Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
AVTOMOBIL YO’LLARIDA QO’LLANILADIGAN YO'NALISH TANLAMAS SHAMOL GENERATORLARI
TANLAMAS SHAMOL GENERATORLARI · O.A.Shodiyev · D.R. Saidov · H.R. Lapasov.
Исследователь · 1 · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada yo‘nalish tanlamas shamol generatorlarining tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Vertikal o‘qli rotorlar asosida ishlovchi bu generatorlar shamol yo‘nalishidan qat’i nazar energiya ishlab chiqara oladi va ayniqsa shahar, tog‘li hududlar hamda yo‘l infratuzilmalari bo‘yida foydalanish uchun mosdir. Muqobil energiya manbalari rivojlanayotgan bugungi kunda, yo‘nalish tanlamas generatorlar ekologik toza va energiya tejamkor yechim sifatida muhim ahamiyat kasb etadi. Annotation: This article explores the structure, operation principle, advantages, and application areas of omnidirectional wind generators. Based on vertical-axis rotors, these generators can harness wind energy regardless of its direction, making them suitable for urban, mountainous, and roadside environments. In the context of growing demand for renewable energy, omnidirectional wind generators offer an eco-friendly and energy-efficient solution, contributing to sustainable energy systems. Kirish. Bugungi kunda insoniyatning kundan kunga oshib borayotgan cheklanmagan ehtiyojlarini cheklangan resurslar asosida qanoatlantirish eng dolzarb muammolardan bo’lib turibdi. Aholi sonining ortishi -ishlab chiqarish hajmining ortishiga, bu esa o’z navbatida energiya resurslariga bo’lgan ehtiyojning katta bo’lishiga olib keladi. Ushbu ehtiyojni qondirishda muqobil energiya manbalari, quyosh, shamol va kichik oqimli suv energiyalaridan unumli foydalanish eng maqbul yechim bo’la oladi. Ushbu energiya manbalari orasida suniy holsil qilingan shamol energiyasini elektr energiyasiga aylantirish orqali foydali ish bajarish usuli ham energiyaga bo’lgan ehtiyojni qisman qanoatlantirish imkonini beradi.Qayta tiklanuvchi energiya manbalarining rivojlanishi zamonaviy energetika sohasida dolzarb yo'nalishlardan biridir. Shamol energiyasi bu borada muhim rol o'ynaydi. An'anaviy shamol turbinalari, odatda, shamol yo'nalishiga qarab burilishga muhtoj bo'lsa, yo'nalish tanlamas shamol generatorlari bunday cheklovlarsiz ishlaydi. Ushbu referatda yo'nalish tanlamas shamol generatorlarining tuzilishi, afzalliklari, kamchiliklari va qo'llanish sohalari ko'rib chiqiladi. Asosiy qism. Yo'nalish tanlamas shamol generatorlari shamol oqimining istalgan yo'nalishidan energiya olish imkonini beruvchi qurilmalardir. Ularning asosiy afzalligi - har qanday yo'nalishda esayotgan shamoldan samarali foydalanish imkoniyatidir. Bu generatorlar ko'pincha vertikal o'qli rotorlar asosida quriladi. Mashhur turlari Savonius https://scientific-jl.com 7 9 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali va Darrieus rotorlaridir. Vertikal o’qli shamol parraklari valiga o’zgarmas tok generatorlarini ulash orqali hosil qilingan elektr energiyasini akkumlyator batareyalariga jamlash hamda o’zgartirgich qurilmalari yordamida elektr tarmog’iga uzatish mumkin. Ushbu energiyadan avtomobil yo’llariga yaqin joylashgan aholi hamda maishiy hizmat ko’rsatish obyektlarini elektr energiyasi bilan ta’minlash imkoniyati mavjud bo’ladi Vertikal o'qli rotorlar shamolni qaysi tomondan kelishidan qat'i nazar aylanadi, shuning uchun ular yo'nalish sensori va burilish mexanizmlariga ehtiyoj sezmaydi. Rotor harakati generator orqali elektr energiyasiga aylantiriladi. Ushbu qurilmaning afzalliklari Soddalashtirilgan konstruktsiya: Yo'nalish aniqlovchi tizimlar va buriluvchi minoralarga ehtiyoj qolmaydi. Beqaror shamol sharoitlarida samarali ishlash: Shahar sharoitida yoki tog'li hududlarda shamol tez-tez o'zgaradi, bu esa yo'nalish tanlamas generatorlar uchun afzallik yaratadi. Past tezlikdagi shamolda ham ishlash: Bu ularni turli mintaqalarda keng qo'llash imkonini beradi. Kamchiliklari sifatida, Umuman olganda, ularning foydali ish koeffitsienti gorizontal o'qli turbinalarga nisbatan pastroq lekin kichik quvvatli tizimlarda katta samara beradi.Katta energiya talab qilinadigan sanoat loyihalarida kamroq qo'llaniladi. Qo'llanish sohalari, yo'nalish tanlamas shamol generatorlari asosan quyidagi sohalarda qo'llaniladi: Avtonom elektr ta'minot tizimlari; Shahar va qishloq hududlaridagi kichik elektr energiya tizimlari; Ko'chalar, parklar va monitoring stansiyalarini quvvatlantirish; Shamol va quyosh energiyasini birgalikda ishlatadigan gibrid tizimlar. Texnologiyaning rivojlanishi natijasida yo'nalish tanlamas shamol generatorlari samaradorligini oshirish imkoniyatlari kengaymoqda. Zamonaviy aerodinamik shakllar va materiallardan foydalanish, rotor dizaynlarini optimallashtirish va gibrid tizimlar yaratish orqali ularning imkoniyatlari tobora ortib bormoqda. 1-rasm. Vertikal o’qli shamol generatorlarining mavjud konstruksiyalari. https://scientific-jl.com 8 0 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali Bugungi kunda dunyo miqyosida energiya tanqisligi, ekologik muammolar va energiya narxlarining ortishi fonida qayta tiklanuvchi energiya manbalariga bo‘lgan ehtiyoj keskin
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada yo‘nalish tanlamas shamol generatorlarining tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada yo‘nalish tanlamas shamol generatorlarining tuzilishi, ishlash prinsipi, afzalliklari va qo‘llanilish sohalari yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- nalish tanlamas, tanlamas shamol, vertikal qli, shamol generatorlari, shamol generatorlarining, qli rotorlar, energiya manbalari
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025