Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
KUFA MAKTABINING TARAQQIYOT YO‘LI
Giyosova Munisa
Педагоги · 2026
Аннотация
Ushbu maqolada Kufa shahrining nomlanishi, tarixiy ahamiyati va islom ilmiy markazlaridan biriga aylanish jarayoni tahlil qilingan. Maqolada Kufaning tashkil topishidan boshlab, uning harbiy va ilmiy markaz sifatidagi roli, sahobalar va yirik muhaddislarning bu shaharga bo‘lgan alohida e’tibori, shuningdek, kufalik olimlarning nahv ilmi va boshqa islomiy fanlardagi hissasi yoritilgan. Kufa nahviy maktabining shakllanishi, Basra maktabi bilan o‘zaro raqobati va kufaliklarning til qoidalarini ishlab chiqishda tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumot berilgan. Xususan, Abu Ja’far ar-Ruasiyning ilmiy faoliyati, al-Kisoiy va al-Farro kabi buyuk olimlarning kufalik nahv maktabi rivojiga qo‘shgan hissalari alohida o‘rganilgan. Maqola Kufa maktabining fiqh, qiroat va nahv ilmidagi yutuqlarini ochib berib, bu maktabning mustaqil yo‘nalish sifatida shakllanishini asoslab beradi. Kalit soʻzlar: Kufa, Kufa maktabi, nahv ilmi, Abu Ja’far ar-Ruasi, al-Kisoiy, al- Farro, fiqh, qiroat, Basra va Kufa raqobati, ilmiy maktablar, Islom tarixi. Kufa so’zining ko’p ma’nolari bor. Ayrimlar bu so’zni “to’plangan qum” deb ta’riflaganlar, boshqalar esa “qizil qum” yoki har qanday turdagi qum deb tushuntirganlar. Shuningdek, u انافوك so’zidan olinganligini ham aytishadi, bu “dumaloq shaklidagi qum” degan ma’noni anglatadi. Yana bir taxminga ko’ra, Kufa deb nomlandi, chunki u qum va tuproq aralashmasi bo’lgan hududda joylashganligi uchun. Shuningdek, فوك fe’lidan olingan bo’lib, bu “to’planmoq” ma’nosini anglatadi, ya’ni odamlarning u yerga to’planishi sababli shu nom berilgan.1 Kufaning tarixiga keladigan bo’lsak, Kufa xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrida fath qilingan va shundan keyin Xuroson, Fors va Hindistonni fath qilish markaziga aylangan. Uni barpo etishdan asosiy maqsad, uzoq safar va janglardan charchagan Islom qo’shini uchun dam olish joyi yaratish edi. Xalifa Umar ibn Xattob roziyallohu anhu Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhuga Kufani musulmonlar uchun hijrat va harbiy qarorgoh sifatida qurishni buyurgan. Kufaning joylashuvi tasodifan tanlanmagan, balki uning geografik jihati va harbiy afzalliklari puxta o’rganilgan. U Madina shahridan uzoq bo’lishiga qaramay, hijrat joyi va jihod markazi sifatida muhim ahamiyatga ega. Shu sababli, hijriy 17-yilda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrida eng mashhur va muhim shaharlardan biriga aylandi.2 1 :توريب ،رشنلاو ةعابطلل توريبلا راد )٦٢٦ت( يومحلا اللهدبع نبا توقاي الله دبع يبا نيدلا باهش ،نادلبلا مجعم :رظني يبرعلا نايبللا ةنجل ةعبطم ،)ه٢٧٩ت( يرذلابلا رباج نب ىيحي نب دمحا رفعج وبأ ،نادلبلا حوتف ،٤٩٠/٤ 2 .٤٩١/٤: نادلبلا مجعم https://scientific-jl.com/ped 2 52 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Ba’zi manbalarga ko’ra, Kufa Basra shahridan ikki yil keyin, ya’ni hijriy 13-yilda barpo etilgan. Boshqalar esa hijriy 14-yilda tashkil etilgan deb hisoblashadi, ammo eng ishonchli va ko’pchilik tomonidan qabul qilingan fikrga ko’ra, Kufa hijriy 17-yilda tashkil etilgan.3 Kufadagi ilmiy maktablar haqida gap ketganda, Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu Kufada masjid qurish uchun joy tanlagan va shahar markazidan masjid barpo etgan. Ushbu masjiddan yo’llar va ko’chalar tarmoqlanib ketgan. Uning oxirida esa Sa’d ibn Abu Vaqqos roziyallohu anhu uyi ham qurilgan, shuningdek, Baytul mol ham tashkil etilgan.4 Alloh bu masjidni sharaflantirdi, buning sababi u yerda Umar ibn Xattob roziyallohu anhu davrlarida ko’plab sahobalar yashagan. Ulardan eng mashhurlaridan biri Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhu bo’lib, u Kufadagi ilmiy maktabning asoschisi va u yerda ko’plab sahobalarga ta’lim bergan.5 Vaqt o’tishi bilan Kufa ilm markaziga va olimlar bilan gavjum shaharga aylandi. U ilm jihatidan Madina va Basra bilan raqobatlasha boshladi va fiqh hamda nahv ilmi bo’yicha mashhur bo’ldi. Hijriy 36-yilda, Jamal jangidan so’ng, Ali roziyallohu anhu Kufaga kelib, u yerda yashashni boshladi. Uning poytaxtga aylanishi bilan Kufa to’rt yil davomida Islom xalifaligining markazi bo’ldi. Ilm talab qilgan kishilar uchun Kufa zaruriy ziyorat joyiga aylandi. Bu shaharga Imom Shofe’iy, Imom Buxoriy, Imom Abu Dovud, Imom Termiziy, Imom Nasoiy, Imom Muslim va Imom ibn Moja kabi ulug’ muhaddis va faqihlar tashrif buyurishdi. Shahar islomiy ilm-fan markazi va diniy ilmlarni rivojlantirish maydoniga aylandi.6 Ibrohim as-Samaroiyning Kufaga doir fikrlari: Basra ham Kufa ham musulmonlar tomonidan asos solingan qadimiy shaharlar bo’lib, islom tarixida muhim o’rin egallagan. Ular ikkinchi va uchinchi hijriy asrlarda siyosatda ham katta ta’sirga ega bo’lishgan. Kufa alaviy yo’nalishiga moyil bo’lsa, Basra usmoniy yo’nalishga yaqin bo’lgan. Ikkala shahar aholisi bir-biri bilan aloqada bo’lgan, ba’zi basraliklar Kufada yashagan, ba’zi kufaliklar esa Basraga ko’chib o’tgan.7 Kufa ham Basra kabi ilm markazi edi. Basraliklarning ilmga, ayniqsa tilshunoslik fanlariga erta e’tibor berganligi ma’lum, chunki nahv ilmi birinchi bo’lib Basrada paydo bo’ldi. Kufada na
Доказательный фрагмент
«Ushbu maqolada Kufa shahrining nomlanishi, tarixiy ahamiyati va islom ilmiy markazlaridan biriga aylanish jarayoni tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюUshbu maqolada Kufa shahrining nomlanishi, tarixiy ahamiyati va islom ilmiy markazlaridan biriga aylanish jarayoni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- al-Kisoiy, Kufa maktabi, nahv ilmi, Abu Ja’far ar-Ruasi, fiqh, qiroat, Basra va Kufa raqobati, Kalit soʻzlar: Kufa, al-Farro, ilmiy maktablar, Islom tarixi.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025