Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
XORIJIY TILLARNI O‘RGANISHDA XOTIRA JARAYONINING AHAMIYATI
JARAYONINING AHAMIYATI
Педагоги · 14 · 2026
Аннотация
Maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirishda yordam beruvchi bilish jarayonlaridan xotiraning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor berishga qaratilgan. Shuningdek, turli yosh vakillari uchun ham umumiy bo‘lgan xotirani mustahkamlash qonunlari batafsil bayon etilgan. Unga amal qilish esa xotiraning mustahkamligi va tillarni o‘zlashtiriliga erishishga olib keladi. Kalit so‘zlar: ta’lim oluvchi, professor-o‘qituvchi, xotira qonunlari, faollik, o‘zlashtirish, uslub, o‘qitish, malaka. Bugungi kunda respublikamizda ta’lim sifatini yanada oshirishga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Mamlakatda O‘zbekiston Respublikasining “Ta’lim to‘g‘risida” gi qonuni hamda Kadrlar tayyorlash Milliy dasturini amalga oshirish doirasida chet tillarga o‘qitishning kompleks tizimi, ya’ni uyg‘un kamol topgan, o‘qimishli, zamonaviy fikrlovchi yosh avlodni shakllantirishga, respublikaning jahon hamjamiyatiga yanada integratsiyalashuviga yo‘naltirilgan tizim yaratildi. Zamonaviy pedagogik va axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda o‘qitishning ilg‘or uslublarini joriy etish yo‘li bilan, o‘sib kelayotgan yosh avlodni chet tillarga o‘qitish, shu tillarda erkin co‘zlasha oladigan mutaxassislarni tayyorlash va shu bilan birga barcha ta’lim muassasalarida bosqichma- bosqich chet tillarini mukammal o‘qitilishiga erishish ko‘zda tutilgan. Barcha ta’lim muassasalari ta’lim oluvchi va professor-o‘qituvchilari ham ushbu talabning ijrosini amalga oshirishlari talab etilmoqda. Shu bois masalaning amaliy yechimini topish barobarida, har bir shaxsning xotira jarayonini o‘rganib, unga monand xorijiy tilni o‘rgatish maqsadga muvofiqdir. Xotira - bu tajribamizga aloqador har qanday ma’lumotni eslab qolish, esda saqlash, esga tushirish va unutish bilan bog‘liq murakkab jarayondir. Xotira har qanday tajribamizga aloqador ma’lumotlarning ongimizdagi aksidir. Inson xotirasining yaxshi bo‘lishi, ya’ni his-kechinmalarimiz, ko‘rgan - kechirganlarimizning mazmuni to‘laroq miyamizda saqlanishi quyidagi omillarga bog‘liq: -esda saqlab qolish bilan bog‘liq harakatlarning yakunlanganlik darajasiga;- shaxsning o‘zi shug‘ullanayotgan ishga nechog‘lik qiziqish bildirayotganligi va shu ishga moyilligiga;-shaxsning bevosita faoliyat mazmuni va ahamiyatiga munosabatining qandayligiga; - shaxsning ayni paytdagi kayfiyatiga; https://scientific-jl.com/ped 2 68 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 - iroda kuchi va intilishlariga. Xotiraning samaradorligi eslab qolishning ko‘lami va tezligi, esda saqlashning davomiyligi, esga tushirishning aniqligi bilan bog‘lanadi. Demak, odamlar ham aynan shu sifatlarga ko‘ra ham farqlanadilar: - materialni tezda eslab qoladiganlar; - materialni uzoq vaqt esda saqlaydiganlar; - istagan paytda osonlik bilan esga tushiradiganlar. Ma’lumotni xotiradan chaqirib olish omillariga quyidagilar kiradi: - ma’mulotning anglanganligi; - kutilmagan ma’lumot; - ma’lumotning mazmun yoki shakl jihatdan bir-biriga yaqinligi; - esda saqlash vaqti bilan esga tushirish vaqti o‘rtasidagi farq. Shunday qilib, xotira faol jarayon bo‘lib, u shaxsning u yoki bu turli ma’lumotlar bilan ishlash malakasiga, unga munosabatiga, materialning qimmatini tasavvur qilishiga bevosita bog‘liq bo‘ladi. Eng xarakterli narsa shuki, inson faqat eshitgan ma’lumotining 10 % , eshitgan va ko‘rgan narsasining 50 % gachasini, o‘zi faol bajargan ishlarining deyarli 90 foizini yodda saqlaydi. Shaxsning o‘zi o‘ylab topib, o‘zi bevosita bajargan ishlari juda oson esga tushadi. Hattoki, kattalarni qisqa fursatda o‘qitish va malakalarini oshirishda ham turli xil amaliy o‘yinlardan, treninglardan foydalanishning ma’nosi ham shunda - yaxshi va tez eslab qolish hamda samarali esga tushirish. Ayniqsa barchaga til o‘rgatishda ham ushbu omillarga amal qilish muhimdir. Shaxs xotirasining mustahkam bo‘lishi uchun quyidagi qonunlarni bilish lozim: 1.Anglanganlik qonuni. 2.Qiziqish qonuni. 3.Ilgarigi bilimlar qonuni. 4.Eslab qolishga tayyorlik qonuni. 5.Assotsiatsiyalar qonuni. 6.Birin - ketinlik qonuni. 7.Kuchli taassurotlar qonuni. 8.Tormozlanish qonuni. Xotira xususiyatlarining orasida uning quyidagi tabiiy xossalari ajratiladi: - yodda saqlash tezligi - axborotni xotirada saqlab qolish uchun zarur bo‘lgan takrorlashlar soni; - unutish tezligi - esda qolganlarning xotirada saqlanish muddati; - yodda saqlash hajmi - insonning ma’lum vaqt ichida esda olib qolishga qodir bo‘lgan jismlar yoki dalillar soni; - o‘zlashtirilganlarni yodda saqlash davomiyligi - insonning zarur axborotni ma’lum vaqt oralig‘ida yodda olib qolish qobiliyati; https://scientific-jl.com/ped 2 69 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 - qayta tiklash aniqligi insonning xotirada saqlanib qolgan axborotni aniq saqlash, asosiysi esa, aniq ishlab chiqish qobiliyati; - xotira shayligi - talab etilganlarni darhol esga tushirish malakasi. Xotira qaerda saqlanadi? Ming yillar davomida tibbiyot xodimlari xot
Доказательный фрагмент
«Maqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirishda yordam beruvchi bilish jarayonlaridan xotiraning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor berishga qaratilgan.»
Образец извлечения
Демо-превьюMaqolada xorijiy tillarni o‘zlashtirishda yordam beruvchi bilish jarayonlaridan xotiraning o‘ziga xos jihatlariga e’tibor berishga qaratilgan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- professor-o‘qituvchi, uslub, o‘zlashtirish, faollik, o‘qitish, xotira qonunlari, Kalit so‘zlar: ta’lim oluvchi, malaka.
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025