К содержанию
РецензированоUZ2026

KORPUS LINGVISTIKASI ASOSIDA ZAMONAVIY LEKSIKOGRAFIYANING SHAKLLANISHI

LEKSIKOGRAFIYANING SHAKLLANISHI · Normamatova Shaxzoda

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada korpus lingvistikasi yondashuvining zamonaviy leksikografiyadagi ahamiyati, amaliy qo’llanilishi va lug’at tuzish jarayonidagi o’rni tahlil qilinadi. Kalit so’zlar: leksikografiya, ensiklopedik lug’at, lingvistik lug’at, imloviy lug’at, izohli lug’at, BNC, Oxford English Dictionary Bugungi kunda tilshunoslikning deyarli barcha yo‘nalishlarida texnologik vositalar va korpus metodlariga asoslangan yondashuvlar muhim ahamiyat kasb etmoqda. Xususan, leksikografiya — ya’ni lug‘at tuzish san’ati va amaliyoti — ham bu jarayondan chetda qolmayapti. An’anaviy leksikografiyada asosiy ma’lumotlar asosan lingvistlarning shaxsiy kuzatuvlari, tajribalari yoki mavjud matnlardan olinayotgan bo‘lsa, zamonaviy korpus lingvistikasi ushbu jarayonni tizimlashtirish, ob’ektivlashtirish va avtomatlashtirish imkonini bermoqda. Leksikografiya atamasi grekcha “leksikos” va “grapho” unsurlaridan tarkib topgan, “so‘z yozmoq” ma’nosini bildirgan [1]. Leksikografiya tilshunoslikning lug‘at va lug‘atchilik haqida so‘z yurituvchi sohasidir. Bu lingvistik tarmoqning asosiy birligi lug‘atdir. “Lug‘at” atamasi arab tilidan olingan. U ko‘p ma’noli bo‘lib, til, lahja, sheva: so‘z, ibora ma’nolarini bildiradi. Hozirgi vaqtda bu so‘z lingvistik atama sifatida ikki ma’noda ishlatiladi: 1) muayyan tilda, uning hududiy yoki ijtimoiy lahjasida mavjud bo‘lgan, shuningdek, u yoki bu yozuvchi asarlarida uchraydigan so‘zlar yig‘indisi, ya’ni leksika; 2) so‘zlar (yoki morfemalar, frazemalar, so‘z birikmalari va sh.k.) muayyan tartibda (alifboli, uyali, mavzuli) joylashtirilgan, tavsiflanuvchi birliklar, ularning kelib chiqishi, ma’nolari yozilishi (imlosi), talaffuzi, uslubiy mansubligi, boshqa tillarga tarjimasi haqida ma’lumotlar jamlangan kitob. Leksikografiya fanining asosiy ob’ekti – bu lugʻatlardir. Lugʻat deganda, til birliklarini tartibli tarzda izohlovchi, tushuntiruvchi yoki tarjima qiluvchi maxsus ilmiy-ma’lumotnoma tushuniladi. Lug‘atlar tilshunoslikda, tarjimashunoslikda, terminologiyada, ta’lim jarayonida va boshqa ko‘plab sohalarda muhim vosita sifatida xizmat qiladi. Lug‘atlar maqsad va mazmuniga ko‘ra turli turlarga ajratiladi. Lug'atlar ko'zlangan maqsadga ko'ra dastlab ikki tipga bo'linadi: 1. Ensiklopedik (qomusiy) lug'atlar. 2. Lisoniy (lingvistik) lug'atlar [2]. https://scientific-jl.com 1 9 7 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali 1. Ensiklopedik lug'atlarda tabiat va jamiyatdagi narsa-hodisalar, tarixiy voqea- jarayonlar, buyuk shaxslar, ilm-fandagi kashfiyotlar, davlatlar, shaharlar haqida ma’lumot beriladi. Demak, bu tipdagi lug'atlarda asosiy e’tibor tildagi so'zlarga emas, balki shu so'zlar yoki so'z birikmalari vositasida nomlangan hodisalarga qaratiladi. Lisoniy lug'atlarda so'z m a’nolari, imlosi, talaffuzi, iboralar (frazemalar), xalq maqollari, xullas, til birliklari va filologik tushunchalarga oid ma’lumotlar beriladi. Demak, lisoniy lug'atlarda til va nutq birliklari, til kategoriyalari haqida ma’lumot berish, maqol va matal kabi janr boyliklarini to'plash maqsad qilinadi. Lingvistik lug‘atlar, eng avvalo, o‘z til lug‘atlari va tarjima lug‘atlari kabi ikki guruhga ajraladi. Tarjima lug‘atlari bir tilga xos lisoniy birliklarni ikkinchi tilga o‘giradi: unda bir tilning lug‘aviy birliklariga boshqa tilning ularga ma’no va vazifada mushtarak variantlari beriladi. O‘z tilga tarjima lug‘atlarining namunalari sifatida “Nemischa o‘zbekcha lug‘at” (Y.R.Benyaminov, T.Z.Mirsoatov. Toshkent, 1964), “Inglizcha-o‘zbekcha lug‘at” (J.B.Bo‘ronov, X.R.Rahmonberdiyev, S.X.Barnoxo‘jayeva, E.A.Anisimov. Toshkent, 1968) larni misol tariqasida keltirishimiz mumkin. Umumiy lug‘atlar ham bir necha xildir. Ularga quyidagilar kiradi: 1. Izohli lug‘atlar. Lug‘atning bunday turlarida so‘zlarning ma’nolari, qo‘llanish sohasi va darajasi, fonetik va grammatik xususiyatlari ko‘rsatib beriladi. 2. Imlo lug‘ati. Imlo lug‘atida so‘z va atamalarning adabiy til me’yoriga muvofiq to‘g‘ri yozilishi beriladi. O‘zbek tilshunosligida lug‘atning bu turini yaratishga o‘tgan asrning qirqinchi yillaridan kirishilgan. Azim Hojiyev “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”ni tuzish printsiplarini ishlab chiqar ekan, so‘zlarni izohlashning olti qatlamini ochib beradi. Bular: bosh so‘z; lug‘at maqolasining bosh so‘zdan keying komponenti, bosh so‘zning etimologiyasi haqidagi ma’lumot; lug‘at maqolasining etimologik ma’lumotdan keyingi bosh so‘zga uning ma’nosi oldidan beriladigan grammatik, uslubiy va havola etuvchi qaydlar; izohlanuvchi birliklar (bosh so‘z va turg‘un iboralar) ma’nosini belgilash va qayd etish; lug‘at maqolasining eng asosiy qismi izohlanuvchi birliklar ma’nolariga beriladigan izoh; lug‘at maqolasining so‘nggi komponenti izohlanuvchi birlik ma’nosi izohidan keyin beriladigan illyustrativ misollar [3] . An’anaviy leksikografik metodlar haqida: An’anaviy leksikografik metodlar deganda lug‘at tuzishda uzoq tarixiy davrlardan beri shakllanib kelgan, klassik tilshunoslik asoslariga tayanadiga

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada korpus lingvistikasi yondashuvining zamonaviy leksikografiyadagi ahamiyati, amaliy qo’llanilishi va lug’at tuzish jarayonidagi o’rni tahlil qilinadi.»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada korpus lingvistikasi yondashuvining zamonaviy leksikografiyadagi ahamiyati, amaliy qo’llanilishi va lug’at tuzish jarayonidagi o’rni tahlil qilinadi. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
lingvistik lug’at, Oxford English Dictionary, imloviy lug’at, izohli lug’at, Kalit so’zlar: leksikografiya, BNC, ensiklopedik lug’at
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники