningdek, xarita – bu real geografik obyekt va hodisalarning sxematik tasviri. Geografiya darslarida xarita bilan ishlash o‘quvchilarni joylashuv, masofa, yo‘nalish, relyef, tabiiy resurslar haqida tushuncha hosil qilishga yordam beradi. Masalan, tabiiy zonalar, iqlim mintaqalari, iqtisodiy tarmoqlarni xarita asosida o‘rganish aniqroq tasavvurga olib keladi. 1-rasm. O‘zbekiston Respublikasi xaritasi. Xaritalarni to‘g‘ri tahlil qilish va ularning mazmunini chuqurroq anglash uchun bir nechta samarali usullardan foydalanish lozim. Bu metodlar xarita orqali fazoviy ma’lumotlarni tahlil qilish, ularni vizual, statistik, matematik hamda grafik usullar bilan ifodalash imkonini beradi. Vizual tahlil usuli xarita tahlilida eng ko‘p qo‘llaniladigan metodlardan biridir. Bu metod orqali xaritada tasvirlangan fazoviy shakllar, ularning o‘zaro joylashuvi, tuzilmalari 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 121 Ustozlar uchun pedagoglar.org va bog‘liqliklari ramziy-belgilar yordamida aniqlanadi va tahlil qilinadi. Xarita orqali tasvirlangan hudud haqida umumiy tasavvur shakllanishi mumkin, bu esa foydalanuvchiga joyning tabiiy va ijtimoiy xususiyatlarini tezda anglash imkonini beradi. Vizual tahlil sifati bo‘yicha xaritada ifodalangan hodisalarni baholashga imkon beradi. Shu bilan birga, bu usulda miqdoriy ko‘rsatkichlarga ham — masalan, uzunlik, balandlik, maydon kabi parametrlarga — alohida e’tibor qaratilishi lozim. Bu fazoviy xususiyatlarning o‘zaro nisbatlarini tushunishga yordam beradi. 2-rasm. O‘zbekiston Respublikasining siyosiy yozuvsiz xaritasi. Kartometrik tahlil usuli esa, aksincha, xaritada ko‘rsatilgan hodisalarni aniq raqamlar orqali baholashga qaratilgan. Bu metod yordamida xaritadagi koordinatalar, masofa, balandlik, uzunlik, hajm, burchak va boshqa topografik elementlar o‘lchanadi va hisob- kitob qilinadi. Kartometrik tahlil kartografiyaning alohida sohasi – kartometriya doi

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda xarita va yozuvsiz xaritalar bilan ishlash metodikasi yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada geografiya fanini o‘qitishda xarita va yozuvsiz xaritalar bilan ishlash metodikasi yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
yozuvsiz xarita, metodika, o‘quv jarayoni, Kalit so‘zlar: Geografiya, fazoviy tafakkur, xarita, interfaol usullar., blank xarita
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники