К содержанию
РецензированоUZ2026

LINGVOKULTUROLOGIYA VA METAFORIK IFODALAR TASNIFI(INGLIZ VA O'ZBEK TILLARI QIYOSIDA)

Qobuljonova Robiya

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada lingvokulturologiya sohasi hamda metaforalar haqida o'rganildi. Ularning kelib chiqish tarixi, turlari , ularga oid terminlar haqida ma'lumot berildi. Metaforalarning lingvokulturologik jihatdan tahlilining tilshunoslikdagi o'rni to'g'risida izoh berildi. Ingliz va o'zbek tillariga oid metaforik ifodalarga bir nechta misollar berilib , lingvokulturologik jihatdan tahlil qilindi. Kalit so’zlar: lingvokulturologiya, metaforik birliklar, lingvokulturologik tahlil, mentalitet, tarjima. Hozirgi kunda zamonaviy texnologiyalar rivojlangan bir davrda tilshunoslikning yangi sohalari ustida ham tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Lingvokulturologiya sohasi ham tilshunoslikning shunday yangi yo'nalishlaridan biri hisoblanadi. Bu soha til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlik, tilning madaniy xususiyatlari va uning madaniyatga ta'siri kabilar o'rganiladi. Ushbu fanning ildizi tilshunos olim V. fon Gumboldtga borib taqaladi. Lingvomadaniyatshunoslik alohida fan sifatida XX asr oxirida shakklangan bo'lsa-da, uning o'rganilish tarixi qadimgi davrlardan boshlangan. Aristotel, Herder, Humboldt kabi faylasuflar til va madaniyat o'rtasidagi aloqaga e'tibor berganlar. Vilgelm fon Humboldt tilni "millat ruhi" deya ta'riflaydi hamda til va madaniyat o'rtasidagi bog'liqlikni asoslab beradi. Bugungi kunga kelib O'zbekistonda ham ushbu soha faol ravishda rivojlanmoqda. Til va madaniyat, milliy qadriyatlar, til birliklarining madaniy mazmuni tahlik qilinmoqda. Lingvokulturologiya sohasiga kulturema, lakuna, evfemizm, madaniy shok kabi terminlar bilan birgalikda metaforalarni ham kiritish mumkin. Chunki metaforik ifodalar madaniy qadriyatlar, mentalitetni o'zida aks ettiradigan asosiy til birliklaridan biridir. Metafora( grekcha, metaphora-ko'chirish) - bir narsa nomining boshqa narsa nomiga shakl, xususiyat, harakat, rang , hid , hajm kabi belgisiga ko'ra ko'chirish[1]. Metafora orqali bir narsa nomi boshqasiga o'tganda o'rtadagi asosiy belgi ma'nosi saqlanib qoladi. Misol uchun, "arraning tishi" birikmasida tishning shakli o'xshashligiga ko'ra metafora hosil qilinyapti. "Arra tishi" ham inson tishi singari qator joylashgan va o'tkir bo'ladi. "Yashindek uchmoq" iborasida esa oredmetning vazifasiga https://scientific-jl.com 3 5 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ko'ra ma'no kochmoqda, ya'ni insonning yoki boshqa narsaning tez uchishi yashinning ilg'ab bo'lmas darajadagi tezligiga o'xshatilmoqda. Ko'p yozuvchilar o'zlarining asarlarida metaforalarni ishlatishni afzal ko'radilar. Sababi, metaforik ifodalar o'quvchining tasavvurida sharhlanayotgan vaziyatni yaqqol chizib berishda katta ko'mak bo'la oladi. Metaforalar lingvokulturologik jihatdan tildan tilga farq qilishi mumkin. Misol uchun, ingliz tilida "Time flies" metaforasi mavjud. Bunda vaqt qushga nisbat berilmoqda va uning tez o'tib ketishi qushning tez parvoziga o'xshatilgan: "Time flies over us, but leaves its shadow behind[2]. " O'zbek tilida ham ushbu metaforaning ma'nosiga teng keladigan birlik mavjud:" Umr-oqar daryo". Yoki ingliz tilshunosligida mavjud "It is raining cats and dogs[3]" metaforasini misol qilishimiz mumkin. O'zbek tilida ushbu ifodaning muqobili tarzda quyidagilarni berishimiz mumkin: " Yomg'ir chelaklab quydi; osmon ko'z yosh to'kdi ...". Lingvokulturologik jihatdan tahlil qiladigan bo'lsak, ingliz xalqlarida metaforalar ko'proq jonli narsalarga bog'liq tarzda yasalar ekan, o'zbek tilida esa, aksincha, jonsiz narsalar metaforalar uchun asos vazifasini bajaradi. Lingvokulturologiya sohasida metaforik ifodalarni tahlil qilishning bir nechta usullar mavjud. Birinchi navbatda, ma'lum tilga doir metaforalarni aniqlash kerak bo'ladi: "Til -millat ko'zgusi". Keyin esa "source domain"( konseptual soha ) hamda "target domain" (nishon) aniqlanadi : Ko'zgu haqiqatni aks ettiruvchi obyekt; til esa - xalqning kimligini , dunyoqarashini bildiradi. Keyingi bosqichda aynan nima uchun tanlangani aniqlanishi kerak. Bunda xalqlarning madaniyati , qadriyatlaridan xabardor bo'lish talab etiladi. Yuqoridagi ifoda o'zbek xalqining tilda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo'lishini ifodalaydi. So'nggida turli tildagi metaforalarning farqlari tahlil qilinadi: "Язык- душа народа" (Til xalq ruhi). Tilshunoslikda ingvomadaniyatshunoslik sohasi orqali metaforalarni tahlil qilishning ahamiyati kattadir. Bu, avvalo, xalqlarning qadriyatlari, an'analarini o'rganishda asosiy manbalardan biri hisoblansa, ikkinchidan, tarjima sohasida ham kamchiliklarga yechim bo'la oladi. Xalqlar o'ziga xos turli madaniyatga ega bo'lgani bois , ularning qadriyatlarini bildiradigna lingvistik birlik-metaforalarni tildan tilga so'zma-so'z tarjima qilishda kamchiliklar paydo bo'lishi mumkin. Shu sababli metaforik birliklarni lingvokulturologiya sohasi yordamida tahlil qilish ahamiyatlidir. Xulosa qilib aytadigan bo'lsak , lingvomadaniyatshunoslik- til va madaniyat, til va mentalitet o'rtasida bog'liqlikni o'rganadigan fan hisoblanadi. Meta

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada lingvokulturologiya sohasi hamda metaforalar haqida o'rganildi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada lingvokulturologiya sohasi hamda metaforalar haqida o'rganildi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Kalit so’zlar: lingvokulturologiya, metaforik birliklar, mentalitet, lingvokulturologik tahlil, tarjima.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники