Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
PISA TALABLARI VA ZAMONAVIY TA’LIMDA MATN BILAN ISHLASH KOMPITENSIYASI
Po‘latova Marjona Inomjonovna
Педагоги · 2026
Аннотация
This article discusses the role and importance of the PISA international assessment program in modern education, especially its role in developing students' competence in working with text. It analyzes the relevance of the literacy criteria established by PISA and the skills of understanding, analyzing, and interpreting text in today's educational process. Keywords: PISA, competence, literacy, analysis, text, problem, solution, task, assessment, criterion, verbal competences Zamonaviy ta’limda bir qator xalqaro o‘quvchilarni baholash dasturlari ishlab chiqilgan bo‘lib, ular orasida PISA dasturi alohida o‘rin tutadi. Mazkur dastur o‘quvchilarning nafaqat bilim darajasini, balki ularni amaliy hayotda qo‘llay olish qobiliyatini ham baholashga qaratilgan bo‘lib, bu orqali ta’lim tizimidagi muammo va yutuqlarni aniqlash imkonini beradi. Dunyo bo‘ylab ta’lim sifatini baholashni takomillashtirish dolzarb muammo hisoblanadi. Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (Organisation for Economic Cooperation and Development) o‘quvchilarning bilimi va bilganlari bilan nima qila https://scientific-jl.com/ped 1 31 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 olishlarini o‘rganish, ta’lim natijalarining sifati va tengligini taqqoslash, boshqa mamlakatlarda qo‘llaniladigan siyosat va amaliyotlarni o‘rganish orqali ta’lim sohasida samarali boshqaruv qarorlarini qabul qilish imkonini beradigan keng qamrovli xalqaro baholash PISA (The Programme for International Student Assessment) tadqiqotlarini olib bormoqda1. PISA (Programme for International Student Assessment) – bu Xalqaro Talabalar Baholash Dasturi, OECD (Iqtisodiy Hamkorlik va Taraqqiyot Tashkiloti) tomonidan o‘tkaziladi. Har 3 yilda 15 yoshli o‘quvchilarning o‘qish, matematika va tabiiy fanlar bo‘yicha funksional savodxonligi baholanadi. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning real hayotdagi vaziyatlarda bilim va ko‘nikmalarini qo‘llay olish qobiliyatini aniqlash hisoblanadi. PISA faqatgina nazariy bilimlarni emas, balki o‘quvchilarning kundalik hayotdagi muammolarni hal qilish qobiliyatlarini baholashga e’tibor qaratadi2. Yuqoridagi fanlardan tashqari ushbu baholash tizimi tilshunoslik uchun ham yuksak ahamiyatga ega. Chunki tilshunoslikda o‘quvchilarning matnni tushunish, axborotni tahlil qilish, mantiqiy xulosa chiqarish, turli kontekstlarda til vositalaridan samarali foydalanish ko‘nikmalari shakllanadi. PISA baholashida aynan shu kompetensiyalar o‘lchanadi va rivojlantiriladi. Shu sababli, tilshunoslik fanining mazmuni va o‘qitish metodikasini zamonaviy talablar asosida takomillashtirish, PISA talablariga moslashtirish zarur hisoblanadi. Bu esa o‘z navbatida o‘quvchilarning nafaqat tilga oid bilim va ko‘nikmalarini, balki umumiy savodxonlik darajasini ham oshirishga xizmat qiladi. Shuningdek, PISA baholash dasturida matn bilan ishlashning bir qancha foydali tomonlari bor. Bularning barchasi o‘quvchi savodxonligini oshirishga qaratiladi. Quyidagilar shular jumlasiga kiradi: 1. Matnlar hayotiylik asosida shakllantirilishi − PISA testlarida o‘quvchilar faqat grammatik bilimlarni emas, balki turli shakldagi matnlarni (maqola, e’lon, esse, elektron xat, hikoya) tushunishi va ulardagi ma’lumotlarni tahlil qilishi kerak. Kundalik hayotda ham inson turli matnlar bilan ishlaydi, shuning uchun bu ko‘nikma amaliy ahamiyatga ega. 2. Tanqidiy fikrlashni rivojlantirish va o‘stirish − matn bilan ishlash jarayonida o‘quvchi berilgan axborotni o‘qiydi, o‘rganadi, tahlil qiladi, asosiy g‘oyani ajratadi, muallifning fikrini baholaydi va o‘z nuqtai nazarini bildirishga harakat qiladi. Bu esa tanqidiy fikrlash va muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishga yordam beradi. 3. Kerakli ma’lumotlarni izlab topish va qayta ishlash − PISA testlari o‘quvchidan matndan kerakli ma’lumotni topish, ularni solishtirish, umumlashtirish 1 Kurbaniyazov Sh. K., Allayorova X. TA’LIM SIFATINI BAHOLASH JARAYONINI PISA XALQARO DASTURI TALABLARI ASOSIDA TASHKIL ETISH YO‘LLARI, International scientific and practical conference “Economics, management and digital innovation in education: modern trends and approaches” March 13, 2024 2 https://uz.wikipedia.org/wiki/Xalqaro_o%CA%BBquvchilarni_baholash_dasturi https://scientific-jl.com/ped 1 32 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 yoki xulosa chiqarishni talab qiladi. Bu esa o‘quvchilarning mantiqiy fikrlashini kuchaytiradi, xotirasini mustahkamlaydi. 4. O‘quvchilarning savodxonlik darajasini aniqlash, o‘stirish − matn bilan ishlash orqali o‘quvchilarning o‘qish savodxonligi va unga bog‘liq bo‘lgan bilish, tushunish, qo‘llash, mulohaza kabi darajalari aniq o‘lchanadi. Negaki matnni o‘qish faqat so‘zlarni bilish emas, balki ma’noni tushunish, ulash va undan to‘g‘ri foydalanishni ham talab qiladi. 5. Tilshunoqlik va boshqa fanlar o‘rtasidagi bog‘liqlik (fanlararo aloqa) − PISA baholashida matn bilan ishlash faqat tilshunoslik emas, balk
Доказательный фрагмент
«This article discusses the role and importance of the PISA international assessment program in modern education, especially its role in developing students' competence in working with text.»
Образец извлечения
Демо-превьюThis article discusses the role and importance of the PISA international assessment program in modern education, especially its role in developing students' competence in working with text. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- PISA, competence, literacy, analysis, text, problem, solution, task, savodxonlik, yechim, muammo, nutqiy kompetensiyalar, baholash, kompetensiya, topshiriq, Kalit so‘zlar: PISA, mezon, tahlil, matn
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025