К содержанию
РецензированоRU2026

ESHITISHDA NUQSONI BOR BO‘LGAN BOLALAR NUTQIY MULOQOTINI TURLI BOSQICHLARDA RIVOJLANTIRISH

Sulaymonova Shahnoza Alisher qizi

Исследователь · 2026

Аннотация

В данной статье рассматриваются вопросы формирования и развития речевой коммуникации у детей с нарушением слуха. Ограничения слуха у детей напрямую влияют на их способность эффективно общаться с окружающей средой. Поэтому важно развивать речевую коммуникацию у данной категории детей поэтапно, системно. В статье анализируются этапы, методы и специальные логопедические подходы к развитию речевой коммуникации в зависимости от степени нарушения слуха, возраста ребенка и психофизиологических особенностей. Также рассматриваются педагогические и психологические факторы, оказывающие положительное влияние на развитие https://scientific-jl.com 2 1 4 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali речи. Результаты исследования дают практические рекомендации для специалистов, работающих с детьми с нарушением слуха, — логопедов, сурдопедагогов, родителей. Kalit so‘zlar: eshitish nuqsoni, nutqiy muloqot, surdopedagogika,logopedik yordam, bolalar rivojlanishi, bosqichma-bosqich yondashuv, maxsus pedagogika. eshitish qobiliyati, muloqot kompetensiyasi, integratsiyalashgan ta’lim Inson hayotida muloqot — shaxsning atrof-muhit bilan o‘zaro aloqasini ta'minlovchi eng muhim vositalardan biridir. Ayniqsa, bolalik davrida muloqot orqali bola nafaqat tilni, balki ijtimoiy xatti-harakatlarni, hissiy munosabatlarni va axloqiy qadriyatlarni o‘zlashtiradi. Biroq, eshitish qobiliyatidagi nuqson bu tabiiy jarayonni sezilarli darajada murakkablashtiradi. Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalar uchun nutqiy muloqotni shakllantirish va rivojlantirish alohida yondashuvni, tizimli metodikani va ko‘p bosqichli pedagogik ta’sirni talab etadi. Chunki eshitish qobiliyati cheklangan bola tilni bevosita eshitish orqali emas, balki ko‘proq vizual, kinestetik va logopedik ko‘mak vositalari orqali o‘zlashtiradi. Bu esa maxsus metodika va individual yondashuv zarurligini taqozo etadi. Ushbu maqolada eshitishda nuqsoni bor bo‘lgan bolalarda nutqiy muloqotni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy-nazariy asoslari, amaliy yondashuvlari hamda bosqichma-bosqich reabilitatsiya jarayoni yoritiladi. Maqolaning maqsadi — nutqiy muloqotni rivojlantirishda qo‘llaniladigan samarali usullar va strategiyalarni aniqlash hamda amaliyotchi mutaxassislar uchun tavsiyalar ishlab chiqishdan iboratdir. Eshitish nuqsonining nutqiy muloqotga ta’siri: Eshitish qobiliyati bolaning nutqiy rivojlanishida asosiy rol o‘ynaydi. Bola eshitish orqali so‘zlarni idrok qiladi, talaffuzini eshitadi, nutq ohanglarini ajratadi va muloqotga kirishadi. Eshitishdagi buzilishlar esa ushbu jarayonlarning to‘laqonli kechishiga to‘sqinlik qiladi. Bu esa bolada nutqiy yetishmovchilik, fonematik eshituvning rivojlanmasligi, grammatik tuzilmalarning sust o‘zlashtirilishi, so‘z boyligining kamligi va dialogik muloqotga kirishishda qiyinchiliklarga olib keladi. Eshitish nuqsoni og‘irlik darajasiga ko‘ra: engil (26–40 dB), o‘rta (41–60 dB), og‘ir (61–80 dB), chuqur (81 dB dan yuqori) bo‘lishi mumkin. Har bir daraja nutq rivojlanishiga o‘ziga xos ta’sir ko‘rsatadi. Ayniqsa, erta yoshda aniqlanmagan yoki davolash choralari kechiktirilgan eshitish nuqsonlari bolaning kognitiv va emotsional rivojlanishiga ham salbiy ta’sir qiladi. https://scientific-jl.com 2 1 5 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Nutqiy muloqotni rivojlantirishning bosqichlari: Eshitishida nuqsoni bo‘lgan bolalarda nutqiy muloqotni rivojlantirish jarayoni uzluksiz, tizimli va bosqichma- bosqich tarzda tashkil etilishi lozim. Quyidagi bosqichlar tavsiya etiladi: I bosqich: Eshitish tajribasini shakllantirish Eshitish moslamalari (apparatlari) yordamida eshituvni faollashtirish. Ovozlarga yo‘naltirilgan e’tiborni rivojlantirish. Oddiy tovush manbalarini farqlash (masalan, qo‘ng‘iroq, musiqa, suhbat). II bosqich: Passiv so‘z boyligini kengaytirish Tushunarli vizual qo‘llanmalar (rasmlar, predmetlar) orqali so‘z va gaplarni biriktirish. Eshituv asosida so‘zlarni idrok qilishga o‘rgatish. Takroriy mashqlar asosida passiv lug‘at zaxirasini shakllantirish. III bosqich: Aktiv nutqiy faoliyatni rivojlantirish Bola o‘rgangan so‘z va iboralarni mustaqil qo‘llashga undash. Dialogik muloqotga kirishishni o‘rgatish (savol-javob, salomlashish, minnatdorchilik). Kichik hikoyalar tuzish, rolli o‘yinlar orqali og‘zaki nutqni faollashtirish. IV bosqich: Grammatik tuzilmani o‘zlashtirish So‘z turkumlari, so‘z birikmalari, gap tuzilmasini o‘rgatish. Nutqdagi grammatik xatolarni aniqlash va to‘g‘rilash. Matn asosida qayta hikoya qilish, voqealarni izchil bayon qilish. Rivojlantiruvchi metodlar va vositalar: Nutqiy muloqotni shakllantirishda quyidagi metodlar samarali hisoblanadi: Logopedik mashg‘ulotlar – maxsus harflar, tovushlar va gap tuzish mashqlari. Surdopedagogik yondashuv – eshitish va ko‘rish orqali axborot yetkazish. Vizual materiallar – piktogrammalar, rasmlar, predmetli darsliklar. Sensor-integratsion metod – bolaning harakat, eshituv v

Доказательный фрагмент

«В данной статье рассматриваются вопросы формирования и развития речевой коммуникации у детей с нарушением слуха.»

Образец извлечения

Демо-превью

В данной статье рассматриваются вопросы формирования и развития речевой коммуникации у детей с нарушением слуха. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
bolalar rivojlanishi, surdopedagogika, integratsiyalashgan ta’lim, bosqichma-bosqich yondashuv, logopedik yordam, nutqiy muloqot, muloqot kompetensiyasi, maxsus pedagogika. eshitish qobiliyati, Kalit so‘zlar: eshitish nuqsoni
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники