К содержанию
РецензированоEN2026

XURSHID DO'STMUHAMMADNING "MA,OSH"HIKOYASI TAHLILI

Salimova Rayxona Burxon qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

This article examines the characters of the literary work and the conclusions derived from its content through analytical methods. Key words: Exposition, conflict, development of events, climax, character characterization, and resolution. X.Do'stmuhammadning mazkur hikoyasi ekspozitsiyasi Bahor ismli qizning kechki ovqatdan so'ng allaqanday noxushlikni sezib,yuragi uvishishi tasviri bilan boshlanadi.Onasining,ukasining otasiga hayrat aralash xavotir bilan qarab turganini ko'rgan Bahor ko'ngli bekorga g'ash bo'lmaganini tushunadi.Ayni mana shu tasvir asar tugunini tashkil qiladi.Goh ayoli Masturaning,goh farzandlari Bahor bilan Boburning Sabriddinga maoshni qaysi cho'ntakka solganligi haqida savollar berishi voqealar rivojini rivojlantiradi. Asardagi eng e'tiborga molik obrazlardan biri-Sabriddinning ayoli- Mastura.Mastura kerakli paytda o'z g'azabini jilovlay oladigan og'ir-bosiq ayol.U katta o'g'lining maktabiga,kichik o'g'lining bog'chasiga pul zarur bo'lib turganida maoshini o'g'irlatgan turmush o'rtog'iga zahrini to'kib-solmaydi.Aksincha,muloyimlik bilan:"Shunaqayam beparvo bo'lasizmi,dadasi?",deb qo'ya qoladi,xolos.O'g'li Boburdan kissavurlarning guruh-guruh bo'lib yrishini eshitganida:"Yaxshiyam sezmaganingiz,dadasi!Tag'in to'rtta-beshta kissavur bilan yoqalashib,voy,bir xudo asrabdi-ya!..Bosh-ko'zingizdan sadaqa-ya,o'sha maoshingiz!.." Yana o'g'li Bobur cho'ntakni lezva bilan kesganini taxmin qilganida:"Hayriyat,biqiningizni tilib yubormabdi!..",deya chin ko'ngildan quvonadi.Ro'zg'or kamchiliklari ko'pligiga qaramay,yo'qolgan maoshni erining "bosh-ko'zidan sadaqa"qilgan Mastura singari inson sog'ligi va qadr-qimmatini birinchi o'ringa qo'yuvchi ayol obrazi orqali yozuvchi insonlarni har qanday o'g'ir vaziyatda ham tushkunlikka tushmasdan,bardoshli bo'lishga chaqirish. Hikoyadagi yana bi tahliltalab obraz-Sabriddin.Sabriddin ismi ham ma'lum ma'noda yozuvchi badiiy niyatiga xizmat qilgan.Bu ism arabcha "Dinning sabr-toqatli https://scientific-jl.com 1 6 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali kishisi" degan ma'noni anglatadi.Darhaqiqat,u asar davomida qiyin ahvolda bo'lishiga qaramay,oilasining yonida o'zini xotirjam tutishga,sabrli bo'lishga harakat qiladi,hazil- mutoyibaga zo'r beradi:"Shu maoshga besh kishi ovora bo'lgani kulgili!..Maoshning o'zi cho'talcha chiqmaydi-yu nimasini bo'lishadi?" Uning ba'zi gaplari kitobxonda yumoristik kayfyat uyg'otsa,ba'zi xatti-harakatlari o'quvchida achinish hissini paydo qiladi:"Kostyumi ustidan paltosini kiyib,tugmalarining barini erinmay qadadi".Xuddi mana shu harakat orqali Sabriddin paltoning ichidan kiyilgan kastyumning ichki cho'ntagidan qanday qilib pulni olgani to'g'risida bosh qotirmoqchi bo'ladi. Asarning kulminatsion nuqtasi Bahor kostyum cho'ntagining yon tomonida teshik borligini payqaganida:"-Voy-y,cho'ntak yirtiq-ku,dada!"Bahorning olib borgan taftishi barcha shubha,taxmin-u gumonlarga nuqta qo'yadi. Sabriddin qanchalik sabr-chidamli bo'lsa,shunchalik sodda ham.U dastlab,paltoning ostidan kiygan kastyumining ichki cho'ntagidan pulni qanday o'marganini ham tasavvur qilolmaydi:"Lekin ichki cho'ntakda,qo'ltiqning ostida pul borligini qanday bildiykin,ablah?!".O'g'li Bobur "do'ppayib turgan"idan bilganini aytganida tushunib yetadi:"Topding,tavakkal qilgan.Tavakkal qilmasa,kostyumning ichki cho'ntagini qirqib,pul o'marishni uncha-muncha odam eplolmaydi!.." Asarning nima sababdan bunday nomlanganligi Sabriddin nutqidan oydinlashadi:"Maosh o'g'riga non-osh bo'larmidi.Maosh ro'zg'orga,qora qozonga mo'ljallangani uchun ma-osh,men esa hardamxayollik qilib,kissavurga ma,osh qip kepman..." Muallif bu asarida jamiyatda ikki xil toifa insonlarning borligiga urg'u bergan:ulardan biri o'z mehnati evaziga oilasini boqadigan insonlar bo'lsa,keyingi toifa esa osongina kimningdir maoshini o'zlashtirib،qing'ir yo'l bilan kun kechiradigan insonlar.Xulosa qilib aytganda,jamiyatimizda faqatgina halol pul bilan oila boqadigan insonlardangina iborat emas,ularning orasida birovning tayyor oshiga "sherik"bo'lib turadiganlar ham bor.Asardan ko'zlangan maqsad esa har qanday og'ir vaziyatni vazminlik,chidamlilik bilan yengib o'tishga undashdir. Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati: 1. Quronov D.Adabiyt nazariyasi asoslari.Navoiy universiteti,Toshkent-2018. 2. https://tafakkur.net. 3. Quronov D.Adabiyot nazariyasi asoslari.Noshir,Toshkent-2019. 4. https://www.ziyouz.com. 5. https://kh-davron.uz. 6. Umurov,H.Adabiyotshunoslik nazariyasi.A.Qodiriy,Toshkent-2004. 7. Saymuratova,I.,To'rayeva,D.,& Saidova,S.(2023.Badiiy asarda tavsiflash vositalari)Евразийский журнал технологий и инноваций, 1(6 Part 3),19-24. https://scientific-jl.com 1 7 63-son_6-to’plam_Iyun-2025

Доказательный фрагмент

«This article examines the characters of the literary work and the conclusions derived from its content through analytical methods.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article examines the characters of the literary work and the conclusions derived from its content through analytical methods. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Exposition, conflict, development of events, climax, character, tugun, kulminatsiya, personaj xaakteristikasi, yechim., voqealar rivoji, Kalit so'zlar: ekspozitsiya
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники