К содержанию
РецензированоUZ2026

MAKTAB KUTUBXONALARINI BOSHQARISH AXBOROT TIZIMINING SAMARADORLIGI VA AVTOMATLASHTIRISH USULLARI

Sodiqov Vali · Information Systems Engineer · To‘xtasinov Adhamjon (Tashkent university of information technologies)

Для учителей · 2026

Аннотация

Maqolada maktab kutubxonalarini boshqarish uchun axborot tizimlarining samaradorligini oshirish va avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Zamonaviy kutubxona axborot tizimlarining funksional imkoniyatlari, ulardan foydalanish natijalari va ilg‘or texnologiyalar asosida avtomatlashtirish usullari o‘rganiladi. Tadqiqotda raqamli kutubxona tizimlarining samaradorligini baholash va ularni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar beriladi. Kalit so‘zlar: maktab kutubxonasi, axborot tizimi, avtomatlashtirish, ma’lumotlar bazasi, raqamli kutubxona, boshqaruv. Zamonaviy maktab kutubxonalari nafaqat kitob saqlash joyi, balki o‘quv jarayonining muhim qismi sifatida axborot resurslarini boshqarish markazi bo‘lib xizmat qilmoqda. Raqamli texnologiyalarning rivojlanishi natijasida kutubxonalarni avtomatlashtirish ehtiyoji ortib bormoqda. Maqolaning asosiy maqsadi - maktab kutubxonalari uchun axborot tizimlarining samaradorligini oshirish va ularni avtomatlashtirish usullarini o‘rganishdan iborat. 2. Maktab kutubxonalarining avtomatlashtirish zarurati Raqamli texnologiyalar taraqqiyoti bilan birga ta’lim sohasida ham zamonaviy axborot tizimlaridan keng foydalanish zarurati ortib bormoqda. Xususan, maktab kutubxonalarini avtomatlashtirish – o‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun kutubxona xizmatlaridan tez va samarali foydalanish imkonini yaratadi. An’anaviy kutubxona boshqaruvi ko‘p vaqt talab etadigan va inson xatolariga moyil tizim bo‘lsa, avtomatlashtirilgan tizimlar tezlik, aniqlik va tahlil imkoniyatlarini oshiradi. Kutubxonani avtomatlashtirish – bu kitoblar, foydalanuvchilar, hujjatlar va boshqa resurslar haqida ma’lumotlarni elektron shaklda yuritish va boshqarish tizimidir. Bunda maxsus dasturiy ta’minotlar, masalan, Koha, IRBIS, Liberty, yoki ALIS tizimlari qo‘llaniladi. Avtomatlashtirishning maqsadlari Axborotga tezkor kirish 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 40 Ustozlar uchun pedagoglar.org Kutubxona fondini nazorat qilish Kitoblarni qidirish, band qilish va qayta topshirishni boshqarish Hisobot va statistikani shakllantirish Elektron kataloglar orqali foydalanuvchi xizmatlarini yaxshilash Maktab kutubxonalarida mavjud muammolar Muammo Tavsifi Kitoblarning qog‘ozda yuritilishi Tezda topish qiyin, xatoliklar ko‘p Foydalanuvchi navbatlari Kitob olish va qaytarish jarayoni sekin kechadi Hisobot yuritish murakkabligi Statistikani qo‘lda hisoblash noaniqlikka olib keladi Axborotga yetarli kirish yo‘q Zamonaviy axborotga o‘quvchi oson yetolmaydi Avtomatlashtirishning ijtimoiy va ta’limiy foydalari Teng imkoniyat: barcha o‘quvchilar teng darajada tez va to‘g‘ri ma’lumot oladi. Darsga tayyorgarlik: o‘qituvchilar uchun kerakli adabiyotlarni tez topish imkoniyati. Texnologik savodxonlik: o‘quvchilar raqamli muhit bilan ishlashni o‘rganadi. Statistik tahlil: o‘quvchilarning kitob o‘qish faoliyati tahlil qilinadi. Maktab kutubxonalarida avtomatlashtirish quyidagi muammolarni hal qilish uchun muhim: Kitob fondlarini samarali boshqarish va tezkor qidiruv tizimini joriy etish; O‘quvchilar va o‘qituvchilar uchun qulay ma’lumot olish imkoniyatini yaratish; Kitoblarni hisobga olish jarayonini avtomatlashtirish va inson omilini kamaytirish; Kutubxona xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha statistik ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilish. Maktab kutubxonalarini avtomatlashtirishning asosiy afzalliklari: 1. Kitoblarni tezkor izlash imkoniyati. 2. Kutubxona fondlarining real vaqt rejimida monitoringi. 3. Foydalanuvchilarning ma’lumotlarga kirishini soddalashtirish. 4. O‘qituvchilar va kutubxonachilarning ish samaradorligini oshirish. 5. Qog‘oz ishlov berish jarayonlarining qisqarishi va ekologik ta’sirning kamayishi. 73-son 2–to’plam Iyun-2025 Sahifa: 41 Ustozlar uchun pedagoglar.org Jadval 1. Avtomatlashtirishdan oldin va keyin kutubxona samaradorligi taqqoslanishi An’anaviy Avtomatlashtirilgan Ko‘rsatkich tizim tizim Kitob qidirish va topish vaqti 10-15 daqiqa 1-2 daqiqa Kitoblarni ro‘yxatga olish vaqti 5-10 daqiqa 30 soniya Kutubxonachining har bir foydalanuvchi bilan ishlash 5 daqiqa 1 daqiqa vaqti Foydalanuvchilar soni (kunlik) 50-100 200-300 3. Maktab kutubxona axborot tizimlarining asosiy tarkibiy qismlari Maktab kutubxonalari uchun avtomatlashtirilgan axborot tizimi quyidagi asosiy komponentlardan iborat: Ma’lumotlar bazasi – kitoblar, foydalanuvchilar va kutubxona jarayonlari haqida ma’lumotlarni saqlash; Elektron katalog – foydalanuvchilarga tezkor qidiruv va kirish imkoniyatini ta’minlash; O‘quvchilarning ro‘yxati va profilingi – foydalanuvchilarning kitob olish va topshirish tarixini yuritish; Statistik va analitik tizimlar – kutubxonadan foydalanish jarayonlarini tahlil qilish. 4. Maktab kutubxonalarini avtomatlashtirish usullari Maktab kutubxonalarida avtomatlashtirish quyidagi usullar orqali amalga oshirilishi mumkin: RFID texnologiyasidan foydalanish – kitoblarni avtomatik skanerlash va kuzatish imkoniyatini beradi; Bulutli axborot tizimlarini joriy etish – kutubxona ma’lumotlariga istalgan joydan kirish imkoniyatini yar

Доказательный фрагмент

«Maqolada maktab kutubxonalarini boshqarish uchun axborot tizimlarining samaradorligini oshirish va avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Maqolada maktab kutubxonalarini boshqarish uchun axborot tizimlarining samaradorligini oshirish va avtomatlashtirish imkoniyatlari tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so‘zlar: maktab kutubxonasi, ma’lumotlar bazasi, axborot tizimi, avtomatlashtirish, boshqaruv., raqamli kutubxona
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники