К содержанию
РецензированоUZ1991

“BOBURNOMA” ASARIDA TABIAT TASVIRINING ILMIY AHAMIYATI SCIENTIFIC SIGNIFICANCE OF THE DESCRIPTION OF NATURE IN “BABURNAME”

Maxmudova Nodira Abduvoxit qizi · Rahmonov G‘ulomjon Rahimjon o‘g‘li

Исследователь · 1991

Аннотация

Ushbu maqola axborot texnologiyalari yordamida virtual sayohat qilish orqali muzeylar bilan tanishish va bunday sayohatdagi afzalliklar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Kalit so‘zlar: vabsayt-muzey, virtual sayohat, muzey, ekskursiya, vizual, mashg‘ulot, tomosha, targ‘ibot. Virtual muzey (vebsayt-muzey) — bu Internet nashrning maxsus turidir. Virtual muzey (ing. virtual – haqiqiyga o‘xshash muhit) — haqiqatda mavjud bo‘lgan muzey (muzey saytlari) yoki haqidagi elektron axborot vositalari orqali olish mumkin bo‘lgan ma’lumotlar. Virtual muzeylar elektron axborot vositalari tomonidan taqdim etiladigan interaktiv xususiyatlardan foydalanish bilan tavsiflanadi: foydalanuvchi uch o‘lchamli zallar orqali «harakat qilishi» mumkin, har qanday ma’lumot va tasvirlarni olishi mumkin. Muhim jihatlardan yana biri saytga tashrif buyuruvchilar bilan doimiy qayta aloqa ta’minlanadi. Internetdagi ilk muzey 1991-yili paydo bo‘lgan edi. Mutaxassislarga ko‘ra, har qanday fotosuratlar to‘plami virtual muzey bo‘la olmaydi. Virtual muzey degan nomni qozonish uchun kamida ikki xususiyat lozim. Birinchidan 3-D virtual sayr imkoniyati bo‘lishi kerak. Ikkinchidan asarlarni chuqur tadqiq qilish imkonini beradigan yuqori sifatli suratlar lozim. Virtual muzey imkoniyatlarini ilk bora Microsoft asoschisi Bill Geyts tushunib yetgani aytiladi. Bill Geyts Corbis vositachi firmasi orqali san‘at asarlarini namoyish qilish huquqini 1989-yildan boshlab sotib ola boshlagani aytiladi. Ayni paytda google shirkati yaratgan virtual muzeylar millionlab ziyoratchilar bilan gavjum. Bugungi kunda mamlakatimiz hududidagi turli muassasalar, korxonalar, qurilish tashkilotlari, qishloq, jamoa boshqaruv xoʻjaliklari qoshida, shahar, tuman, viloyat markazlarida, xalq ta’limi tizimida jami 1200 tadan ortiq muzeylar boʻlib, ularning eng yiriklari poytaxtimizda joylashgan. Shu bilan birga, oʻnlab yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar va mashhur san’at arboblarining uy muzeylari ham faoliyat koʻrsatmoqda. Virtual muzey veb-saytlarning shunday turiki, unda muzeydagi materiallar koʻrgazmasi amalga oshiriladi. Virtual muzeylarning afzalligi shundaki, ular https://scientific-jl.com 6 4 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali eksponatlarni saqlash, himoyalash, keng, tez va osonlik bilan ommaga taqdim etishni Internet texnologiyalari yordamida amalga oshiradi. Birinchi veb-sayt muzeylari, ya’ni virtual muzeylar Internetda 1991-yilda paydo boʻlgan. Dastlab virtual muzeylar haqiqiy muzeylarning saytlari boʻlgan boʻlsa, keyinchalik shaxsiy veb-sayt – muzeylar paydo boʻla boshladi. Birinchi shaxsiy virtual muzeylar 1994-yilda paydo boʻlgan. Biroq barcha rasm toʻplamlari ham virtual muzey boʻla olmaydi. Virtual muzeylarning toʻplamlari ikkita oʻziga xos xarakteristikaga ega boʻlishi kerak. Bu virtual turlar va eksponatlarning mukammallashgan qidiruvidir. Birinchi boʻlib, virtual muzeylarning afzalligini koʻra bilgan odam Microsoft firmasi rahbari Bill Geyts boʻlgan. Virtual muzeylar nafaqat madaniy – ma’rifiy muassasasigina boʻlib qolmay, balki oʻquvchilar uchun katta qiziqish uyg‘otuvchi koʻrgazmalarni virtual tomosha qilish imkonini beruvchi dunyo san’ati boyliklari jamlamasidir. Umumta’lim maktablari oʻquvchilarining ilmiy dunyoqarashini shakllantirishda ularning roli kattadir. Chunki virtual muzeylar real muzeylardan farqi oʻqituvchi yordamisiz oʻquvchilar mustaqil oʻzlari sayohat qilishlari mumkin. Shunday ekan, bu ularga keng imkoniyatlarni yaratadi. Bu nafaqat ilmiy dunyoqarashni rivojlantiradi, balki oʻquvchilarning ma’naviy dunyosini boyitishga asos boʻladi. Virtual muzeylardan foydalanish oʻquvchilarni nafaqat muzey eksponatlari bilan tanishishga, balki Internet tarmog‘idan erkin foydalana olish koʻnikmasini hosil qilishga ham imkon yaratadi. «Virtual ekskursiyalar» – real muzey ekskursiyalaridan farq qilib, oʻquvchilarga muzey fondlariga virtual sayohat qilish imkoniyatini beradi. Bunda u real hayotda koʻra olmaydigan muzeylarga ham sayohat qila oladi. Oʻquvchilar virtual muzeylarga sayohat qilish orqali ma’naviy merosning tarixiy ildizlarini anglaydilar, tarixiy, adabiy, san’at namunalarini bir butun, yaxlit ma’naviy meros sifatida tushunishga erishiladi. Demak, virtual muzeylar bilan oʻquvchilarning mustaqil ishini tashkil qilish oʻqituvchining yordami va koʻrsatmasi orqali amalga oshirilishi umumta’lim dasturlariga muzey pedagogikasini keng targ‘ib etishni talab etadi. Bu esa oʻquv dasturlariga muayyan oʻzgartirishlar kiritilishiga olib keladi. Bunday tarzda oʻquv ishlarini tashkil etish samarali hisoblanadi(1-rasm). https://scientific-jl.com 6 5 63-son_6-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 1-rasm. O‘zbekiston davlat tabiat muzeyiga virtual sayohat. Virtual muzey yaratish va uni amaliyotda qoʻllashga doir izlanish natijasida quyidagi xulosalarga kelindi: 1. Oʻquvchilarni muzey eksponatlari bilan keng tanishishlariga imkon beradi. 2. Mashg‘ulotlar ja

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqola axborot texnologiyalari yordamida virtual sayohat qilish orqali muzeylar bilan tanishish va bunday sayohatdagi afzalliklar haqida ma’lumotlar yoritilgan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqola axborot texnologiyalari yordamida virtual sayohat qilish orqali muzeylar bilan tanishish va bunday sayohatdagi afzalliklar haqida ma’lumotlar yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
tabiat, jug‘rofiya, Hindiston, Farg‘ona vodiysi, Kalit so‘zlar: “Boburnoma”, fitonim, tarix., ekologiya, Mirzo Bobur
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники