Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KIMYOVIY MODDALARNING TUPROQ BIOTSENOZIGA TA’SIRINI O’RGANISH VA OLDINI OLISH CHORA TADBIRLARINI YARATISH
Mardiyev Nodirbek Orifjonivich
Исследователь · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Tuproqning sho’rlanishiga olib keluvchi omillar, unumdorligi va samaradorligini oshirish ishlari va biotsenozi batafsil yoritilgan. Kalit so’zlari: biotsenoz, deflyasiya, eroziya, agromeliorativ Tuproq — litosfera yuza qavatlarining suv, havo va tirik organizmlar taʼsirida oʻzgarishidan shakllanadigan va genetik jihatdan oʻzaro bogʻliq gorizontlardan tashkil topgan tabiiy tuzilma; Yer poʻstining yuza va unumdor qatlami. Tuproqning nuragan tog’ jinslaridan farq qiladigan eng muhim xususiyati — unumdorligidir. Tuproqni oʻrganish va uning tasnifini tuzish, tarkibini yaxshilash hamda unumdorligini oshirish usullarini ishlab chiqish singari masalalar bilan tuproqshunoslik fani shugʻullanadi. Tuproq hosil qiluvchi asosiy omillar: iqlim, tuproq ona jinsi, oʻsimliklar va hayvonot olami, hududning relyefi va geologik yoshi hamda odamning xoʻjalik faoliyati.Tuproqning hosil bo‘lishi va shakllanishida mineral tog‘ jinslarining yemirilishini ta’minlovchi tirik organizmlar mikroorganizmlar, o‘simliklar, hayvonlar katta rol o‘ynaydi. Evolutsiya jarayonida tirik organizmlar paydo bo‘lgach, ularning faoliyati natijasida tuproq hosil bo‘lgan. Tuproqning hosil bo‘lish jarayoni o‘simliklar, hayvonlar, mikroorganizmlarning o‘zaro uzviy va murakkab munosabatlari natijasi sanaladi. Yashil o‘simliklar tuproqni yangi organik birikmalar bilan boyitib boradi. Natijada tog‘ jinslari o‘zgaradi. Yer yuziga yetib kelayotgan quyosh nurlari tuproq hosil bo‘lish jarayonining uzluksizligini ta’minlovchi omildir. Tuproqqa ekologik omillarning ta’siri natijasida tuproqning sho’rlanishi, yemirilishi, botqoqlashish yoki cho’llanishi mumkin. Tuproq degradatsiyasi natijasida dunyo bo,yicha 7mln.ga dan ortiq haydaladigan yerlar foydalanishdan chiqmoqda. Tuproq sho’rlanishining asosiy sabablar quyidagilardan iborat: 1.Sug’oriladigan maydonlarning ikkilamchi sho’rlanishi; 2.O’simliklarning unumdorligi ta’minlash maqsadida ularga ortiqcha miqdorda mineral o’g’itlarning solishidir. Xususan, O’zbekistonda g’o’zachilikni rivojlantirish maqsadida 2 million gektar yer o’zlashtirildi. Natijada gidromeliorativ tizimning noto’g’ri tashkil etilishi va g’o’za monokulturasi tuproq strukturasining buzilishiga olib keldi. 3.Sun’iy yaratilgan ekosistemada asosan bir xil tuzga chidamli o’simliklarni ekish, ularning vegetatsiya davri tugagach, uning qoldiqlari chirishi natijasida ularning https://scientific-jl.com 8 3 63-son_5-to’plam_Iyun-2025 ISSN:3030- 3 6 1 3 T A D Q I Q O T L A R jahon ilmiy – metodik jurnali tarkibidagi tuz yana tuproqning unumdor yuza qatlamiga yig’iladi. Tuproqlaming sho‘rlanishi sug‘oriladigan dehqonchilikning rivojlanishiga salbiy ta’sir qiladi. O’zbekistonda sug‘oriladigan dehqonchilik o‘tgan asrning 1955-1990-yillarda jadal rivojlandi. Shu davr mobaynida 2 million gektardan ortiq yangi yerlar o‘zlashtirildi. Bunda unumdor yerlar bilan bir qatorda sho‘rlangan va qiyin o‘zlashtiriladigan yerlar ham o‘zlashtirildi. Bu davrda gidromeliorativ tizimlarda noto‘g‘ri foydalanilganligi, meliorativ tadbirlaming sifatsiz o‘tkazilishi hisobiga sug‘oriladigan yerlaming deyarli yarmining meliorativ holati yomonlashgan. Bugungi kunga kelib Qashqadaryo, Sirdaryo, Xorazm, Buxoro, Qoraqalpoqg’iston Respublikasida sho’rlangan yerlar maydoni ortib bormoqda. (‘’ Ekologiya va atrof-muhit muhofazasi ‘’ 135 – bet ; ) Tuproq unumdorligiga salbiy ta’sir ko’rsatuvchi omillardan biri eroziyadir. Respublikamizdagi sug’orma yerlarning 700 ming gektarida irrigatsion eroziya kuzatilmoqda. Buning kelib chiqichiga asosiy sabab noto’g’ri sug’orishdir. Natijada paxta va g’alla ekinlarning hosildorligi 10%dan 60% gacha kamaymoqda. Bunday eroziya asasan Farg’ona vodiysi, Toshkent , Samarqand, Qashqadaryoda kuzatiladi.( Y. D. Xolov. ’’Tuproqni muhofaza qilish va undan oqilona foydalanish’’ maqola 5- beti ‘’ ) Irrigatsion eroziya muammosini oldini olish uchun sug’orish tizimida yangi texnologiyalarni qo’llash,asosan tomchilab sug’orishni joriy qilish zarur. Shu bilan birga o’simlikka kerak buladigan kunlik suv miqdori boshqariladi va suv tejab qolinadi. Tuproqning ekologik muammolaridan yana biri uning biotsenozi xilma- xilligining kamayishidir. Tuproqda yashovchi organizmlar tuproqning asosiy biomassasini hosil qiladi. Ular tuproqning strukturasini ta’minlab, unda gazlar va suv almashinuvi, tuproq hosil bo’lishini va unumdorligini ta’minlaydi. Tuproqda yashovchi organizmlarning kamayishi tuproqning buzilishiga olib keladi. Insonning xo’jalik faoliyati, o’simlik zararkunandalariga qarshi tur xil pestitsid va gerbitsidlardan foylanish biosferaning muhim tarkibiy qismi bo’lgan tuproq organizmlarini yoppasiga nobud bo’lishiga sabab bo’ladi. Buning uchun tuproq zararkunandalariga qarshi biologik va texnik kurashdan foylanish zarur. Bugungi kunda atrof muhitni muhofaza qilish sohasida davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, tabiatni muhofaza qilish sohasidagi qonun hujjatlari buzilishlari profilaktikasi, ularni aniqlash va oldini olishning samarali mexa
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Tuproqning sho’rlanishiga olib keluvchi omillar, unumdorligi va samaradorligini oshirish ishlari va biotsenozi batafsil yoritilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Tuproqning sho’rlanishiga olib keluvchi omillar, unumdorligi va samaradorligini oshirish ishlari va biotsenozi batafsil yoritilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlari: biotsenoz, agromeliorativ, deflyasiya, eroziya
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Диссертации и авторефератыYusupov Kuanıshbay Baltabayevich2026