Научные статьиM.H.Sayidova, S.U.Pulatova2025
QUR’ONNI TUSHUNISHDA SIYRAT ILMINING AHAMIYATI
Mo‘minov Muhammaddiyor
Педагоги · 2026
Аннотация
(Ruscha): Данная статья раскрывает роль науки сиры в правильном понимании Корана. В ней рассматривается, как биография Пророка Мухаммада ﷺпомогает осмыслению аятов, подходу к тафсиру и практическому применению в жизни. В статье также анализируются связи между сирой и историей, её значение в развитии исламских наук, а также необходимость фиқхического подхода при изучении. В заключение рассматривается актуальность понимания Корана через призму сиры в контексте духовности и морали современного общества. Ключевые слова (Ruscha): Коран, сира, тафсир, история, Посланник Аллаха, духовность, совершенство, нравственность. Annotation (Inglizcha): This article explores the role of the science of Sīrah in understanding the Qur’an correctly. It examines how the life of Prophet Muhammad ﷺ aids in interpreting Qur’anic verses, shaping tafsir approaches, and applying them practically. The paper also addresses the relationship between Sīrah and history, its significance in the development of Islamic sciences, and the need for a fiqh-based methodology. Ultimately, it analyzes the importance of Sīrah-informed Qur’anic understanding for contemporary ethical, spiritual, and intellectual development. Keywords: Qur’an, Sīrah, tafsir, history, Messenger of Allah, spirituality, human perfection, morality. Insoniyatni zaloltdan saqlab qolish, uni haq yo‘lga boshlash, hayotiga ma’naviy asos berish uchun Alloh taolo azaldan payg‘ambarlar yuborgan. Ularning eng oxirgisi va eng mukammali — Muhammad Mustafo sallallohu alayhi vasallamdir. U zotga nozil qilingan Qur’on karim esa, insoniyat uchun eng komil ilohiy hidoyat manbai sanaladi. Robbimiz bandalarini yaratib, ularni o‘z holiga tashlab qo‘ymadi. Aksincha, https://scientific-jl.com/ped 2 94 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 ularning ikki dunyo saodatini ta’minlash uchun Qur’ondek muborak kalomini nozil qildi. Qur’on – ilohiy kitob bo’lib, unda insoniyat uchun zarur bo‘lgan barcha ko‘rsatmalar va asos tamoyillar mujassamdir. Biroq Qur’onni to‘g‘ri anglash, uni tafsir qilish va hayotga tatbiq etishda faqat oyatlarning o‘zi bilan cheklanib bo‘lmaydi. Qur’onni tushunish — u qanday holatda nozil qilinganini, uni qabul qilib oluvchisi bo‘lmish Rasululloh sallallohu alayhi vasallam oyatni qanday anglab, qanday izohlaganlarini va o‘z hayotlarida qanday qo‘llaganlarini bilishni talab qiladi. Ana shu nuqtada siyrat ilmining o‘rni nihoyatda muhim ahamiyat kasb etishi ko‘zga tashlanadi. Siyrat — bu Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayot yo‘llari, u zotning so‘zlari, amallari va hayot tarzlari jamlangan muhim ilmiy manbadir. Siyratni chuqur o‘rganmay turib, Qur’on oyatlarini to‘g‘ri tushunish, ularning maqsadini, tag zamiridagi hikmatni to‘liq anglash mushkul bo‘ladi. Zero, Rasululloh sallallohu alayhi vasallam Qur’onning ilk mufassiri, uning amaldagi namunasi va ilohiy xitobni eng to‘g‘ri anglagan, nafaqat anglagan uni sahobalarga mukammal ta’lim bergan zotdirlar. Abdulloh roziyallohu anhu dedi: “Oʻzidan oʻzga iloh yoʻq Allohga qasamki, Allohning Kitobidan biror sura nozil qilinmaganki, men uning qayerda nozil qilinganini bilmasam. Allohning Kitobidan biror oyat nozil qilinmaganki, men uning nima uchun nozil qilinganini bilmasam. Agar tuyada yetsa boʻladigan joyda Allohning Kitobini mendan yaxshiroq biladigan kishi borligini bilib qolsam, ulovga minib, albatta uning oldiga borgan boʻlardim”1. Shunday ekan, Qur’onni to‘g‘ri tushunishni istagan har bir inson avvalo siyratni chuqur va tizimli o‘rganmog‘i lozim. Siyrat — Qur’onning hayotdagi timsolidir. Qur’on nazariy asos bo‘lsa, siyrat — uning amaliy ko‘rinishi. Qur’on yo‘l ko‘rsatuvchi nur bo‘lsa, siyrat — o‘sha nurda qanday yurish kerakligini ko‘rsatadigan yo‘ldir. Qur’onni siyratsiz tushunishga urinish insonni noto‘g‘ri xulosalarga, ba’zan esa mutaassib yondashuvlarga olib borishi mumkin. Siyrat bilan uyg‘un holda tushunilgan Qur’on esa — qalblarga nur, aqlga hikmat va jamiyatga adolat olib keladi. Maqolaning maqsadi — Qur’onni to‘g‘ri anglashda siyrat ilmining tutgan o‘rni va ahamiyatini ochib berish, Qur’oniy tafsirga siyrat yondashuvi zarurligini ilmiy asosda yoritishdir. Shuningdek, Rasululloh sallallohu alayhi vasallamning hayotiy misollarini o‘rganish orqali Qur’on oyatlarini qanday anglash lozimligi haqida metodik tavsiyalar berish ham ushbu maqolaning asosiy vazifalaridan biridir. 1 Muhammad ibn Abdulloh. Sahihul Buxoriy -kitob, 5002-hadis https://scientific-jl.com/ped 2 95 Volume-83, Issue-1, June -2025 “PEDAGOGS” international research journal ISSN: 2181-3027_SJIF: 5.449 Payg‘ambar ﷺning siyrati: U qanday rivojlandi va bugun qanday tushunilishi kerak. Shubhasiz, hazrati Muhammad ﷺning siyrati musulmonlar uchun, ularning tili va yashash joyidan qat’iy nazar, faxrlanadigan buyuk tarixning asosidir. Musulmonlar tarixni yozishni siyratdan boshladilar... Chunki ular tarixni yozishda avval Payg‘ambar ﷺning siyratidagi voqealarni yozishga kirishdilar, keyin esa bu siy
Доказательный фрагмент
«(Ruscha): Данная статья раскрывает роль науки сиры в правильном понимании Корана.»
Образец извлечения
Демо-превью(Ruscha): Данная статья раскрывает роль науки сиры в правильном понимании Корана. Полный текст публикации CiteX не хранит — доступ к первоисточнику открывается по DOI согласно лицензии издателя и выбранному плану.
- Цитирований
- 0
- Просмотров
- 0
- Тип
- Журнал
- Страна
- Узбекистан
- Ключевые слова
- Qur’an, Sīrah, tafsir, history, Messenger of Allah, spirituality, human, siyrat, axloq., inson kamoloti, ma’naviyat, tarix, Rosululloh, Kalit so‘zlar (O‘zbekcha): Qur’on
Смежные источники
Общество и инновацииKhosiyat MAMATKULOVA2024
Научные статьиI.B.Yangiboyev, E.X.Berdanov +22025
Академические исследования в современной наукеKhudaiberdiyeva Arafat Israilovna, Ph.D Professor hudayberdiyevaarofat@gmail.com +12026