Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
TAKOFULNING MINTAQALAR BO‘YICHA RIVOJLANISH TENDENSIYALARI TAHLILI
TENDENSIYALARI TAHLILI · Naimova Mashhura Qobiljon qizi
Исследователь · 1983
Аннотация
This article talks about the concept of Islamic insurance - takaful and an analysis of the development of takaful by region. Key words: takoful, insurance, Islamic insurance, tabarru, microinsurance, “participation insurance”. Bugungi kunda islom sug‘urtasi islom bankiga qaraganda sekinroq rivojlanmoqda. Bu sohada bank qoidalari, shuningdek, Malayziya qoidalari dunyoda birinchi o‘rinda turadi. Malayziya ikki tomonlama bank tizimiga ega bo‘lgan birinchi davlat bo‘lib, bir vaqtda islomiy va an’anaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi. 1983 yildagi Islom banklari to‘g‘risidagi qonun Markaziy bankka yangi islom banklarini yaratish va nazorat qilish huquqini bergan bo‘lsa-da, moliya vaziri qaror qabul qilish bo‘yicha yakuniy vakolatni saqlab qoladi. Islom sug‘urtasi biznesi rivojlanishning dastlabki bosqichida bir oz oddiyroq ko‘ringan. Takaful tadqiqotlari bo‘yicha nashrlar 2017-yildan boshlab jadal rivojlanishni va islomiy sug‘urta mahsulotlari turlarining ko‘payib boshladi. “Takoful” atamasi arab tilidagi “kafala”, ya’ni “kafil bo‘lmoq” fe’lidan kelib chiqadi va “o‘zaro kafolat” yoki “bir-biri to‘g‘risida o‘zaro qayg‘urish” ma’nolarini anglatadi. Mohiyatan, islomiy sug‘urtalash – takoful an’anaviy sug‘urtalashdan tubdan farq qiladi. Takoful tizimi asosida “tabarru” tushunchasi yotadi. “Tabarru” so‘zi arab tilidan olingan bo‘lib, “sovg‘a” yoki “xayr-ehson” degan ma’nolarni anglatadi. Bu esa shuni bildiradiki, har bir takoful ishtirokchisi zarurat tug‘ilganda boshqa a’zolarga chin dildan va manfaat ko‘zlamagan holda yordam berish niyatida bo‘lishi lozim. An’anaviy sug‘urtaning asosiy maqsadi — sug‘urta operatsiyalaridan daromad olishdir. Albatta, sug‘urtalanuvchi ham bu jarayondan foyda ko‘radi, chunki bunday https://scientific-jl.com 8 1 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali sug‘urta uning faoliyatidagi xavf-xatar darajasini kamaytiradi va moliyaviy barbod bo‘lishdan himoya qiladi. Ammo takoful tizimi bu jarayonga g‘arazsiz yordam ko‘rsatish tamoyili asosida yondashadi va foydani emas, ijtimoiy birdamlikni ustuvor deb biladi. So‘nggi besh yil ichida (2020–2024 yillar) islomiy sug‘urta tizimi – takoful – jahon bozorida barqaror o‘sish sur’atini namoyish etdi. Biroq, ushbu o‘sish mintaqalar kesimida bir tekis taqsimlanmagan. Quyida Yaqin Sharq, Janubi-Sharqiy Osiyo, Afrika, Janubiy Osiyo hamda Yevropa mintaqalarida takoful industriyasining rivojlanish tendensiyalari, statistik ko‘rsatkichlari va xususiyatlari tahlil qilinadi. 1-jadval 2020–2024 yillarda mintaqalar bo‘yicha takoful rivojlanishi1 Mintaqa Asosiy davlatlar Yillik o‘sish sur’ati Asosiy xususiyatlar (2020–2024) GCC (Saudiya 12–15% (barqaror) Yirik hajm, neft iqtisodi Yaqin Arabistoni, BAA bilan bog‘liq, hayot Sharq bo‘lmagan segment ustun Malayziya, 7–10% (sekinroq, Oilaviy takoful ustun, bank Janubiy Indoneziya, biroq mustahkam) bilan integratsiya Sharqiy Bruney (bankatakoful Osiyo Afrika Sudan, Nigeriya, 5–8% (siyosiy va Ko‘proq mikro-takoful, Keniya iqtisodiy omillarga qishloq xo‘jaligi va bog‘liq) sog‘liqni saqlashga yo‘naltirilgan Janubiy Pokiston, 4–6% (mahalliy Aholi zichligi yuqori, Osiyo Bangladesh talab asosida) iqtisodiy muvozanatga bog‘liq Yevropa Buyuk Britaniya, 3–5% (ko‘proq Regulyatsiya kuchli, lekin Turkiya, diaspora asosidagi bozor kichik; innovatsion Germaniya talab) yechimlar 2022-yilda Yaqin Sharq mintaqasida takoful bo‘yicha jami badallar hajmi 22 milliard AQSh dollariga yaqinlashdi. Ushbu hajmning asosiy qismini GCC davlatlari (asosan Saudiya Arabistoni, BAA, Quvayt, Qatar, Bahrayn va Ummon) ta'minlab, 1 Market Research Future. (2024). Takoful Market Size, Share, Report, Forecast 2034.IMARC Group. (2024). Takoful Market Size, Share, Growth, Trends Report, 2033.EIN Presswire. (2024). Takoful Market Projected for 15.2% CAGR, Reaching 199.64 Billion by 2034.Manbalar asosida muallif tomonidan tuzilgan. https://scientific-jl.com 8 2 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ularning hissasi 16,7 milliard AQSh dollari yoki global bozorning 55,7 foizini tashkil etdi. Saudiya Arabistoni 14,2 mlrd USD bilan mintaqada eng yirik bo‘lib, uning ta’minotidagi o‘sish sur’ati 26,9% ni tashkil etdi. Ikkinchi o‘rinda Eron turibdi (5,4 mlrd USD, 6% o‘sish), Qatarning badallari hajmi esa 0,527 mlrd USD bo‘lsa-da, yillik o‘sishi 72,5% ni tashkil etib, jadal o‘sish namunasini ko‘rsatdi(2.1.2-rasm). Qolgan GCC davlatlari (Birlashgan Arab Amirliklari, KSA tashqarisidagi OTM) jami taxminan 2,0 mlrd USD ga yaqin badal bilan bar grafikka kiritilgan. Ushbu grafik Saudiya va Eron bozorlarining uqt ir aloqasi va ularning GCСdagi dominant o‘rnini aniq ko‘rsatib beradi. 2010–2024 yillar oralig‘ida Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasida, xususan, Malayziya, Indoneziya va Bruneyda takoful (islomiy sug‘urta) bozori sezilarli o‘sish sur’atlarini namoyon etdi. Bu davrda Malayziya takoful sektori barqaror va yuqori o‘sish sur’atlari bilan ajralib turdi, 2011-yild
Доказательный фрагмент
«This article talks about the concept of Islamic insurance - takaful and an analysis of the development of takaful by region.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article talks about the concept of Islamic insurance - takaful and an analysis of the development of takaful by region. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- takoful, insurance, Islamic insurance, tabarru, microinsurance, sug‘urta, smikro-sug‘urta (microinsurance), islom sug‘urta, “participation insurance”., Kalit so‘zlar: takoful
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Магистерские диссертацииЮлдашев Ж.Х2014