Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
ZULFIYA NOMIDAGI DAVLAT MUKOFOTI — XOTIN-QIZLAR MEHNATI VA IQTIDORI UCHUN MUNOSIB E’TIROF
Abdukaxorova O’g’iloy Isroiljon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada Zulfiya nomidagi davlat mukofoti xotin- qizlarning ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalardagi yutuqlarini eʼtirof etish va ragʻbatlantirish vositasi sifatida yoritilgan. Mukofotning ahamiyati, uning yosh avlodni vatanparvarlik va ijodkorlik ruhida tarbiyalashdagi oʻrni ko‘rsatib berilgan. Shuningdek, mukofotga sazovor bo‘lgan iqtidorli qizlarning erishgan yutuqlari va ular orqali jamiyat rivojiga qo‘shayotgan hissasi tahlil qilingan. Ushbu eʼtirof jamiyatda ayollarning mavqeini oshirish, ularni qo‘llab-quvvatlash va yangi avlod vakillariga ilhom bag‘ishlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlangan. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti haqida qonun, normalar, uning talablari haqida batafsil ma’lumot berib o’tiladi.Davlatimiz xotin–qizlarning jamiyat hayotining muhim qismi ekanligini anglatib turuvchi muhim kuch ekanligi ushbu maqola orqali e’tirof etiladi. Kalit so’zlar: xotin-qizlar, adabiyot, san’at, loyiha, tashabbus, bilim, kitobxonlik, teng huquqlilik, ilm-fan Bugungi kunda O‘zbekiston xotin-qizlarining jamiyatdagi o‘rni va faolligini oshirish, ularning ilm-fan, san’at, madaniyat va boshqa sohalardagi iste’dodini e’tirof etish davlat siyosatining muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti aynan shu maqsadlar yo‘lida joriy etilgan bo‘lib, mamlakatimizda iqtidorli qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning yutuqlarini rag‘batlantirish va jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni yuksalishiga xizmat qilmoqda. “Nafaqat o'z she'rlari, balki butun hayoti bilan o'zbek ayolining ma'naviy qiyofasini namoyon etgan atoqli shoiramiz Zulfiyaxonimni ham men ana shunday fidoyi insonlar qatoriga qo'shgan bo'lardim. Uning jahon minbarlaridan yangragan she'rlari Sharq ayolining aql-u zakosi, fazl-u kamolining yorqin ifodasi sifatida millionlab she'riyat muxlislariga odamiylik, muhabbat va sadoqatdan saboq bergan, desak, mubolag'a bo'lmaydi. Lekin bu murakkab hayot qalbi o'z xalqi va Vataniga mehr-muhabbat bilan to'lib-toshgan, dunyodan ezgulik va go'zallik izlab yashagan bu ayolni hamma vaqt ham ayagani yo'q. Aslida, bu dunyoda ayriliq va hijron azobi barchaning ham boshida bor. Ammo g'am-anduh va hasratlarni matonat bilan yengib, https://scientific-jl.com 2 9 0 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tog'dek bardoshi bilan vafo va sadoqat ramziga aylangan Zulfiya opa singari ayollar har qanday yuksak hurmat va ehtiromga munosibdir”1. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti O‘zbekistonning birinchi ayol shoirasi, atoqli adabiyot namoyandasi Zulfiya Isroilova nomiga bag‘ishlab tashkil etilgan. Bu mukofot O‘zbekiston Prezidenti tomonidan 1999-yil, Zulfiya Isroilovaning 85 yilligi munosabati bilan ta’sis etilgan. Mukofot har yili yurtimizning iqtidorli qizlariga san’at, adabiyot, sport, ilm-fan va ta’lim sohasidagi muvaffaqiyatlari uchun topshiriladi. Zulfiya nomidagi davlat mukofoti – Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biri. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining „Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida“ 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan taʼsis qilingan. “Yurtimizda xotin-qizlarning sifatli ta’lim va tarbiya olishiga alohida e’tibor qaratilmoqda. Mutafakkir jadid bobomiz Abdurauf Fitrat ta’biri bilan aytganda, „Onalar — butun bashariyatning tarbiyachilaridir“. Darhaqiqat, oilada bir nafar qiz o‘qib, oliy ma’lumotga, zamonaviy kasb-hunarga ega bo‘lsa, xonadondagi muhit butunlay o‘zgaradi. Biz shu maqsadda xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha muhim dasturni qabul qildik”2 Zulfiya nomidagi davlat mukofotining dolzarbligi bugungi kunda yosh xotin- qizlarni rag‘batlantirish, ularda intellektual va ijodiy salohiyatni rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Quyida uning dolzarbligini ochib beruvchi asosiy jihatlar keltirgan: — Xotin-qizlar huquqlari va imkoniyatlarini kengaytirish; Bugungi kunda gender tengligi va xotin-qizlarning ijtimoiy hayotdagi rolini oshirish global dolzarb masalalardan biridir. Zulfiya mukofoti orqali yosh qizlar o‘z imkoniyatlarini amalga oshirishda kuchli rag‘batga ega bo‘ladi. Mukofot nafaqat iste’dodni e’tirof etadi, balki qizlarni ijtimoiy, ilmiy va madaniy sohalarda faol ishtirok etishga undaydi. — Kelajak liderlarini shakllantirish; Mukofot yosh iste’dodli qizlarni tanlab, ularni yetakchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga yordam beradi. Bu dolzarb, chunki bugungi kun jamiyatida xotin-qizlar liderlik lavozimlarida ham faol bo‘lishi kerak. Ular nafaqat milliy darajada, balki xalqaro maydonda ham o‘z o‘rnini topish imkoniyatiga ega bo‘ladi. — Zamonaviy ijtimoiy ehtiyojlarga javob berish; O‘zbekistonda yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. Zulfiya mukofoti shu siyosatning bir qismi sifatida jamiyatning ehtiyojlariga javob beradi. Yoshlar o‘rtasida ilm-fan, san’at va 1 I.A.Karimov. Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch. — T.: «Ma’naviyat», 2010. — 176 b. 2 2023-
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada Zulfiya nomidagi davlat mukofoti xotin- qizlarning ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalardagi yutuqlarini eʼtirof etish va ragʻbatlantirish vositasi sifatida yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada Zulfiya nomidagi davlat mukofoti xotin- qizlarning ijtimoiy, madaniy va ilmiy sohalardagi yutuqlarini eʼtirof etish va ragʻbatlantirish vositasi sifatida yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: xotin-qizlar, adabiyot, bilim, tashabbus, ilm-fan, loyiha, san’at, teng huquqlilik, kitobxonlik
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025