К содержанию
РецензированоUZ2026

ALISHER NAVOIY ASARLARIDA SIFATLARNING QO‘LLANILISHI

Boymirzayev Muhammad · Bozorova Zuhra · Mamadaliyeva Sevinch

Исследователь · 2026

Аннотация

This article discusses Alisher Navoi's ideas about qualitative degrees and proves that they are still used in modern Uzbek grammar. In addition, the question of whether Navoi created the traffic light is answered with evidence. Keywords: phonetic method, traffic light, quality levels, color adjectives, three seasons of human life. O'zbek tili boy va xilma-xil, shuning uchun uni o'rganish va chuqur tushunish uchun asosan lugatlar va ilmiy asarlar qo’l keladi. Ushbu maqolada o’zbek tilida mavjud sifat so'z turkumiga oid birliklarning xususiyatlari tahlil qilinadi. Sifatlar otlarning sifatini, xususiyatini, holatini, rangini, shaklini va boshqa xususiyatlarini ifodalaydi. Asosan predmetning, qisman harakatning belgisini bildiruvchi mustaqil so‘z sifat deyiladi: qizil qalam, oq kabutar, yaxshi gapirmoq. Boshqa so‘z turkumi ham belgi ifodalaydi. Ammo sifat barqaror va turg‘un belgi ifodalashi jihatidan ulardan ajralib turadi. Masalan, Gul qizil deganda turg‘un (statik) belgi, Gul qizardi deganda esa o‘zgaruvchi (dinamik) belgi namoyon bo‘lgan. Sifat anglatadigan belgi boshqa turkum anglatadigan belgidan xususiyati bilan farqlanadi. Ravish ham belgi bildirishiga koʻra sifat bilan oʻxshashdir. Ammo ravusha harakat va holat belgisini bildirsa, sivat predmetning belgisini bildiradi. O'zbek tilida sifatlar quyidagi guruhlarga boʻlinadi. Xususiyat bildiruvchi sifat, asosdan anglashilgan narsa/predmetga me’yordan ortiq egalik belgisini bildiruvchi sifat: aqlli, kuchli; Holat bildiruvchi sifat, narsa/mavjudotning holat yoki vaziyatini turg‘un belgi sifatida ifodalaydi: goʻzal, oʻktam,koʻrkam; Shakl bildiruvchi sifat, bu turdagi sifat narsa/predmetning tashqi ko‘rinishini ifodalaydi: dumaloq yumaloq, aylana; https://scientific-jl.com 2 9 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Rang-tus bildiruvchi sifat, narsa va buyumning rangini ifodalaydi: oq, koʻk, qizil, qora, sariq; Maza-ta’m bildiruvchi sifat, predmetning mazasini bildiradigan sifatlar: shirin, achchiq; Hid bildiruvchi sifat : xushbo‘y, badbo‘y; O‘lchov bildiruvchi sifat : tor, uzun, yaqin, katta; O‘rin bildiruvchi sifat, yasama va nisbiy sifatlar: ichki, tashqi, devoriy; Payt bildiruvchi sifat, yasama va nisbiy sifatlar ham deyiladi: kuzgi, yozgi, qishki.1 Rang- tus, sifatlari haqida gapirar ekanmiz bevosita Alisher Navoiyning ham rang birdiruvchi va sifat darajalari haqidagi qarashlariga toʻxtalib oʻtamiz." Muhokamat ul lugʻatayn" asarida : "Biror sifat yoki rang-tusni orttirma darajada ifodalash uchun so‘zning bosh qismidan oldida bir «р» yo «m» harfini qo‘shib qo‘yadilar. Masalan: op-poq, qop-qora, qip-qizil, sap-sarig‘, yum-yumaloq, yapyassi, op-ochug', chup-chuqur; bu nav’ Turkiy so‘zlar ham xiyla topilad. «m» harfi orttirilgani misoli: ko'm-ko ‘к, yam-yashil, bo ‘m-bo 'z", - deb ta'kidlab oʻtadi. 2Aytish joizki, sifat darajalarining bu xil koʻrinishlari bugungi kungacha qoʻllanishda davom etmoqda. Hozirgi oʻzbek adabiy tilida fonetik usul orqali hosil qilinadigan orttirma daraja sifatlari fikrimizning tasdiqi boʻladi. Masalan: qopqora, yap-yapaloq, dum- dumaloq yoki urg‘uli tovushning cho‘zilishi: (u’zun), (bala’nd), (chiro‘yli). Bundan tashqari Alisher Navoiy bir g'azalida ham sifat so'z turkumiga oid, soʻzlarni svetafor shaklida radif sifatida qoʻllagan. "Demak Alisher Navoiy svetafor haqida XV asrdayoq aytib oʻtgan ekan" , - degan fikrlar ham mavjud boʻlib, bu fikrning qanchalik oʻrinli ekanligini quyida g'azaldan baytlar keltirib tahlil qilib, aniqlaymiz. Xil’atin to aylamish jonon qizil, sorig‘ yashil, Shu’layi ohim chiqar har yon qizil, sorig‘, yashil. Ya’ni: jononim qizil, sorig‘, yashil rangli to‘n kiymish, shundan beri yurakdan chiqadigan ohim shu’lalari ham qizil, sorig, yashil tusdadir... Xo‘sh, shoir bunda faqat odamni ko‘zda tutmoqdami? Olamni ham ko‘zda tutmayaptimi? Xudoni-chi? Biz bugun shundoq deb ayru-ayru savol qo‘yamiz. Lekin bu tushunchalarni Navoiy bir- biridan ayirmagan, uning falsafasi ularni bir butunga jamlagan, «vohid» deb baholagan. Shoirning «jononi»da olam yashaydi, u olamda esa, qatrada quyosh aks etganidek, kamolotning oliy timsoli bo‘lmish oliy xilqat, yuksak haq-haqiqat, Alloh aks etadi... Yor to‘ni, olam libosi, haqiqat manzarasi rang-barang, bas, ularning qarshisida turgan Navoiy hayratlari ham, shu’layi ohu fig‘onlari ham rang-barangdir... Shoir endi ana shu rang-baranglik ohangini rivojlantiradi, o‘zining yorga (olamga, 1 R. Sayfullayeva “Hozirgi o’zbek adabiy tili” darslik 247- bet 2 “ Muhokamat ul-lug’atayn” 28-29- bet https://scientific-jl.com 3 0 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali xudoga) nisbatan kechinmalari orqali ma’naviy suvratlar, lavhalar chizadi, ko‘zimiz o‘ngida ruh kitobining rang-barang sahifalari ochiladi: Gulshan ettim ishq sahrosin samumi ohdin, Kim esar ul dasht aro har on qizil, sorig‘, yashil. Ya’ni, ishq sahrosini ohim samumi (garmseli)dan gulshan (rang-barang) etdim, zero ul das

Доказательный фрагмент

«This article discusses Alisher Navoi's ideas about qualitative degrees and proves that they are still used in modern Uzbek grammar.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses Alisher Navoi's ideas about qualitative degrees and proves that they are still used in modern Uzbek grammar. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
phonetic method, traffic light, quality levels, color adjectives, three, inson umrining uch fasli., svetafor, rang-tus sifgatlari, sifat darajalari, Kalit so’zlar: fonetik usul
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники