Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
SHAXSLARARO MUNOSABATLARDA MUOMALANING O’RNI
Djuraeva Muxayyo To‘raevna
Педагоги · 2026
Аннотация
Bugungi kunda barcha faoliyat egalarida eng muhim bo’lgan muomala jarayoni tahlil qilingan. Uning o’ziga xos xususiyatlati, vazifalari va psixologik ta’sir vositalari keng tarzda tahlil qilingan. Bu esa har qanday insonni shaxslararo munosabatda o’z o’rniga ega bo’lishiga yordam beradi. Kalit so’zlar: muloqot, emotsional holatlar, maqsad, tinglash, shaxs, psixologik ta’sir, tinglash, munosabat. Muloqot mazmuni - bu individualliklararo aloqalarda bir tirik jonzotdan ikkinchisiga etkaziladigan axborot. Muloqot mazmuniga tirik mavjudotning ichki motivatsion yoki emotsional holati haqidagi ma’lumotlar kirishi mumkin. Muloqot orqali bir tirik mavjudotdan ikkinchisiga, tirik mavjudotni ma’lum tartibda aloqaga kirishishga yo‘naltiruvchi, ularning emotsional holatlari (mamnunlik, shodlik, g‘azab, qayg‘u, hijron va shu kabilar) haqidagi ma’lumotlar o‘tishi mumkin. Bunday axborot odamdan odamga etkaziladi va shaxslararo aloqalar o‘rnatish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Biz, ochiq ko‘ngilli va shodlanayotgan odamga qaraganda, g‘azablanayotgan yoki azob chekayotgan odamga nisbatan o‘zimizni boshqacha tutamiz. Bir mavjudotdan boshqasiga etkaziladigan tashqi muhit holati haqidagi ma’lumot, masalan, xavfdan yoki yaqin atrofda ijobiy, biologik muhim omillarning, deylik, ozuqaning mavjudligi haqidagi ogohlantirish muloqot mazmuni bo‘lishi mumkin. Odamda muloqot mazmuni hayvonlarnikiga qaraganda ancha kengroqdir. Odamlar bir-biri bilan dunyo haqidagi bilimlar, orttirilgan tajriba, layoqatlar, malaka va ko‘nikmalarni jamlagan axborot bilan almashadilar. Inson muloqoti ko‘p jismli bo‘lib, ichki mazmuniga ko‘ra turli-tumandir. Muloqot maqsadi - bu insonda ushbu faollik turi yuzaga keladigan sabab. Hayvonlarda muloqot maqsadi bo‘lib boshqa tirik jonzotni ma’lum harakatga chorlash, u yoki bu harakatni amalga oshirmaslik kerakligi haqidagi ogohlantirish xizmat qilishi mumkin. Masalan, ona oz tovushi yoki harakati bilan bolasini xavfdan ogoh etishi mumkin; podadagi ba’zi hayvonlar boshqalarni ularga hayotiy muhim daraklar etib kelgani haqida ogohlantirishlari mumkin. Odamda muloqot maqsadlari soni ko‘payadi. Ularga yuqorida sanab o‘tilganlardan tashqari, dunyo haqidagi bilimlarga ega bo‘lish va etkazish, ta’lim va tarbiya, odamlarning hamkorlik faoliyatlaridagi turli harakatlarning muvofiqlashuvi, shaxsiy va ish bo‘yicha o‘zaro munosabatlarning oydinlashtirilishi, o‘rnatilishi va https://scientific-jl.com/ped 2 72 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 boshqalar ham kiradi. Agar hayvonlarda muloqot maqsadlari ular uchun dolzarb bo‘lgan biologik ehtiyojlarni qondirishdan iborat bo‘lsa, odamlarda ular ko‘plab turli: ijtimoiy, madaniy, bilish, ijodiy, estetik, aqliy o‘sish, ahloqiy rivojlanish kabi ehtiyojlarni qondirish vositasi bo‘lib hisoblanadi. Muloqot, odatda, beshta: shaxslararo, kognitiv, kommunikativ-axborotli, emotiv va konativ tomonlarining birligida namoyon bo‘ladi. Muloqotning shaxslararo tomoni insonning bevosita atrof-muhiti: boshqa odamlar va o‘z hayotida bog‘liq bo‘ladigan umumiyliklar bilan o‘zaro ta’sirini aks ettiradi. Muloqotning kognitiv tomoni suhbatdoshning kim, qanday odam ekanligi, unlan nima kutish mumkinligi haqidagi, shuningdek, sherikning shaxsi bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa ko‘pgina savollarga javob berish imkonini beradi. Muloqotning kommunikativ-axborotli tomoni tasavvurlar, g‘oyalar, qiziqishlar, hissiyotlar, mayllar va sh.o‘.lari turlicha bo‘lgan odamlar o‘rtasidagi almashinuvdan iborat. Muloqotning emotiv tomoni sheriklarning shaxsiy aloqalaridagi his-tuyg‘ular, kayfiyatning vazifa bajarishlari bilan bog‘liq. Muloqotning konativ (hulq-atvor tomondan) tomoni sheriklar qarashlaridagi ichki va tashqi qarama-qarshiliklarni muvofiqlashtirishga xizmat qiladi. Muloqot vositalarini muloqot jarayonida bir tirik jonzotdan boshqasiga etkaziladigan axborotni kodlashtirish, uzatish, qayta ishlash va ochib berish vositalari sifatida ta’riflash mumkin. Muloqot vositalariga quyidagilar kiradi: 1. Til - muloqot uchun qo‘llaniladigan so‘zlar, ifodalar va ularni muloqotda qo‘llash uchun ma’noli iboralarga birlashtirish qoidalari tizimi, shuningdek, turli ko‘rinish va shakllardagi (matnlar, chizmalar, suratlar), axborot yozish, etkazish va saqlashning texnik vositalari (radio- va videotexnika, yozuvning mexanik, magnitli, lazerli va boshqa shakllari) dagi belgilar tizimlari va yozuvdan iborat. 2. Ohang, emotsional ifodalanganlik, bir xil iboraga turlicha ma’no berishga qodir. 3. Suhbatdoshning mimikasi, gavda holati, nigohi ibora ma’nosini kuchaytirishi, to‘ldirishi yoki rad etishi mumkin. 4. Imo-ishoralar muloqot vositasi sifatida umumiy qabul qilingan, ya’ni, belgilangan ma’noga ega bo‘lishi yoki ekspressiv, ya’ni, nutqning ifodaliligini yanada oshirishi mumkin. 5. Suhbatdoshlar muloqotidagi masofa madaniy, milliy an’analarga, suhbatdoshga bo‘lgan ishonch darajasiga bog‘liq bo‘ladi. Inson o‘zining tur ichidagi muloqot usullari va vositalarini tanlashdagi ka
Доказательный фрагмент
«Bugungi kunda barcha faoliyat egalarida eng muhim bo’lgan muomala jarayoni tahlil qilingan.»
Образец извлечения
Демо-превьюBugungi kunda barcha faoliyat egalarida eng muhim bo’lgan muomala jarayoni tahlil qilingan. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Kalit so’zlar: muloqot, munosabat., tinglash, shaxs, emotsional holatlar, maqsad, psixologik ta’sir
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025