К содержанию
РецензированоRU2026

DEVIANT XULQLI O’SMIRLAR HUQUQBUZARLIGINI BARTARAF ETISHDA OLIMLAR HIKMATIDAN FOYDALANISH

Mexriniso Qoyilova · Adiba Ashrapova (Buxoro davlat pedagogika instituti biologiya kafedrasi dotsenti)

Исследователь · 17 · 164-167 · 2026

Аннотация

В данной статье представлены пути использования наследия наших предков в формировании здорового образа жизни подросков. Ключевые слова: подросток, предки, предки, преступность, преданность, популярная культура Annotation: This article presents ways to use the heritage of our ancestors in creating a healthy lifestyle for teenagers. Keywords: Teenager, ancestors, ancestors, crime, devotion, popular culture. Ma'lumki farzand tarbiyasi, ayniqsa, uning huquq va burchlari haqida bolalarni xabardor qilish muhim ahamiyatga ega. Aksariyat hollarda o'smirlar huquqbuzarligining kelib chiqishiga oilada ularning huquqlari va burchlari haqida tushuntirish ishlarining olib borilmaganligi sabab bo'lmoqda. Ma'naviy-huquqiy tarbiya samaradorligini oshirish uchun, birinchi navbatda, oila a'zolarining ma'naviy- huquqiy savodxonligi, milliy an'analar, huquqiy me'yorlarni yaxshi bilishlari muhim ahamiyatga ega. Bola oilada ota-onasi, bobo-buvilar, aka-ukalar, opa- singillar, mahallalar va ta'lim muassasalarida katta yoshdagilar, pedagoglar, tengdoshlari bilan muloqotga kirishishi natijasida aqliy-intellektual hamda ma'naviy- ruhiy jihatdan shakllanib, xalqning ijtimoiy tajribasini o'zlashtiradi. Oiladagi kattalar o'rtasidagi o'zaro ijobiy munosabatlar, mehr-shafqat, hamjihatlik, o'zaro hurmat, ishonch va mehribonlik, vatanparvarlik, fidoyilik barqaror bo'lsa, o'smir yoshdagilar mazkur muhitda sog'lom dunyoqarashga ega bo'ladilar. Ko'pchilik oilalarning a'zolari, pedagoglar o'smirlar tarbiyasida ko'plab muammolarga duch kelmokdalar. Vujudga kelayotgan qiyinchiliklar ota-onalar va pedagoglarning o'smirlar shaxsiga oid pedagogik-psixologik, huquqiy bilimlar, “ommaviy madaniyat” tahdidlaridan yetarli darajada xabardor emasliklarini ko'rsatmoqda. O'smirlarning yosh xususiyatlari, qiziqish va intilishlarini ta'lim-tarbiya jarayonida hisobga olmayotgan pedagoglar va ota-onalar ularga nisbatan ba'zan talabchanlik, ba'zan beparvolik bilan yondashmoqdalar. Bu esa pedagoglar, ota-onalar https://scientific-jl.com 1 6 6 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali bilan o'smir yoshdagilar orasida turli ziddiyatlarni, tarang vaziyatlarni keltirib chiqarmoqda. Buning natijasida o'smirlar orasida turli ko'rinishdagi huquqbuzarliklar, asabiy taranglik vujudga kelmoqda. O'smir yoshdagi o'quvchilarda asosiy dunyoqarash, e'tiqod, ob'ektiv nuqtai nazar, o'zlikni anglash, vaziyatlar, o'z-o'zi va atrofdagilarni baholash, voqelikka nisbatan ongli munosabat shakllanadi. Bunda ta'lim mazmuni bilan bir qatorda kattalarning ular bilan bo'ladigan muloqoti, san'at, madaniyat, matbuot ham muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, oilada o'smir yoshdagilarning barkamol shaxs sifatida shakllanishida ruhiy xotirjamlik, shaxslararo sog'lom munosabat, o'zaro totuvlik, milliy an'analar va qadriyatlarga hurmat bilan yondashish, jamiyatda o'rnatilgan huquqiy me'yorlarga ongli munosabatda bo'lish ta'minlanishi lozim. O'smir yoshdagilarda sog'lom dunyoqarash va ma'naviy e'tiqodni shakllantirish uchun ajdodlarimiz merosidan foydalanish lozim. Buning uchun o'quv materiali va tarbiyaviy vositalar sifatida maktabda va oilalarda ularga turli-tuman didaktik vositalarni taqdim etish kerak. Ilmni qadrlash eng ulug' fazilat hisoblanadi. O'smir yoshdagi o'quvchilarda ushbu fazilatni shakllanttirish orqali ular sodir qiladigan turli huquqbuzarliklarni oldini olish, ularda “ommaviy madaniyat” xurujlariga qarshi kurashchanlik, tanballik, boqimandalikni yengish sifatlarini shakllantirish mumkin. Masalan, Alisher Navoiyning “Oz-ozdan o'rganib dono bo'lur, Qatra -qatra yig'ilib daryo bo'lur. Yigitlikda yig' ilmning mag'zini, Qarilik chog'i xarj qilg'il ani.” hikmatlarini o'qituvchilar va ota-onalar bolalarga o'rgatib, uning mazmun- mohiyatini anglatsalar ularda ilm egallashga bo'lgan muhabbat, qiziqish tarkib topadi. Ular bir umr mazkur yo'riqlarga amal qiladilar. Yoki F. Bekonning: Bilim - kuch, kuch esa bilimdadir, Bilim va qudrat ikkalasi egizak, degan hikmatli o'gitini o'rgangan o'smir yoshdagi o'quvchilar inson qudratli bir shaxsga aylanishi, shaxs sifatida shakllanishi uchun bilim asosiy omil ekanligini tushuna boshlaydi va uni egallashga intiladi. Ajdodlarimiz ilm egallash va uning ahamiyati haqida juda ko'plab durdona fikrlarni yozib qoldirganlar. Biz ushbu durdonalarni darsliklar vositasida, dars va darsdan tashqari ta'lim-tarbiyaviy jarayonlarda o'smir yoshdagi o'quvchilar ongiga singdirishimiz lozim. Buning uchun o'qituvchilar bilan bir qatorda ota-onalar ham mazkur manbalardan xabardor bo'lishlari lozim. A.Rudakiyning ta'biricha, bilim - barcha kulfatlarga qalqon hisoblanadi. A.Firdavsiy esa https://scientific-jl.com 1 6 7 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali uni quyidagicha tavsiflaydi: Ilmdan bir shu'la dilga tushgan on, Shunda bilursankim, ilm bepoyon. O'smir yoshdagi o'quvchilar huquqbuzarlikka yo'l qo'ymasliklari uchun, birinchi navbatda, o'zliklarini anglagan bo'lis

Доказательный фрагмент

«В данной статье представлены пути использования наследия наших предков в формировании здорового образа жизни подросков.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье представлены пути использования наследия наших предков в формировании здорового образа жизни подросков. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
Teenager, ancestors, ancestors, crime, devotion, popular culture, Kalit so`zlar: o`smir, fidoyilik, ajdod, ommaviy madaniyat., jinoyatchilik
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники