Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XURSHID DO'STMUHAMMADNING "OROMKURSI"QISSASIDA YORDAMCHI PERSONAJLAR TAHLILI
XURSHID DO'STMUHAMMADNING "OROMKURSI"QISSASIDA · YORDAMCHI PERSONAJLAR TAHLILI · Salimova Rayxona Burxon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
Mazkur maqolada bosh qahramon atrofida birlashuvchi ,uning xarakterini ochib berishga qodir obrazlar tahlil qilindi. Kalit so'zlar: bosh obraz, yordamchi personajlar, bosh qahramon xarakteri,badiiy obrazlar Absrract: In the article, the characters surronding the main protogonist and playing a key role in revealing his character are analyzed. Key words: This study analyzed the main character, supporting characters,the potagonist'spersonality,and various artistic images presented in the work Har bir badiiy asarda muallif o'z fikr va g'oyalarini badiiy obrazlar orqali ifodalaydi.Obraz- bu asardagi qahramonning xarakteri, fe'l-atvori,fikr va harakatlari orqali gavdalantirilgan badiiy timsolidir. Asar voqealarining markazida turib, asar syujetini harakatga keltiradigan va oxirigacha rivojlantiradigan,asar bosh g'oyasini o'zida tashiydigan shaxslar-bosh obrazdir[1]. X.Do'stmuhammadning "Oromkursi"qissasi bosh qahramoni-Ko'klamali.U o'qish uchun qishloqdan shaharga kelib,rahmatli otasining obro'-hurmati tufayli talabalik baxtiga muyassar bo'lgan katta bir oilaning yolg'iz o'g'li.Asarda Ko'klamalining xarakterini ochib beruvchi bir nechta personajlar mavjud bo'lib,ular bosh obraz atrofida birlashadilar. Badiy asarda ma'lum bir g'oyani(asardagi bosh g'oyaning kichik bir bo'lagini)ifodalovchi,syujet davomida bir,ikki ko'zga ko'ringan obrazlar epizodik yoki yordamchi obrazlar deyiladi[2]. Forster yordamchi peronajlar haqida quyidagicha yozadi:"Yordamchi personaj ko'pincha bosh qahramonning fazilatlarini ochib berishga xizmat qiladi-bu yoki qarama-qarshilik orqali,yoki uni to'ldirish orqali amalga oshadi"[3]. Ko'klamalining otasi,Janobali Tongotarov,amal kursisini,obro'-e'tiborni sevuvchi inson sifatida gavdalanadi.Ko'klamali bir necha bor o'zidagi amalparastlik illatini otasidan meros kasallik ekanligini o'z-o'ziga ta'kidlaydi:"Otamning ruhi- poklari!..Otamdagi maslak-muhabbat!..Mansab-u martabaga mutelik!..","Otamdan meros kasallikmikan!?" https://scientific-jl.com 1 3 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Asarda Janobali Tongotarovning obro'-e'tiborni sevishi bir necha bor ta'kidlangan.Xususan,u o'g'illi bo'lganida uning kelajakda yaxshi bir amal kursining egasi bo'lishini niyat qilganida,Ko'klamali otasi haqida onasidan so'raganida uning :"Otangning fikr-yodi idoradagi kursida edi..Qizil suyanchiqli oromkursilarni senlardan,mendan ortiq ko'rar edilar,rahmatli...",deya bergan javobi ham fikrimizning isbotidir. Ko'klamalining yangi mavzusi bo'yicha ilmiy rahbari Nazirov bo'lib, vaqtida u Janobali Tongotarov tufayli "odam bo'lib qolgan"lardan edi.Shu sababli uning har bir gap-so'zi,xatti-harakati mulozamatdek,qarzini uzayotgandek ifoda bor:"Hay,hay,hay,bir aytdingiz,qaytib og'zingizga olmang bu so'zni.Rahmatli Janobali akamiz o'g'lonlik bo'lganlarini eshitganda muborak etgali birinchi bo'lib yetib borganlardanmiz-a!..Agar sizni kandidat qilolmasak u kishimning ruhi-poklari oldida kim degan odam bo'lamiz!" Nazirov Ko'klamalini amalparastlik kabi "yuqumli kasallik"dan ogohlantirishni ham ma'qul ko'rib,uni xushyorlikka chorlaydi:"Har yigitga omad kulib boqadi,Ko'klamali...Avval bundayroq omad keladi,odam unga ko'nikadi,so'ng kattarog'i nasib etadi.Banogoh tushgan omaddan uncha-buncha odamning beli mayishib ketadi...Duppa-drust,es-xushini tanigan kishilar,masalan,arzimagan mansabni egallaydi-da ko'z ochib ko'rgan kursisiga qapishib oladi.Qapishib oldimi,bas,vazifasi,burchi bir yoqda qolib mansabidan ayrilmaslikni ko'zlaydi.Kursining etagini ko'ziga surtadigan odam hech qanday pastkashlikdan qaytmaydi..." Domlaning to'satdan aytilgan bu nutqidan Ko'klamalining tabiatidagi mansab-u amalga o'chlik yaqqol ochib beriladi. Keyingi yordamchi personaj-Niyozovich.Hammasi uning idorasidagi oromkursini ko'rish bilan boshlandi.Bu kursini birinchi bor ko'rgan bosh qahramonimiz :"Shu ofatijonni menga sovg'a qiling"degan tizginsiz maylini zo'rg'a jilovlagan edi. Niyozovichning gah desa qo'lga qo'navermaganligi,Ko'klamaliga yaltoqlanib muomala qilmagani hamda Janobali Tongotarovni og'zidan bol tomib maqtamaganligi Ko'klamalining boshqa mavzu tanlashiga sabab bo'lgan,ehtimol.Buni Ko'klamali nutqidan keltirilgan parcha ham isbotlaydi:"Niyozovich bo'lmasa,mana,Nazirov bor". Ko'klamning tabiatidagi qo'rslik,"ortiqcha"gapga toqati yo'qligi qorovul chol nutqidan anglashiladi:"Ha,bolam,yashayotganingga bir hafta bo'lyapti-yu,na salom bor,na alik.Miltiqning o'qiday kirasan-ketasan,chiqasan-ketasan.Qattan kegansan,o'zi?Kimning,qanaqa odamlarning farzandisan?Bundo-oq gaplashaylik,bo'tam..." Bu savolga Ko'klamali sovuqqonlik bilan,qisqagina qilib:"Ishlar ko'p,vaqt ziq",deya javob berib qo'ya qoladi. https://scientific-jl.com 1 4 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Asardagi yana bir yordamchi personajlardan biri-talabalarni ijaraga qo'yuvchi aya.Ko'klam oilali talabalar yotoqxonasiga ko'chib kelishidan avval shu ayanikida yashaga
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada bosh qahramon atrofida birlashuvchi ,uning xarakterini ochib berishga qodir obrazlar tahlil qilindi.»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada bosh qahramon atrofida birlashuvchi ,uning xarakterini ochib berishga qodir obrazlar tahlil qilindi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- This study analyzed the main character, supporting characters, the, badiiy obrazlar, bosh qahramon xarakteri, Kalit so'zlar: bosh obraz, yordamchi personajlar
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025