К содержанию
РецензированоUZ2026

O‘QUV ISHLARI BO‘YICHA DIREKTOR O‘RINBOSARINING BOSHQARUV FAOLIYATINING MALAKASINI OSHIRISH MUAMMOLARI

Rahmatullayeva Shahzoda Abdulla qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

Umumta’lim maktablarining samarali faoliyati ta’lim sifatining yuqori darajada bo‘lishiga bevosita bog‘liq. Bu jarayonda maktab rahbariyatining, xususan o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining roli nihoyatda muhimdir. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari ta’lim jarayonining tashkiliy, metodik va nazorat funksiyalarini amalga oshiradi, o‘quv jarayonining samaradorligini ta’minlashda boshqaruvchilik vazifalarini bajaradi. Shu bois, uning boshqaruv faoliyatining malakasini oshirish ta’lim sifatini yaxshilash, maktabning rivojlanish strategiyasini amalga oshirishda muhim omil hisoblanadi. Biroq, malaka oshirish jarayonida bir qator muammolar yuzaga keladi, ular ta’lim tizimining samarali ishlashiga to‘sqinlik qiladi. Kalit so‘zlar: o'quvchilar, direktor o‘rinbosarlari, boshqaruv faoliyati, malaka oshirish, dasturlar, nazariy bilimlar, nazorat. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining boshqaruv faoliyatining malakasini oshirishda asosiy muammolardan biri bu malaka oshirish dasturlarining mazmuni va shaklining zamonaviy talablar bilan mos kelmasligidir. Ko‘plab malaka oshirish kurslari nazariy bilimlarga ko‘proq e'tibor qaratadi, amaliy ko‘nikmalarni shakllantirishga yetarli darajada urg‘u bermaydi. Natijada, direktor o‘rinbosarlari o‘z faoliyatida yuzaga keladigan amaliy vaziyatlarni samarali hal qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Zamonaviy boshqaruv uslublari, innovatsion ta’lim texnologiyalari hamda pedagogik rahbarlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan treninglar va seminarlar yetarlicha tashkil etilmayapti. Shuningdek, malaka oshirish jarayonida o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlarining ish yukining ko‘pligi muammo tug‘diradi. Ular nafaqat ta’lim jarayonini tashkil etish, balki o‘quvchilar, o‘qituvchilar bilan ishlash, hujjatlarni yuritish, turli hisobotlarni tayyorlash kabi ko‘p funksiyalarni bajaradi. Bu ish yukining ko‘pligi malaka oshirish uchun yetarli vaqt ajratishni qiyinlashtiradi. Malaka oshirish kurslari ko‘pincha ish vaqtida yoki undan tashqari soatlarda o‘tkaziladi, bu esa ish faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining faolligini pasaytiradi.[1] https://scientific-jl.com 2 8 9 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Yana bir muammo – malaka oshirish jarayonida individual yondashuvning yetishmasligi. Har bir direktor o‘rinbosari o‘zining boshqaruv uslubi, tajribasi, bilim darajasi va ehtiyojlariga ega. Biroq, malaka oshirish dasturlari ko‘pincha umumiy yondashuvda tashkil qilinadi, shaxsiy ehtiyojlar va kamchiliklarga e'tibor cheklangan bo‘ladi. Bu esa malaka oshirish samaradorligini pasaytiradi, chunki o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari o‘ziga kerakli bilim va ko‘nikmalarni yetarli darajada ololmaydi. Texnologik rivojlanish va raqamli ta’lim vositalarining keng tarqalishi malaka oshirish jarayonida yangi imkoniyatlar yaratmoqda. Ammo ko‘plab direktor o‘rinbosarlari zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanishda qiynalmoqda. Bu esa ularning boshqaruv faoliyatining samaradorligini pasaytiradi. Malaka oshirish dasturlarida axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini rivojlantirish, onlayn ta’lim platformalaridan foydalanishni o‘rgatish yetarli darajada tashkil etilmagan.[2] Malaka oshirish jarayonida motivatsiya masalasi ham muhim ahamiyatga ega. Ko‘plab direktor o‘rinbosarlari malaka oshirishga bo‘lgan qiziqish va motivatsiyani yo‘qotgan. Bu holat ko‘pincha malaka oshirish jarayonining mazmuni va shakli, shuningdek, olingan bilim va ko‘nikmalarning amaliy hayotga tatbiq etilishidagi qiyinchiliklar bilan bog‘liq. Malaka oshirish natijalari uchun rag‘batlantirish tizimining yetishmasligi ham motivatsiyaning pasayishiga olib keladi. Ta’lim tizimida malaka oshirishning moliyaviy va tashkiliy jihatlari ham muammo sifatida ko‘riladi. Ko‘plab maktablarda malaka oshirish uchun yetarli mablag‘ ajratilmaydi, bu esa sifatli kurslar va treninglarni tashkil etishni qiyinlashtiradi. Shuningdek, malaka oshirish jarayonini tashkil etishda yetarli metodik qo‘llanmalar va resurslar kamligi ham muammolarni kuchaytiradi. Boshqa muhim muammo – malaka oshirish jarayonida nazorat va baholash tizimining yetarli darajada tashkil etilmasligidir. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarining malakasini oshirish natijalarini baholash, uning boshqaruv faoliyatiga ta’sirini aniqlash uchun tizimli monitoring va baholash mexanizmlari zarur. Afsuski, ko‘plab hududlarda bunday tizimlar samarali ishlamayapti, bu esa malaka oshirish jarayonining sifatini pasaytiradi. Malaka oshirishda hamkorlik va tajriba almashish imkoniyatlarining cheklanganligi ham muammo hisoblanadi. O‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosarlari o‘zaro tajriba almashish, bir-biridan o‘rganish imkoniyatlariga ega bo‘lsa, boshqaruv faoliyatining samaradorligi oshadi. Ammo amalda bunday platformalar va imkoniyatlar yetarli emas. Muammolarni bartaraf etish uchun b

Доказательный фрагмент

«Umumta’lim maktablarining samarali faoliyati ta’lim sifatining yuqori darajada bo‘lishiga bevosita bog‘liq.»

Образец извлечения

Демо-превью

Umumta’lim maktablarining samarali faoliyati ta’lim sifatining yuqori darajada bo‘lishiga bevosita bog‘liq. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
nazariy bilimlar, dasturlar, malaka oshirish, boshqaruv faoliyati, Kalit so‘zlar: o'quvchilar, direktor o‘rinbosarlari, nazorat.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники

CiteX AI
Онлайн

Привет! Я ассистент CiteX. Помогу найти статьи, журналы или авторов — каждый ответ со ссылками на источники.

Войдите, чтобы задать вопрос ассистенту и сохранять историю.

Войти