К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTABGA TAYYORGARLIK DARAJASINI DIAGNOSTIKA QILISH

Akbaraliyeva Asilaxon Tajiddinovna · Mingliboyeva Ruxshona Jamol qizi

Для учителей · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlash va baholashning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Bolaning maktabga psixologik, ijtimoiy va jismoniy jihatdan tayyor boʻlishi, uning kelajakdagi oʻquv faoliyatida muvaffaqiyat qozonishida muhim omil hisoblanadi. Maqolada diagnostika jarayonining asosiy yoʻnalishlari va baholash usullarini koʻrib chiqqan, shuningdek, maktabgacha ta’lim muassalarida ushbu jarayonlari samarali tashkil etish boʻyicha takliflar berildi. Kalit soʻzlar: maktabga tayyorgarlik, diagnostika, maktabgacha ta’lim,psixologik tayyorgarlik, intellektual rivojlanish, ijtimoiy moslashuv, baholash usullari, bola rivojlanishi, psixologik testlar. Maqoladagi mavzuni yoritishdan asosiy maqsad–maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabgacha yoshdagi bolalarning maktabga tayyorgarlik darajasini kompleks diagnostika qilish ahamiyatini aniqlash diagnostika yoʻnalishlari va usullarini oʻrganish hamda bolalarning psixologik, aqliy, ijtimoiy va jismoniy jihatdan maktabga tayyorgarlik holatini baholash boʻyicha samarali tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Kirish: Bugungi kunda ta’lim tizimida sifatli oʻzgarishlarga erishish oʻquvchilarning individual rivojlanishini ta’minlash dolzarb masalalardan biri hisoblanadi. Ayniqsa, bola maktabga ilk qadam qoʻyishidan oldin uning tayyorgarlik darajasini aniqlash muhim ahamiyat kasb etadi. Statistik ma’lumotlarga koʻra, maktabga psixologik yoki ijtimoiy jihatdan tayyor boʻlmagan bolalarda oʻqishga moslashish jarayoni qiyin kechadi. Bu esa ularning oʻzlashtirish darajasiga salbiy ta’sir koʻrsatadi. Shu sababli maktabga tayyorgarlik darajasini diagnostika qilish bugungi ta’lim siyosatida ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida e’tirof etiladi. Bu jarayon orqali bolalarning individual xususiyatlarini aniqlab ularga mos yondashuvni ishlab chiqish imkoniyati yaratiladi. Har bi bola hayotida maktab– yangi bosqich, yangi muhit va mas’uliyatli hayot tarzining boshlanishi hisoblanadi. Bola maktabga borishidan oldin uning bunga qanchalik tayyor ekanligini aniqlash zarurati ortib bormoqda. Chunki, bolalik davridagi individual rivojlanish sur'ati psixologik holati va ijtimoiy koʻnikmalari maktabdagi muvaffaqiyatli 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 128 Ustozlar uchun pedagoglar.org moslashuvi va oʻquv faoliyatining samaradorligiga bevosita ta’sir koʻrsatadi. Shu munosabat bilan maktabga tayyorgarlik darajasini har tomonlama oʻrganish baholash va toʻgʻri yoʻnaltirish, ta’lim tizimida muhim oʻrin tutadi. Maqolada maktabga tayyorgarlikning asosiy yoʻnalishlari, diagnostika usullari hamda bu jarayonning ahamiyati tahlil qilinadi. Maktabga tayyorgarlik bolaning intellektual, emotsional, ijtimoiy va fiziologik rivojlanish darajasining maktab ta’limiga mosligi bilan belgilanadi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bola maktabga qanchalik har tomonlama tayyor bo‘lsa, uning o‘quv faoliyatiga moslashuvi shunchalik samarali kechadi [1]. Rossiyalik psixolog L.A. Venger ta’kidlaganidek, maktabga tayyorgarlik bu faqat bilim va ko‘nikmalar majmuasi emas, balki bolaning faoliyatga bo‘lgan munosabati, emotsional barqarorligi va ijtimoiy moslashuv darajasi bilan chambarchas bog‘liqdir [2]. Maktabga tayyorgarlikni baholash quyidagi yo‘nalishlarda amalga oshiriladi: Kognitiv (aqliy) rivojlanish – bolaning fikrlashi, xotirasi, e’tibori va tafakkur faoliyati. Jean Piaget nazariyasiga ko‘ra, maktabga borish arafasidagi bola (7 yosh atrofida) “konkret operatsiyalar” bosqichida bo‘lib, sodda mantiqiy fikrlash shakllana boshlaydi [3]. Nutqiy rivojlanish – V.V. Lebedinskiy bolalarda og‘zaki nutqning to‘g‘ri rivojlanishi maktabda o‘qish va yozishning muvaffaqiyatli o‘zlashtirilishi uchun zaruriy omil ekanligini ta’kidlaydi [4]. Ijtimoiy-emotsional rivojlanish – bu yo‘nalishda bola o‘z his-tuyg‘ularini anglay olishi, boshqarishi va boshqalar bilan muloqotda bo‘lish qobiliyatini rivojlantiradi. D.B. Elkonin va V.V. Davydov ta’rificha, bola maktabga tayyor bo‘lishi uchun u “o‘quv faoliyatining motivatsion strukturasi”ga ega bo‘lishi kerak [5]. Motivatsion tayyorgarlik – A.K. Markova ta’rifiga ko‘ra, maktabga psixologik tayyorgarlikning asosiy elementi bu – o‘quv faoliyatiga bo‘lgan ijobiy munosabat va ichki rag‘batdir [6]. Maktabgacha yoshdagi bolalarni diagnostika qilishda quyidagi metodlar qo‘llanilishi mumkin: Kuzatuv (naturalistik usul) – pedagog va psixologlar bolaning kundalik o‘yin va muloqotdagi faoliyatini tahlil qiladi. Suhbat va savolnomalar – bolaning ijtimoiy muhitga munosabati, qiziqishlari aniqlanadi. Testlar – L.A. Venger va N.I. Gutkina tomonidan ishlab chiqilgan maktabga tayyorgarlik testlari keng qo‘llaniladi [7]. Grafik yoki rasm asosida hikoya tuzish – bu metod yordamida bolaning nutqiy va tasavvur qobiliyati aniqlanadi. Diagnostika natijalari bola tayyorgarligining individual darajasini belgilashga, shuningdek, ehtiyojga qarab tuzatish yoki rivojlantiruvchi pedagogik chora-tadbirlar belgilashga xizmat qiladi. Shu nuqtai nazardan, bolaning har tomonlama tayyorligi uning maktabdagi muva

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlash va baholashning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada maktabga tayyorgarlik darajasini aniqlash va baholashning zamonaviy yondashuvlari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
ijtimoiy moslashuv, diagnostika, bola rivojlanishi, psixologik testlar., maktabgacha ta’lim, Kalit soʻzlar: maktabga tayyorgarlik, baholash usullari, intellektual rivojlanish, psixologik tayyorgarlik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники