К содержанию
РецензированоUZ2026

IJTIMOIY REKLAMA – YOSHLARNI IJTIMOIYLASHTIRISH QUROLI SIFATIDA

QUROLI SIFATIDA · Norqulov Shahzod Shuhrat o‘g‘li

Исследователь · 2026

Аннотация

Ushbu maqolada hozirgi kunda ijtimoiylashtirishning eng muhim omillaridan biri – ijtimoiy reklama, uning nafaqat individ sifatidagi shaxsning hulq – atvor «trayektoriya»sini belgilab berishi, balki zamonaviy jamiyatning ijtimoiy – madaniy jarayonlari dinamik xususiyatlarini belgilab berishda ham muhim ahamiyatga ega hisoblanishi ta’kidlangan. Kalit so‘zlar: Ijtimoiylashtirish, stretiplashtirish, ong va qadriyat, fenomen, dinamik hodisa, ijtimoiy reklamalar, ijtimoiy, demografik. Yosh avlodni ijtimoiylashtirish jarayonini qarab chiqish mehnat faoliyatining boshlanish davri sifatida yoki unga kasbiy tayyorgarlik kо‘rish davri sifatida muhim ahamiyatga ega hisoblanadi. Aynan ushbu joyda о‘z – о‘zini anglash, ijtimoiy ong va qadriyat tushunchalari shakllanadi, bu esa shaxsiyatning rivojlanishi va kelgusi hayot faoliyati davomida takomillashish yо‘nalishlarini belgilab beradi. Har qanday jamiyatda ijtimoiylashtirish jarayoni jamoaviy hayot faoliyatida muhim omillardan biri hisoblanib, ijtimoiy munosabatlarning protsessual jihatlarini belgilab beradi. Ijtimoiylashtirish fenomeni tushunchasi tarixi haqidagi ma’lumotlar dalolat berishicha, xususiy yо‘nalishlarga ega bо‘lgan fanlar tomonidan uning о‘ziga xos jihatlarini oydinlashtirishga qaratilgan urinishlar kо‘plab amalga oshirilgan. Bu yо‘nalashda bilimlar tizimida evristik jihatlar xususiyatlarini hisobga olgan holatda sezilarli darajadagi natijalar qо‘lga kiritilgan. Shu bilar bir qatorda ijtimoiylashtirishning yaqin davrlarda qarab chiqilishi bevosita dinamik hodisa hisoblanib, har bir ma’lum jamiyatning va ma’lum tarixiy davrlar oraliqlaridagi о‘ziga xos xususiyatlari, shakllarini о‘z ichiga qamrab oladi. Muhokama qilinayotgan fenomenning tadqiq etilish dolzarbligi shundaki, sivilizatsiya tavsifidagi global miqyosdagi о‘zgarishlar, jumladan birinchi navbatda ommaviy kommunikatsiya vositalarining rivojlanish kо‘lami bevosita yosh avlodning ijtimoiylashuviga katta ta’sir kо‘rsatadi. Hozirgi kunda ijtimoiylashtirishning eng muhim omillaridan biri – ijtimoiy reklama hisoblanib, bu nafaqat individ sifatidagi shaxsning hulq – atvor «trayektoriya»sini belgilab berishi, balki zamonaviy jamiyatning ijtimoiy – madaniy jarayonlari dinamik xususiyatlarini belgilab berishda ham muhim ahamiyatga ega hisoblanishi ta’kidlangan. https://scientific-jl.com 2 6 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Reklamalarning bevosita ma’lum maqsadlarda qо‘llanilishi ma’lum bir talablardan kelib chiqqan holatda ehtiyojlarni qо‘llab quvvatlash (tijorat reklamalari) yoki ma’lum bir qarashlar va g‘oyalarni ilgari suruvchi (siyosiy, ijtimoiy reklamalar) tarzda namoyon bо‘ladi, biroq qayd qilish kerakki, hozirgi kunda reklamalar jamiyatning turli jabhalarida juda keng qamrovdagi ijtimoiy – madaniy ta’sir kо‘rsatish xususiyatiga ega hisoblanadi. Hozirgi vaqtda reklama faoliyatlari amaliyoti kо‘rsatishicha, reklamalar nafaqat talablar asosida shakllantirilishi, balki jamiyatda ijtimoiy sterotiplarni tarbiyalashi, shakllantirishi ham mumkin. Boshqacha aytganda, reklama – zamonaviy yoshlarning ijtimoiylashuvi jarayonida an’anaviy ijtimoiylashuv institutlari – ya’ni oila, tengdoshlar guruhlari, maktab va hakozalar bilan birgalikda ajralmas qismlaridan biri hisoblanadi. Ijtimoiy reklama tashviqotchisi sifatida reklama insonning yangi ijtimoiy mavqega va qadriyatlarga moslashuvini ta’minlaydi, shuningdek shaxsning jamiyatda turli xil vaziyatlarda hulq – atvor xususiyatlarini nazorat qilish usullarini muvofiqlashtiradi. Insonlarning har kunlik о‘zaro munosabatlari, aloqalari xususiyatlariga e’tibor qaratgan holatda aytish mumkinki, reklamalar ijtimoiylashuvning о‘ziga xos mexanizmlaridan biri hisoblangan imijlar tarzida nomoyon bо‘luvchi ma’lum bir aniqlikdagi stereotipdagi shakllarni yuzaga keltiradi. Asosiy yoshlarga yо‘naltirilgan ommaviy madaniyatning bir qismi sifatida reklamalar madaniyatning ushbu shaklini hayotiy о‘quv qо‘llanma sifatida qabul qiluvchi ushbu jamiyat guruhiga ayniqsa kuchli ta’sir kо‘rsatadi. Zamonaviy yoshlar tomonidan reklamalar bir butun tugal holatdagi madaniyatning meyoriy elementlaridan biri sifatida qabul qilinib, atrof – muhitning odatdagi elementi kо‘rinishida taasurot qoldiradi. Ushbu nuqtai nazardan olib qaralganda, reklamalar madaniyatning tabiiy qismi sifatida о‘rin tutadi. Zamonaviy yoshlar uchun reklamalar о‘z xususiyatlariga kо‘ra, g‘oya va qarashlar, qadriyatlar olamining ifodalanishi kо‘rinishida qabul qilinib, bunda reklama nafaqat tovarlar haqida ma’lumot berishi, balki ijtimoiy о‘zaro aloqalar va munosabatlarda tipik vaziyatlarni xam о‘z ichiga qamrab olishi kuzatiladi. Yoshlar ongining nisbatan kam himoyalanganlik xususiyatini hisobga olgan holatda, ya’ni aytish mumkinki ommaviy madaniyat ta’sirlariga nisbatan kuchsiz immunitetga ega holatda ayniqsa reklamalar zamonaviy jamiyatda aholi о‘rtasida yoshlar ongini о‘stirish, dunyoqarashlarini ijobiy yо‘nalishda boshqarishda qulay va nisbatan arzon vosita

Доказательный фрагмент

«Ushbu maqolada hozirgi kunda ijtimoiylashtirishning eng muhim omillaridan biri – ijtimoiy reklama, uning nafaqat individ sifatidagi shaxsning hulq – atvor «trayektoriya»sini belgilab berishi, balki zamonaviy jamiyatni…»

Образец извлечения

Демо-превью

Ushbu maqolada hozirgi kunda ijtimoiylashtirishning eng muhim omillaridan biri – ijtimoiy reklama, uning nafaqat individ sifatidagi shaxsning hulq – atvor «trayektoriya»sini belgilab berishi, balki zamonaviy jamiyatni… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
stretiplashtirish, demografik., ijtimoiy, ong va qadriyat, ijtimoiy reklamalar, Kalit so‘zlar: Ijtimoiylashtirish, dinamik hodisa, fenomen
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники