Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
X.DO' STMUHAMMADNING "PANOH"QISSASIDA SYUJET ASOSIY OQIMINI O'ZGARTIRISHGA QODIR OBRAZLAR TAHLILI
Salimova Rayxona Burxon qizi
Исследователь · 2026
Аннотация
In this article, the characters capable of altering the course of the plot were analyzed in terms of their traits, and their roles within the work were examined. Kalit soʻzlar: bosh obraz,yordamchi obrz,voqealar rivojini harakatga keltiruvchi obrazlar,insof,diyonat,diyonatsizlik. Key words: The work highlights concepts such as the main character, supporting characters, plot-driving figures, as well as themes of integrity, honesty, and dishonesty. Adabiyotning inson uchun ta'sir kuchi sezilari bo'lib,unda inson qalbi,jamiyat hayoti va zamon ruhi aks etadi.Har bir badiiy asar kitobxonga chuqur ma'no,nozik kechinmalar hamda o'ziga xos xulosalar taqdim etadi. Chet el adabiyotidan Ronald Barthes[1],Gerarg Genette[2],Seymour Chatman[3] lar o'z asarlarida syujet va uning asosiy oqimini o'zgartiruvchi obrazlar haqida ma'lumot va nazariyalar bergan.Bu nazariyalar asosida voqealar rivojini o'zgartiruvchi obrazlar voqealarning strukturaviy va semantik o'zgarishlarini yaratadi.Ular syujetga yangi ma'nolar olib kiradi va o'quvchini voqeaga qiziqtirish uchun zarur. Asar qurilishida tutgan o'rniga qarab obrazlar bosh va yordamchi obrazlarga bo'linadi. Asar voqealarining markazida turib,asar syujetini harakatga keltiradigan va oxirigacha rivojlantiradigan,asar bosh g'oyasini o'zida tashiydigan shaxslar bosh obraz bo'lsa,badiiy asarda ma'lum bir g'oyani(asardagi bosh g'oyaning kichik bir bo'lagini )ifodalovchi,syujet davomida bir,ikki ko'zga ko'rinadigan obrazlar yordamchi obrazlar deyiladi[4]. Asar syujetida mhim o'rin tutuvchi bosh qahramon-Ahmadali.Jo'ba qishlog'ida zilzila sodir bo'lishi bilan voqealar rivojlanib boradi.U uyiga borguncha zilzila sabab yordamga muhtoj bo'lib turgan insonlarga yordam berib,ichki "men"i (Kimsan)bilan suhbat qurib boradi.Yo'l-yo'lakay yoshlik xotiralarini eslagan Ahmadali chuqur o'yga toladi.Uning ayoli Ma'rifat yosh kadr bo'lgani uchun qo'llab-quvvatlash maqsadida unga posyolkadan ko'p qavatli uy beriladigan bo'ladi.Dastlab,Ahmadali bu xabardan https://scientific-jl.com 1 8 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali quvonib ketadi.Akasi,opasiga bu haqida gapirganida ular Odilbekovlarning butun shajarasi yashab kelgan bu uyni tashlab ketishiga norozi bo'ladi.Ko'p xonali uyning qulayligini vaj qilgan Ahmadaliga akasi tubandagi fikrni aytib,xulosa chiqarishga undaydi:"Qulaylikka-qulay,faqat erta-yu kech qulaylikni o'ylaydigan bo'lib qolyapmiz-da,uka...", "Bor-shudimizni qulay yashashga almashib yuboryapmiz". Voqealar rivoji davomidan Ahmadalining tirnog'i etidan ajralib tushadi.Tushadi- yu,qon oqmasdan,faqat zirqirab og'riydi.O'z qishlog'ining qanchalar qadrdon,o'z hovlisining tabarruk ekanligini anglab yetgan Ahmadali uyini,qishlog'ini etiga,o'zini esa etdan ajralib qolgan tirnoqqa qiyoslaydi.Demak,qadrdon go'shasidan ayrilgan insonning ham ko'rinishi sog'lom-u,ich-ichidan zirqirab tinchlik bermaydigan dardi bor! Asar so'nggida akasining gaplarini o'ylab ko'rgan,bolalik xotiralarini hadya etgan bu hovlidan ketolmasligini anglab yetgan Ahmadali xayolida akasining:"Bor- shudimizn qulay yashashga almashib yuboryapmiz!",degan so'zlari charx uradi.Ahmadali tabiatan uzoqni o'ylaydigan,farzandlari uchun hamma narsaga tayyor ota sifatida tasvirlanadi.Xususan,u zilziladan so'ng uyiga shosharkan,xayollari tinchlik bermaydi:"Ahmadali qulagan devor uyumlariga qoqilmay-netmay ko'chaga chiqdi.Uyi tomon yugurdi.O'g'lini birga olib chiqmagani uchun o'zini o'xshatib so'kdi". Keyingi asar voqealar rivojini oʻzgartira oldigan yordamchi obrazlardan biri- Ahmadalining otasi-Abdiali.U qishloqdagi Ona o'rikning danagidan olib kelinib,ekilgan uch tup o'rik uchun "Xalq dushmani"sifatida tergov qilinib,qamoqqa olinadi.Abdiali tabiatan juda sodda inson.Uni oddiy o'rikni "o'zlashtirgan"i uchun "Xalq dushmani'ga chiqarib o'tirishganida ham:"Axir qishloqdagi hamma o'riklar ona o'rikdan tarqagan...Shunga qaramay har bir hovlidagi o'rik-o'sha xonadon egaainiki hisob!",degan gapni ochiq aytolmaydi."Qishloqdagi shuncha inson ko'chat olsa- yu,nega faqat men olganim ko'zlaringga ko'rinadi?",deb o'zini "oqlash" ham xayoliga kelgan emas. Keyinchalik qamoqdan chiqib, "oqlangan"ida ham o'z qishloqdoshi bo'lmish Appon zakun bilan sen-u menga bormaydi.Yangi qurilgan maktabga direktor bo'lishni iltimos qilganlarida:"Appon Ahmedovich obodonlashtirish boshlig'i bo'lgan joyda men ishlolmayman ham,yasholmayman ham!",deb qo'ya qoladi. Abdiali-oriyatli,hamiyatli inson.Qamoqdan chiqib kelganidan hovlini o'rab turgan devorni ancha ichkariga siljitib,o'rik daraxtlarini devordan tashqarida qoldirgan bolalaridan mamnun bo'ladi.Yillar o'tib o'rik qanchalik ko'p hosil bermasin,bir dona og'ziga olmaydi. Abdialining qamalishi uchun sabab bo'lganlardan biri-Appon zakun.U insofsiz,diyonatsiz inson bo'lib,tergov jarayonida arzimagan narsalarni ayb deb Abdialining bo'yniga qo'yadi:"Hayf-e,sizga muallimlik!Shunday ajoyib zamonda "yil og'ir keldi"deyishga qanday tilingiz bordi?.. "Toshdanak" emish-a.
Доказательный фрагмент
«In this article, the characters capable of altering the course of the plot were analyzed in terms of their traits, and their roles within the work were examined.»
Образец извлечения
Демо-превьюIn this article, the characters capable of altering the course of the plot were analyzed in terms of their traits, and their roles within the work were examined. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- The work highlights concepts such as the main character, supporting, yordamchi obrz, Kalit soʻzlar: bosh obraz, diyonat, voqealar rivojini harakatga keltiruvchi obrazlar, insof, diyonatsizlik.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025