К содержанию
РецензированоUZ2017

SERILLARNING JAMIYATGA TA’SIRI

SERILLARNING JAMIYATGA TA’SIRI · Erkinboyeva Sevinch

Педагоги · 2017

Аннотация

Hozirda chiqayotgan seriallarning yaxshi va yomon tomonlari, ularning afzalliklari va boshqa davlatlarning seriallari bilan o’zaro farqlari tahlil qilingan. Kalit so’z: Reklama, premyera, serial. Serial — oddiy tilda aytganda, kinoijodkorlar tomonidan suratga olingan bir nechta davomiy qismlardan iborat film. U asosan kinoteatrlarda emas, televideniyeda premyera qilinadi. Seriallar insonlar uchun qanchalik kerak ? Umuman olganda kerak emas ! Lekin televideniye va telekanallar uchun kerak. Serial dastlabki qismlaridan auditoriya toʻplaydi va uni maʼlum muddat ushlab qola biladi. Bu esa oʻsha serialni namoyish etayotgan telekanal uchun ayni muddao. Reytinglarda eng koʻp tomosha qilinadigan telekanal deb eʼtirof etiladi. Reklama beruvchilar koʻpayadi. Boshqa koʻrsatuvlar ham auditoriya yigʻadi va hokazo.Seriallarning eng katta zaralaridan biri bu, biz uchun qimmatli bo’lgan vaqtimizni o’g’irlashidir.Shu bilan birga undagi voqealar bizning hayotimizga ko’cha boshlaydi , ya’ni biz insonlar serialdagi shaxslarga o’xshashga harakat qilamiz . Keling avval bizga 2017-2018,2019-2020 yillarda teleekranlarda namoyish etilgan turkiya seriallarini ko’rib chiqaylik. Aynan shu yillarda juda katta qoralamalarga sababchi bo’lgan “ Sevgi istrobi “ , “Qora niyat” kabi bir nechta seriallar namoyish etilgan va bu xalqimizning bu seriallarga oddiy tilda aytadigan bo’lsak seriallarga “qaramlik”larini oshirishiga sababchi bo’lgan. Seriallarning insonlarga yaxshilik taraflama o’rnak bo’lishi emas aksincha yomonlik, buzg’unchilik bilan o’rnak bo’la olishi ko’payadi desam adashmayman. Bunga misol qilib “ Sevgi istrobi “ serialidan o’zbek xalqi” sevgan inson xiyonat qilib bo’lsa ham sevgisiga yetishishi kerak” degan fikrlarga borib qolishi natijasida “xiyonat”keskin ko’payib ketdi . U yerdagi kiyinish uslubi , qizlardagi hayo, or-nomus kabi tushunchalarni deyarli unutishiga sababchi bo’ldi. “Qora niyat “ ko’p faslli serialdan esa makr , xiyonat , yolg’on ,behayolik , ko’p xotinlikka ruju qo’yish keskin ortdi.Bu seriallar o’z vaqtida keskin muhokamalarga sababchi bo’ldi va teleekranlardan olib tashlandi . Ularning o’rniga endi o’zimizning milliy teleseriallarimizni ko’paytirish qarori kuchga kirdi. Aynan shu sababli hozirgi kunga kelib milliy serillar soni keskin ortib ketdi. Ammo hozirgi kundagi seriallarning mavzusi, saviyasi , ma’daniyati cheklov qo’yilgan turk seriallaridan kam emas ! https://scientific-jl.com/ped 2 13 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Seriallarimizda tadbiq qilinayotgan narsalar : foxshalik, zo’ravonlik, qo’sh xotinlik, qotillik , o’zbek ayollarining shallaqilik, shularmi ? Turk seriallariga taqiq qo’yildi nimayu ? o’zbek milliy seriallarini bemalol hamma telekanallarda namoyish qildi nima? Ho’sh seriallarning bunchalar ko’pligi va ularning hamma kanallarda ko’rsatilishiga nima sabab ? Albatta o’zbek xalqi ko’p serial ko’radigan xalq , shu sababli bu kabi serillarni xalqimizning o’zi talab qilayapti. Ayb kimda deb o’ylaysiz ? Teleekranlar orqali saviyasiz seriallarni berayotgandami yoki ularni ko’rayotgandami ayb ? Menimcha xalqimizni ma’daniyatini , saviyasini oshirish uchun bunday seriallarga nuqta qo’yishimiz kerak. Aynan hozirgi kundagi seriallar ham o’zbek kinosiga bir muncha ta’sir o’tkazmoqda . Ko’p insonlarning shu ikkisini farqlay olmasligi tufayli “o’zbek kino jarlik tomon ketmoqda” va shunga o’xshash ko’p so’zlar quloqqa chalinadi . Kino va serialning asosiy farqi serialning har bir qismi yaxshilik, ibratli holat bilan tugamasligi. Kino esa bitta qism va unda ham oxiri ezgulik gʻalaba qozonadi. Ibratli holat xotiraga muhrlanadi. Bugun koʻrgan serialingizdagi salbiy holat, ertaga sizni ham ongingizga taʼsir oʻtkaza oladi. Lekin siz ertaga oʻsha serialning davomini(yaxshi tomonini) koʻrishingizni hech kim kafolatlolmaydi. Kinoni estetik zavq olish uchun koʻrish kerak, lekin serial bunday muhit yarata olmaydi. Demak, aslida serial biz uchun kerak emas! Hozirgi kundagi o’zbek ( qo’shtirnoq ichida ) “ milliy” seriallarimizdan eng ko’p tomosha qilinyotganlaridan bir nechtasini sanab o’tsam: “Oriyat “, “ Kundosh”, “ Qo’riqxona”, “Daydi qizning daftari”, “Asorat” , “ Bag’ritosh “ , “ Nomus “ , “Qora beva “ kabi nomlari kamalak kabilaridir . Bulardagi asosiy mavzularni yuqorida sanab o’tdim. Bu serillardagi “Konfetlar” orqali rol oʻynayotgan “zvezda”larning ensani qotiradigan qiliqlarini kim ham koʻrardi. Oʻzining yaqinlari va serial “jinnilari”dan tashqari. Ya’ni aktyor aktrisalar deyarli hech qayerda o’qimagan havasmand “ boyvochchalar”dir .Haqiqiy talent egalari esa bir chetda qolib ketishayapti . Seriallardagi yana bir narsaga e’tibor qiladigan bo’lsak , ayol va qizlarning gender tengsizligini oshishiga sababchi bo’lmoqda . Bu haqida Saida Mirziyoeva o’z fikrlarini aytib o’tdi . Saida Mirziyoyevaning soʻzlariga koʻra, Oʻzbekiston aholisi teleekranda toʻgʻridan-toʻgʻri xakerliklarni koʻrmasligi kerak. Seriallar va filmlar ayollar va erkaklar o'

Доказательный фрагмент

«Hozirda chiqayotgan seriallarning yaxshi va yomon tomonlari, ularning afzalliklari va boshqa davlatlarning seriallari bilan o’zaro farqlari tahlil qilingan.»

Образец извлечения

Демо-превью

Hozirda chiqayotgan seriallarning yaxshi va yomon tomonlari, ularning afzalliklari va boshqa davlatlarning seriallari bilan o’zaro farqlari tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.

DOI не указан
Цитирований
0
Просмотров
0
Тип
Журнал
Страна
Узбекистан
Ключевые слова
premyera, Kalit so’z: Reklama, serial.
Спросить CiteX об этой работе

Смежные источники