Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
MAVZUNING OʻRGANILISHIDA TURLI XIL METODLARNING OʻRNI VA AHAMIYATI
OʻRNI VA AHAMIYATI · Abdullayeva Adiba Shuxratovna · Sharof Rashidov nomidagi Samarqand
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada hozirgi kunda darslarda qoʻllaniluvchi uslublarning mavzuning oʻrganilishidagi oʻrni va ularni qoʻllash yoʻllari haqida maʼlumot berilgan. Kalit soʻzlar: kognitiv metod, interfaol, interaktiv, ramz, Maktab ma'rifat maskani sanaladi, chunki u o'quvchilarni shaxs sifatida shakllantirishga asos vazifasini o'taydi. Tarbiyalanuvchilar maktab darsliklaridan ma'naviy ozuqa, tarbiya va estetik zavq oladilar hamda mazkur tushunchalarini kelajak hayotida qo'llashga intiladilar. Ushbu jarayonda o'quvchilarga ustozlari ko'mak beradilar. O'qituvchining o'zi o'tayotgan fanni mukammal bilishi, bilganlarini o'quvchilarga yetkaza olish darajasigina emas, hatto uning o'zini tutishi, nutqi ham oziga xos ahamiyat kasb etadi. O'qituvchi tomonidan qo'llanadigan pauzaning davomiyligi singari "mayda narsa" o'quv dialogining, sinfdagi o'zaro hamkorlikning xarakteriga sezilarli tasir o'tkazadi.1 Shunday ekan, o'quvchilarning ma'naviy kamolotida o'qituvchilarning o'rni beqiyos. Bu yoʻlda oʻqituvchiga esa savol va topshiriqlar yordamga keladi. Oʻqituvchi dars mashgʻulotidan oldin unga, albatta, tayyorgarlik koʻrishi, shu vaqt davomida savollarning xususiyatini va aniq maqsadini aniqlab olishi kerak. Savollar va topshiriqlar o‘tilayotgan mavzuga oʻquvchini qiziqtira olishi hamda asarning mazmunini tushunish va idrok etishga undashi, xulosa chiqarishga harakat qildirishi, muammoli vaziyatlarni solishtirish, taqqoslash, hal etishga yo‘naltirishi kerak. Oʻquvchi bu jarayonda faqatgina kitobdagi kabi emas, balki hayotiy bilimlari, shaxsiy tajribalariga tayanib fikrlasa, bu uning aqliy faoliyatini kuchaytiradi va tafakkuriga taʼsir qila oladi. Savol-topshiriqlar o‘quvchini mutolaga qiziqtirishi, fikrlashga undashi, kontekstni tushunishga tayyorlashi, tahlilga yo‘naltirishi, sintez, baho berish, mavzuni boshqa fanlar, eng muhimi, hayotga bog‘lay olishi nuqtayi nazaridan ham samaralidir. Shuningdek, badiiy asarning tasvir obyekti, tuyg‘ular tarbiyasini to‘la yoritishga, obrazlilikni tasavvur ettirishga, kitob bilan hayot o‘rtasidagi aloqadorlik xususida mushohada yuritishga yo‘naltiradi. Professor N.Egamberdiyeva matn bilan ishlash jarayonini uch guruhga, oʻqishgacha, oʻqishdan 1 Yoldoshev Q. Adabiy saboqlar. Umumtalim maktablarining 8-sinf Adabiyot darsligi uchun metodik qollanma. T.:Sharq, 2004. B.32. https://scientific-jl.com 2 9 9 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali oldingi, oʻqishdan keyin, boʻlib oʻrganish oʻquvchilarda yaxshi samara berishini alohida taʼkidlaydi. Bunda oʻqishdan oldingi savol va topshiriqlar berilgan mavzuga oʻquvchini qiziqtirish, matnni yaxshiroq tushunishga oʻquvchini oldindan tayyorlashga xizmat qiladi. Oʻqish davomidagi savol va topshiriqlar berilgan asarga oʻquvchini qiziqtirish, matn mavzusi boʻyicha mushohada qilish kabi vazifalarni bajaradi. Oʻqishdan keyingi savol-topshiriqlar barcha bilimlarni umumlashtirish, asarga oʻz munosabatini bildira olish va amaliyotda qoʻllash koʻnikmalarini beradi. Yangi darsliklarning yutugʻi shundaki, berilgan mavzu boʻyicha shu yoʻnalishda savollar tuzilgan. Quyida 6-sinf adabiyot darsligida berilgan A.Qahhorning "Oʻgʻri" hikoyasini mustaqil oʻrganib, tahlil qilishga oid misollar keltirib oʻtamiz: Asarni o‘qishdan oldingi savol-topshiriqlar 1. Birorbir qadrli narsangizni yo‘qotib qo‘yganingizda qanday holga tushgansiz? 2. O‘ylab ko‘ring-chi, nima uchun muallif hikoyani “O‘g‘ri” deb nomlagan? 3. O‘g‘ri kim bo‘lishi mumkin? 4. Asarni o‘qib bo‘lgach, yana shu savolga qayting. Avvalgi va keyingi javoblaringizni qiyoslang Asarni o‘qish davomidagi savol va topshiriqlar 1. Dehqonning uyi kuysa kuysin, ho‘kizi yo‘qolmasin. … Ho‘kiz topish uchun necha zamonlar qozonni suvga tashlab qo‘yish kerak bo‘ladi”. O‘ylab ko‘ring-chi, nega ho‘kiz dehqon uchun juda muhim hayvon bo‘lgan? 2. Qobil boboning holatiga e’tibor bering. Nega u “titraydi, tizzalari bukilib ketadi, ko‘zlari javdiraydi” 3. Qobil bobo ellikboshiga nima uchun pul berdi? Ellikboshi Qobil boboga yordam berdimi? 4. Amin “Yo‘qolmasdan ilgari bormidi?”, “Yaxshi ho‘kiz birov yetaklasa, keta beradimi?” kabi savollarni nima maqsadda berdi deb o‘ylaysiz? Ho‘kizning qanday yo‘qolganini surishtirmoqchimi yoki Qobil boboning ustidan kulyaptimi? 5. Sizningcha, amin qanday odam? Nega u Qobil boboga “Yig‘lama” yoki “Yig‘lamang” emas, “Yig‘lanmasin!” deyapti? Uning Qobil boboga biror yordami tegadi deb o‘ylaysizmi? 6. Ellikboshining Qobil bobo bilan birinchi va ikkinchi suhbatida qanday farqlarni sezdingiz? Ellikboshining asl maqsadi nima edi? 7. Egamberdi paxtafurushning Qobil boboga qo‘ygan “kichkinagina” sharti nima bo‘lishi mumkin? Qobil bobo bu shartni bajara oladi deb o‘ylaysizmi? Mutoladan keyingi savol va topshiriqlar 1. “O‘g‘ri” hikoyasida o‘sha davrga xos qanday muammolar tasvirlangan? 2. Qobil boboning sarson-sargardon bo‘lishiga ko‘proq kim aybdor deb o‘ylaysiz? Bunday holatga tushmaslik uchun nima qilish kerak? https://scientific-jl.com 3 0 0 63-son_5-to’
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada hozirgi kunda darslarda qoʻllaniluvchi uslublarning mavzuning oʻrganilishidagi oʻrni va ularni qoʻllash yoʻllari haqida maʼlumot berilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada hozirgi kunda darslarda qoʻllaniluvchi uslublarning mavzuning oʻrganilishidagi oʻrni va ularni qoʻllash yoʻllari haqida maʼlumot berilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- ramz, interfaol, Kalit soʻzlar: kognitiv metod, interaktiv
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025