Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MOVAROUNNAHRDA SHAYBONIYLAR SULOLASINING HUKMRONLIGINI O‘RNATILISHI VA UNING TARIXIY AHAMIYATI
MOVAROUNNAHRDA SHAYBONIYLAR SULOLASINING · Axmadov Davron Azamat oʻgʻli · Kalit so‘zlar: Shayboniylar
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining hukmronlik davrining boshlanishi, siyosiy va harbiy jarayonlar, sulola vakillarining faoliyati, shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotga ta’siri tahlil qilinadi. Shayboniylar tomonidan Temuriylar hukmronligining tugatilishi va Yaqin Sharqdagi kuchlar muvozanatining o‘zgarishi tarixiy manbalar asosida yoritiladi. Kalit so‘zlar: Shayboniylar, Movarounnahr, Temuriylar, Muhammad Shayboniyxon, tarixiy jarayon, siyosiy hokimiyat, O‘rta Osiyo tarixi. Movarounnahr hududi tarixda ko‘plab sulolalarning hukmronligi ostida bo‘lgan. XV asrning oxiri va XVI asr boshlarida ushbu mintaqada yangi siyosiy kuch – Shayboniylar sulolasi hukmronligi o‘rnatildi. Ularning hukmronlikka kelishi Temuriylar davlatining zaiflashuvi va parchalanishidan so‘ng yuz berdi. Shayboniylar hukmronligining o‘rnatilishi O‘rta Osiyo tarixida muhim burilish nuqtasi bo‘ldi. Shayboniylar sulolasi Chingizxonning o‘g‘li Jo‘chining avlodi bo‘lgan Shaybonning nomi bilan atalgan. Ularning dastlabki siyosiy faoliyati Dashti Qipchoq hududlarida yuzaga kelgan bo‘lib, asta-sekin Movarounnahr tomon siljiy boshladilar. Muhammad Shayboniyxonning siyosiy va harbiy faoliyatidagi asosiy maqsad — Temuriylar saltanatiga barham berib, uning o‘rnida mustahkam yangi davlat asoslarini yaratish edi. Bu niyatni amalga oshirish maqsadida u 1499-yilda Movarounnahr tomon keng qamrovli harbiy yurishni boshladi. Shayboniyxon o‘zining jangovar mahorati, ayniqsa, raqiblarini chalg‘itishga asoslangan “to‘lg‘ama” deb nomlangan noyob harbiy usuli bilan tezda muvaffaqiyatga erisha boshladi. Bu usul raqib askarlarini sarosimaga solib, ularni tartibsiz holatga keltirishga xizmat qilgan. 1499-yildan boshlab harbiy harakatlar avj oldi. Natijada, Shayboniyxon 1500- yilda birinchi marta Samarqand shahrini qisqa muddatga bo‘lsa-da egallashga muvaffaq bo‘ldi. Bu voqea yangi davr boshlanishiga sabab bo‘lib, aynan shu yili Shayboniyxon tomonidan yangi siyosiy tuzilma — Shayboniylar davlati asos solinganligi tarixga muhrlandi. Oradan bir yil o‘tib, ya’ni 1501-yilda Shayboniyxon Samarqandni to‘liq bo‘ysundirib, uni o‘z hukmronligi ostiga kiritdi. Shu munosabat bilan Temuriylar vakillaridan bo‘lgan Sulton Ali Mirzo qatl etildi. https://scientific-jl.com 1 3 9 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Bu yutuqlardan so‘ng Muhammad Shayboniyxon o‘zining kuchli qo‘shini bilan Movarounnahrning boshqa hududlarini ham egallashga bel bog‘ladi. 1503-yilda Toshkent va Shohruxiya shaharlarini zabt etdi. O‘z davlati hududlarini samarali boshqarish maqsadida u qarindoshlariga yirik shaharlarda hokimlik lavozimlarini taqsimladi. Jumladan, Temuriylar sulolasining nufuzli vakili Ulug‘bek Mirzoning Abulxayrxonga turmushga chiqqan qizi Robiya Sultonbegimning o‘g‘illari — Ko‘chkunchi Sulton va Suyunchxo‘ja Sulton — tegishli ravishda Turkiston va Toshkent viloyatlariga hokim etib tayinlandilar. Shayboniyxonning o‘z ukasi Mahmud Sulton esa Buxoro viloyatini boshqarishga yuborildi. Shayboniyxonning harbiy yurishlari 1504-yilda ham davom etdi va bu yil Farg‘ona vodiysi ham Shayboniylar tasarrufiga o‘tdi. U o‘zining sodiq va harbiy yurishlarda faol qatnashgan amakisining o‘g‘li Jonibek Sultonni Axsi va Andijon shaharlariga hokim qilib tayinladi. Jonibek Sulton Abulxayrxonning o‘g‘li Xo‘ja Mahmud Sultonning farzandi bo‘lgan. Bu tayinlovlar Shayboniylar oilasining siyosiy barqarorligini mustahkamlashga xizmat qildi. Shu tariqa, Muhammad Shayboniyxon boshlab bergan yurishlar natijasida butun Movarounnahr hududi yangi tuzilgan Shayboniylar sulolasi hukmronligi ostiga o‘tdi. Shayboniylar davlati poytaxti etib qadimiy va siyosiy ahamiyatga ega bo‘lgan Samarqand shahri tanlandi. Bu tarixiy jarayon Markaziy Osiyoda yangi davlatchilik an’analarining shakllanishiga zamin yaratdi va keyingi siyosiy barqarorlikning asoslarini belgiladi. Muhammad Shayboniyxon (1451–1510) Shayboniylar sulolasining asoschisi bo‘lib, u Temuriylar davlatining zaiflashgan paytida siyosiy sahnaga chiqdi. U 1500- yilda Buxoroni egallab, 1501-yilda Samarqandni, 1506-yilda esa Hirotni zabt etdi. Bu bilan Temuriylar hukmronligiga barham berdi. Shayboniylar O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat tuzishga harakat qilgan. Ular harbiy islohotlar o‘tkazgan, davlat boshqaruvini kuchaytirgan, shariatga asoslangan qonunlar joriy etganlar. Ayniqsa, Buxoro va Samarqandda madaniy hayot tiklanib, ilm- fan rivojiga hissa qo‘shilgan. Shayboniylar davrida Movarounnahrda hunarmandchilik, savdo, dehqonchilik rivojlandi. Karvon yo‘llari faoliyat ko‘rsatdi, yangi madrasa va masjidlar barpo qilindi. Ilm-fan namoyandalari qo‘llab-quvvatlandi. Shu bilan birga, diniy hayotda hanafiylik maktabi kuchaytirildi. Bundan tashqari, Shayboniylar Movarounnahrga o‘z siyosiy hukmronligini o‘rnatgach, bu hudud iqtisodiy va madaniy jihatdan asta-sekin ravnaq topa boshladi. Ayniqsa, Buyuk Ipak yo‘lining savdo aloqalari tiklana boshlagani bu jarayonning muhi
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining hukmronlik davrining boshlanishi, siyosiy va harbiy jarayonlar, sulola vakillarining faoliyati, shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy…»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Movarounnahrda Shayboniylar sulolasining hukmronlik davrining boshlanishi, siyosiy va harbiy jarayonlar, sulola vakillarining faoliyati, shuningdek, ushbu o‘zgarishlarning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so‘zlar: Shayboniylar, O‘rta Osiyo tarixi., Muhammad Shayboniyxon, siyosiy hokimiyat, tarixiy jarayon, Temuriylar, Movarounnahr
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025