Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
GEOLOGIK DAVRLAR TASNIFI VA PALEONTOLOGIK TOPILMALAR
Rasulov Azimdjan Nozimdjanovich
Исследователь · 2026
Аннотация
Палеонтология - эта наука тесно связанная не только с биологией и геологией, но и играет важную роль в понимании истории человечества. Палеонтологические находки - помогают нам понять жизнь прошлого, климат и эволюционные процессы в природе. В данной статье освещены вышеуказанные темы и описаны на примере Государственного музея природы Узбекистана. Ключевые слова: палеонтология, палеонтологические находки, геологические эпохи архей, палеозой, мезозой, кайнозой, Государственный музей природы Узбекистана, экспонат, ископаемые. Annotation Paleontology is a science closely related not only to biology and geology, but also plays an important role in understanding human history. Paleontological finds help us understand the life of the past, climate and evolutionary processes in nature. This article highlights the above topics and describes them using as the example of the State Museum of Nature of Uzbekistan. Keywords: paleontology, paleontological finds, geological epochs of the Archean, Paleozoic, Mesozoic, Cenozoic, scientific research,The State Museum of Nature of Uzbekistan, exhibit, fossils. Paleontologiya (yun. “paleo” - qadimgi, “ontos” - jonzot va “logos” - fan, taʼlimot) - biologik fan bo‘lib, u geologik o‘tmish dunyosini davrlar asosida qazilma qoldiqlari saqlangan organizmlar, ularning hayot faoliyatini va oriktotsenoz (toshqotgan organizmlar, yunoncha “oryctos”-qazilma ) larni o‘rganuvchi fan. Ya’ni, Yer yuzida ilgaridan yashagan hayot shakllarini, ularning rivojlanishini va yo‘q bo‘lib ketishini o‘rganadigan fan hisoblanadi. U geologiya, biologiya va arxeologiya fanlari https://scientific-jl.com 7 2 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bilan chambarchas bog‘liq. Аyniqsa, paleontologik topilmalar orqali olingan maʼlumotlar insonning Yer tarixi haqidagi bilimlarini sezilarli darajada boyitadi. Bunday topilmalar hayvonot va o‘simliklarining qotib qolgan qoldiqlari, izlari va skletlaridan iborat bo‘ladi. Ular turli geologik davrlarda Yerda hayot bo‘lganligiga dalil sifatida xizmat qiladi. Geologiya va paleontologiya fanining mahsuli bu Geologik vaqt shkalasi bo‘lib, u Yer yuzida ro‘y bergan geologik, biologik va atmosferaviy o‘zgarishlarning davriyligiga asoslanadi. Ushbu shkala yordamida olimlar paleontologik topilmalarni aniq bir davrga mansub deb baholay oladilar. Shu tariqa, geologiya va paleontologiyaning uyg‘un hamkorligi yer tarixi va hayot evolyutsiyasini tushunishda muhim o‘rin tutadi. Paleontologiya fani asosan geologik vaqt shkalasi asosida harakat qiladi. Geologik davrlar Yer tarixining milliardlab yillik bo‘limlarini tashkil etib, ular orqali hayotning qanday rivojlanganini, qaysi davrda qanday jonzotlar ustun bo‘lganini, qanday yo‘q bo‘lib ketishlar yuz berganini bilish mumkin. Masalan, mezozoy davri – reptiliyalar, ayniqsa dinozavrlar davri sifatida mashhur bo‘lsa, kaynozoy – sut emizuvchilarning gullab-yashnagan davridir. Geologik vaqt shkalasi va uning asosiy davrlari Geologik vaqt shkalasi – Yer tarixini milliardlab yillik davrlarga bo‘lib o‘rganish imkonini beradigan ilmiy tizimdir. U geologik, paleontologik va biologik o‘zgarishlar asosida tuzilgan bo‘lib, Yerda hayot paydo bo‘lgan ilk davrdan to hozirgi kungacha bo‘lgan jarayonlarni qamrab oladi. Geologik vaqt katta eralarga: Аrxey, Paleozoy, Mezozoy va Kaynozoy eralariga bo‘linadi. Har bir era o‘z navbatida bir nechta davrlarga bo‘linadi. O‘zbekiston davlat tabiat muzeyida mamlakat hududidan topilgan tosh qotgan qoldiqlar asosida olimlar tomonidan ishlangan “Geologik vaqt shkalasi” https://scientific-jl.com 7 3 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ko‘rgazma taxtasi mavjud bo‘lib, tashrif buyuruvchilarga geolgik davrlar haqida ma’lumot berishga yordam beradi (1-rasm). 1. Аrxey erasi (4,0-2,5 milliard yil avval). Yer tarixining eng qadimgi vaqti hisoblanadi. Bu davrda Yer qobig‘i hali to‘la shakllanmagan, atmosferada kislorod 1-rasm. O‘zbekiston davlat tabiat muzeyidagi “Geologik vaqt shkalasi” ko‘rgazma taxtasi. deyarli yo‘q bo‘lgan. Ilk hayot shakllari, yaʼni eukariot hujayralar - bakteriyalar va arxeyalar aynan shu davrda paydo bo‘lgan. Paleontologik dalillar sifatida stromatolitlar - qadimgi sianobakteriyalar qoldirgan izlar ko‘rsatilishi mumkin. 2. Paleozoy erasi (541-252 million yil avval). Bu davr hayot evolyutsiyasida muhim burilish nuqtasi hisoblanadi. U olti asosiy davrga bo‘linadi: Kembriy, Ordovik, Silur, Devon, Karbon va Perm. Bu geologik davrlar Paleozoy erasining tarkibiga kiradi va Yer tarixida juda muhim bosqichlardan biri hisoblanadi. Kembriy davrida “Kembriy portlashi” deb ataluvchi jarayon yuz berdi – organizmlar turlari tez va keng miqyosda tarqaldi. Hayvonlarning asosiy guruhlari paydo bo‘lgan. Hayvonlar anatomiyasida asosiy tuzilish tiplari (xordali, artropodlar va boshqalar) paydo bo‘lgan. Qattiq tanasini himoya qiluvchi (qobiqli) jonzotlar paydo bo‘lgan: trilobitlar, braxiopodlar, bulutlar
Доказательный фрагмент
«Палеонтология - эта наука тесно связанная не только с биологией и геологией, но и играет важную роль в понимании истории человечества.»
Образец извлечения
Демо-превьюПалеонтология - эта наука тесно связанная не только с биологией и геологией, но и играет важную роль в понимании истории человечества. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- paleontology, paleontological finds, geological epochs of the, arxey, kaynozoy, geologik davrlar, qazilma qoldiqlar., Kalit so‘zlar: Paleontologiya, paleontologik topilmalar, O‘zbekiston davlat tabiat muzeyi, paleozoy mezozoy, eksponat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014