К содержанию
РецензированоUZ2025

BOSHLANG‘ICH SINF O‘QUVCHILARIDA KRITIK FIKRLASHNI RIVOJLANTIRISHNING AHAMIYATI

UZBEKISTAN” JURNALI · QIZIQARLI O‘YINLARDAN FOYDALANISH · Shomurotova Sevinchoy San’at qizi · Шомуротова Севинчой Санъат кизи (Urganch davlat pedagogika instituti)

Исследователь · 03 · 2025

Аннотация

This article discusses the use of interesting games in teaching grammar and spelling in the native language to primary school students. Keywords: primary, class, native language, student, speech, writing, grammar. 327 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Boshlangʻich sinflarda taʼlim-tarbiyaning zamon talablari darajasida takomillashtirilishi, yoshlarning maʼnaviy barkamol shaxslar boʻlib yetishida asosiy omillardan hisoblanadi. Buning uchun oʻqituvchilarning ilmiy-pedagogik va metodik tayyorgarligini oshirish, darslarni ilmiy jihatdan takomillashtirish, ilgʻor va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni taʼlim jarayoniga toʻliq joriy qilish toʻgʻrisida koʻplab fikrlar bayon etilmoqda. Bugungi kunda xalq taʼlimi xodimi oldida turgan eng muhim masala bu– yosh avlodni barkamol insonlar qilib tarbiyalashdir. Buning uchun salohiyatli, zamonaviy ilm-fan sirlarini puxta oʻzlashtirgan kadrlarga ehtiyoj sezilmoqda. Yurtboshimiz alohida taʼkidlaganidek: “Biz xalqimizning dunyoda hech kimdan kam boʻlmasligi, farzandlarimizning bizdan koʻra kuchli, bilimli dono va albatta baxtli boʻlib yashashi uchun bor kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etayotgan ekanmiz bu borada maʼnaviy tarbiya masalasi, hech shubhasiz, beqiyos ahamiyat kasb etadi” [1]. Zero, boshlangʻich sinf ona tili darslarida oʻquvchilarning ham taʼlimiy ham tarbiyaviy ahamiyat kasb etuvchi dars maqsadiga erishishda oʻquvchilarning imloviy savodxonligi, uni yanada takomillashtirish usullaridan foydalanish va darslarni tashkil qilish oʻziga xos ahamiyat kasb etadi. Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilar nutqiy va imloviy savodxonlikka ega boʻladigan ona tili taʼlimida oʻquvchi oʻz fikrlarini ravon bayon qila oladigan boʻlishi va toʻgʻri savodli yoza oladigan bo‘lishi kerak. Shu jihatdan, boshlangʻich sinflarning ona tili darslarida oʻquvchilarning imloviy bilimlarini bosqichma-bosqich, tadrijiy ravishda takomillashtirib borish lozim. Shunga koʻra, ona tili darslarida oʻquvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirishning eng samarali usul va metodlarini qoʻllash boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchisi oldida turgan muhim vazifa hisoblanadi. Taʼlimning takomillashgan turlaridan foydalanish har jihatdan xususan, ona tili darslarida ham oʻta dolzarbdir. Umumiy oʻrta taʼlim maktablarida keng qoʻllanilayotgan eng samarali metodlar asosida darslarni tashkil qilish, noanʼanaviy usullardan oʻrinli foydalanish metodlarini ishlab chiqish va uni hayotda tatbiq etishdir. Vaholanki, boshlangʻich sinflar ona tili darslarida oʻquvchilarning imloviy bilimlarini takomillashtirish va mustahkamlashda turli-tuman qiziqarli texnologiyalarni qoʻllash oʻquvchilar faolligini taʼminlaydi [7]. Shunday ekan bu kabi texnologiyalarni qo‘llash ijobiy samara beradi. 328 “JOURNAL OF SCIENCE-INNOVATIVE RESEARCH IN UZBEKISTAN” JURNALI VOLUME 03, ISSUE 06, 2025. JUNE ResearchBib Impact Factor: 9.654/2024 ISSN 2992-8869 Taʼlim maktabi «Ona tili oʻqish va nutq oʻstirish» dasturining muhim koʻrsatmalaridan biri – nutq va tafakkurni oʻstirishdir. Buning uchun oʻquvchilarni faol mustaqil ishlash, nutqi va tafakkurini oʻstirish, faol oʻylash, fikr yuritish, tushuntira bilishga oʻrgatish, muhokama-mulohaza yuritishga, xulosa chiqarish va umumlashtirish usullaridan foydalana olishga oʻrgatish talab etiladi. Taʼlim maktabida bolalarni tovushlarni toʻgʻri talaffuz etishga, yangi oʻrgangan tovush, soʻz va gaplarni oʻz nutqida toʻgʻri ishlata olishga, gap va matn tuzishga oʻrgatiladi. Ogʻzaki va yozma nutqni oʻstirish maqsadida oʻquvchilar ongiga ayrim grammatik maʼlumotlar singdirib boriladi. Taʼlim maktabida ona tili darslari amaliy xarakterga ega boʻlib, nutqiy koʻnikma va orfografik malakani hosil qilishga qaratiladi. Taʼlimiy vazifalardan tashqari ona tili darslarida korreksion vazifalar ham amalga oshiriladi. Ogʻzaki va yozma nutq taraqqiy etilishi bilan bir qatorda oʻquvchilarning bilish faoliyati, mantiqiy tafakkuri kengayib boradi. Bolalar til materiallarini tahlil qilishga, farqlash, taqqoslash, umumlashtirish, asosiylarini ajratishga oʻrganadilar. Materialni analiz va sintez qilish, guruhlash va umumlashtirish, oʻxshash va farqli tomonlarini topish, grammatik va orfografik bilimlarni amalda tatbiq etish kabi ongli aqliy jarayonlar bolaning umumiy rivojlanishini taʼminlaydi, nutqiy va aqliy nuqsonlarini bartaraf etishga yordam beradi. Ona tili va yozuv darslarida oʻqituvchi bolalarni til hodisalarini kuzatish va tushunib yozish, ongli oʻqish, kitob yoki doskadan, kartochkalardan koʻchirib yozish, nutqni diqqat bilan tinglash, eshitib turib diktovka ostida yozish, oʻrgangan qoidaga amalda rioya qilish, aytilgan va yozganlarini tekshirish, koʻrgan-kechirganlarini, oʻz taassurotlarini ogʻzaki va yozma shaklda bayon etishga oʻrgatadi. Taʼlim maktabida ona tili dasturida «Grammatika, imlo va nutq oʻstirish» boʻlimi oʻz ichiga toʻrtta katta mavzularni qamrab olgan: «Tovush va harflar», «Soʻz», «Ga

Доказательный фрагмент

«This article discusses the use of interesting games in teaching grammar and spelling in the native language to primary school students.»

Образец извлечения

Демо-превью

This article discusses the use of interesting games in teaching grammar and spelling in the native language to primary school students. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
primary, class, native language, student, speech, writing, grammar, ijodkorlik, tafakkur, o‘quv jarayoni., Kalit so‘zlar: Boshlang‘ich ta’lim, kuzatish metodi, muammoli ta’lim, tanqidiy fikrlash
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники