Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SIRENAGA YO‘L OCHGANLAR: HUQUQBUZAR YOKI QAHRAMON?
SIRENAGA YO‘L OCHGANLAR: · HUQUQBUZAR YOKI QAHRAMON? · Gulnoza Muxiddinova
Исследователь · 2020
Аннотация
Mazkur maqolada favqulodda holatlarda yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, xususan, haydovchilarning tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlarga yo‘l berishi natijasida yuzaga keladigan ma’muriy javobgarlik masalalari yoritilgan. O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalar asosida, zarurat holatida sodir etilgan huquqbuzarliklarni istisno etuvchi mezonlar tahlil qilinadi. Shuningdek, Germaniya, Fransiya, Buyuk Britaniya kabi xorijiy davlatlarning “qutqaruv yo‘lagi”ga oid tajribasi bilan solishtirma tahlil olib borilgan. Muallif haydovchilarning huquqiy ongi va ijtimoiy mas’uliyatini oshirish, inson hayotini asrash ustuvorligini ta’minlash bo‘yicha tegishli tavsiyalarni ilgari suradi. Kalit so‘zlar: Ma’muriy javobgarlik, favqulodda holat, huquqbuzarlikni istisno qiluvchi holat, tez tibbiy yordam, yo‘l harakati qoidalari,huquqbuzarlik, qutqaruv yo’lagi. “Huquqbuzarlik - bu huquq va muomala layoqatiga ega subyekt tomonidan harakat yoki harakatsizlik ko‘rinishida sodir etiladigan, huquq normalari talablariga zid keluvchi hamda shaxsga, mulkka, davlatga va butun jamiyatga zarar keltiruvchi ijtimoiy xavfli qilmishdir.” Demak, huquqbuzarlik-bu davlat tomonidan belgilangan qoidalarga yoki ijtimoiy tartibga zid bo‘lgan harakatlar sifatida ta'riflanadi va bu huquqiy javobgarlikni yuzaga keltiradi. Qonunchiligimizga ko’ra 2020-yilda tez tibbiy yordam avtotransport vositalariga yo’l beruvchi haydovchilarni manfaatini ko’zlagan holda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun shaxslarning ma’muriy javobgarligiga doir 17 (1) -moddasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi ishlab chiqildi. Unga ko‘ra, tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalari, shuningdek ular kuzatib kelayotgan transport vositalari tomonidan yo‘l harakati qoidalariga muvofiq imtiyozdan foydalangan holda sodir etilgan ma’muriy huquqbuzarliklar maxsus foto- va video qayd etishning texnik vositalari orqali qayd etilgan taqdirda hamda kechiktirib bo‘lmaydigan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilganda haydovchilarning ma’muriy qoidabuzarligi oxirgi zarurat holatlarida sodir etilgan deb topiladi va https://scientific-jl.com 3 2 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali ma’muriy ish Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 271-moddasiga muvofiq tugatilishi belgilandi. Bu o’zgartirishdan avvalgacha tez tibbiy yordam transport vositalariga yo’l bergan avto transport vositalariga ma’muriy javobgarlik belgilanar edi. Amaldagi tartibga ko‘ra, tibbiy tez yordam transport vositalari haydovchilari yo‘l harakati qoidalarini buzgan taqdirda tibbiy tez yordam muassalari tomonidan xizmat vazifalarini bajarganlikni tasdiqlovchi hujjatlarni taqdim qilish zarur. Shundagina mazkur ma’muriy ish MJtKning 271-moddasi asosida tugatiladi. Ma’lumot uchun aytib o’tadigan bo’lsam, 2020 – 2023 yilning 6 oy davomida jami jami 16 864 ta shu kabi holat aniqlangan bo‘lib, shulardan 10 444 ta holat bo‘yicha ma’muriy ishlar tugatilgan. Senatning Sud-huquq masalalari va korrupsiyaga qarshi kurashish qo‘mitasi raisi Botir Matmurodov tez yordam, o‘t o‘chirish xizmatlari va boshqa xizmatlarning avtomashinalariga yo‘l berish, ularni tez o‘tkazib yuborish jarayonida biror qoida buzilsa va videokameralarga tushib qolsa, haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolayotganini ta’kidlagan edi. Ya'ni, agar haydovchilar tezkor va maxsus xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketish uchun yo‘l bergani sababli yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etiladigan bo‘lsa, ular buning uchun javobgarlikka tortilmaydi. Bunda haydovchining huquqbuzarligi o‘ta zarur holatlarda sodir etilgan deb hisoblanadi va ma’muriy ish tugatiladi. Shu bilan birgalikda, Senat raisi Tanzila Narboyeva ham ushbu vaziyatga quyidagicha fikr bildirgan; “Tez tibbiy yordam mashinalarining o‘z vaqtida yetib kelmagani sababli 48 mingdan ortiq o‘lim holati yuz bergan. Oxirgi uch yilda haydovchilar tomonidan maxsus avtotransport vositalariga yo‘l bermaslik bilan bog‘liq 700 dan ziyod holat aniqlangan.” Avvalari tez yordam, o‘t o‘chirish xizmatlari va boshqa xizmatlarning avtomashinalariga yo‘l berish, ularni tez o‘tkazib yuborish jarayonida biror qoida buzilsa va videokameralarga tushib qolsa, haydovchilarimiz aybsiz aybdor bo‘lib qolgan va katta jarimalar to‘langan hollari afsuski yo’q emas. Ma'muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan qo‘shimchalar ana shunday holatlarni bartaraf etishga qaratilgan. Ya'ni agar haydovchilar tezkor va mazkur xizmatlarning transport vositalariga to‘siqsiz o‘tib ketish uchun yo‘l berishi sababli yo‘l harakati qoidalari buzilganligi qayd etiladigan bo‘lsa, ular buning uchun javobgarlikka tortilmaydi. Yo‘l harakati qoidalariga muvofiq, “Yalt-yalt etuvchi ko‘k rangli yoki ko‘k va qizil rangli chiroq-mayoqch
Доказательный фрагмент
«Mazkur maqolada favqulodda holatlarda yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, xususan, haydovchilarning tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlarga yo‘l berishi natijasida yuzaga k…»
Образец извлечения
Демо-превьюMazkur maqolada favqulodda holatlarda yo‘l harakati qoidalarining buzilishi bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar, xususan, haydovchilarning tez tibbiy yordam va boshqa maxsus xizmatlarga yo‘l berishi natijasida yuzaga k… Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- qutqaruv yo’lagi., Kalit so‘zlar: Ma’muriy javobgarlik, huquqbuzarlik, yo‘l harakati qoidalari, tez tibbiy yordam, huquqbuzarlikni istisno qiluvchi holat, favqulodda holat
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026